So’nggi yangiliklar

02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  0 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

"Cementchi" mashg'ulotlarni davom ettirmoqda, tarkibda o'zgarishlar bor Yangiliklar

"Cementchi" mashg'ulotlarni davom ettirmoqda, tarkibda o'zgarishlar bor

Teglar :  Cementchi
Birinchi liga vakili Quvasoyning "Cementchi" jamoasi ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Jamoa kuni kecha  "Cementchi" o'yingohida Andijonning yoshlar ligasidagi jamoasiga qarshi maydonga tushdi va o'yin 3:2 hisobida "Cementchi" futbolchilarining g'alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvdagi gollarga: "Cementchi"dan Abdulla Abdullaev, Azam Saminjonov, Elyor Mamasolievlar mualliflik kilishgan bo'lsa, "Andijon"dan: Jahongir Maqsudov  va Xondamir Yuldashevlar javob kaytardi.

Uchrashuvda "Cementchi" quyidagi tarkib bilan harakat qildi.
16.Ilhom Jumanov 2.Jo'rabek Yoqubov 4.Rahmatullo Meliboev, 5.Abduxoliq Qurbonov 6.Otabek Ahmadjonov 7.Davron Isoqov 9.Jamshid Qobulov, 13.Abdulla Abdullaev 17.Sunnat Ermatov 21.Elyor Mamasoliev, 23.Oqilbek Mahmudov. 
Zaxiradan: 3.Madamin Mahmudov 10.Sardor Sotvoldiev 15.Sardor Suyunov, 20.Azam Saminjonov.

Tarkibdagi o'zgarishlarga kelsak: Jamoa tarkibiga bir kator yangi futbolchilar kelib qo'shilib, hozirda sinovdan o'tmoqdalar Bu futbolchilardan o'tgan mavsum birinchi davrada "Kosonsoy" jamoasida o'ynagan hujumchi Davron Isoqov, Oliy liga vakili Toshkentning “Metallurg” yoshlar jamoasidan markaziy yarim himoyachi Sunnatillo Ermatov va markaziy himoyachi Azam Saminjonov, birinchi liga vakili “UzDongJu”dan darvozabon Dilmurod Mamayusupov, “Oq-tepa” jamoasidan Zafar Qoraqulov, “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari bo'lgan markaziy yarim himoyachilar Abdulla Abdullaev va Otabek Axmadjonovlar mashg'ulotlarda ishtirok etmokda.
Oliy liga vakili Muborakning “Mashal” jamoasi yig'inida ishtirok etgan nukuslik hujumchi Nurlibek Talasboev katta ehtimol bilan ikkinchi davrani yana "Cementchi" tarkibida davom ettiradi.

SHu bilan birga birinchi davrada  "Cementchi" tarkibida harakat qilgan ushbu futbolchilardan: darvozabon Eldor Isaboev, yarim himoyachi Fayzullo Jumanqo'ziev, va hujumchi Abdurazzoq Jo'raevlar Namangan viloyatining “Norin” jamoasida. Ushbu mavsumda jiddiy jaroxatlari tufayli deyarli maydonda juda kam xarakatlangan Dilshod Eminov va yarim ximoyachi Alisher Fayzullaevlar qo'shni tuman jamoasi “Yozyovon lochinlari” ga o'tishdi. CHap qanot yarim himoyachisi SHukurillo Jumaboev esa oliy liga vakili “Qizilqum” bilan shartnoma imzoladi. Jamoamizni tark etgan va bizni ko'nglimizdan joy olgan ushbu futbolchilarga Cementchi” klubi  va muxlislari nomidan kelgusi faoliyatlarida omad va zafarlar tilab qolamiz.

"Cementchi" matbuot kotibi Islomjon Akbarov
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика