So’nggi yangiliklar

08:58"Ал Аҳли" Франция U-21 аъзосини 25 миллион еврога сотиб олди  0 08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  5 07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  2 07:35Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  3 23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  15 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  78 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  5 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  1 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1

"Cementchi" jamoasi taqdirlandi (FOTOGALEREYA) Yangiliklar

"Cementchi" jamoasi taqdirlandi (FOTOGALEREYA)

O'zbekiston birinchiligi 2017 yilgi mavsum g'olibi bo'lgan va yangi masumdan Superliga ishtirokchisiga aylangan Quvasoyning “Cementchi” jamoasi kuni kecha "SHaxzoda" shoxona saroyida mavsum yakuniga va yangi yil bayramiga bag'ishlangan tadbirni o'tkazdi.

Tadbir juda ham ko'taringki kayfiyatda o'tdi. Tadbirda jamoaning barcha futbolchilari, murabbiylari bilan birga bir qator rasmiy insonlar ham ishtirok etdi. Jumladan, Quvasoy shahar hokimi Adxamjon Ziyavitdinov To'xtasinovich, Farg'ona viloyati Futbol Federaciyasi vice-prezidenti Hakimjon Fayziev, “Neftchi” PFK raisi Toxir Kapadze, Jamoa prezidenti Mo'ysinjon Dadajonovich Mehmonov, jamoa vice-prezidenti SHuxratjon Muxidinov hamda "Futbol Ekspress" gazetasi muxbiri Abdulhafiz Abdulaziz o'g'li ham ishtirok etdi.

Tadbirga yig'ilganlarni vodiy bulbuli xushovoz xonanda Otabek Muxammadzoxid o'z qo'shiqlari bilan  xushnud etib turdi.



Tadbir davomida katta monitor orqali "Omad studio"si tomonidan tayorlangan “Cementchi” jamoasining mavsum davomidagi eng xayajonli onlaridan iborat  maxsus videorolik namoyish etildi.

SHundan so'ng, shahar hokimi Adxamjon To'xtasinovich va jamoa prezidenti Mo'ysinjon Dadajonovich tomonidan barcha jamoa azolariga qimmatbaho sovg'alar bilan birga  O'zbekiston futbol Federaciyasining medallari va  faxriy yorliqlari topshirildi.

Tadbir so'nggida esa muxlislar, jamoa rahbari va mutaxasislari o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma natijalariga ko'ra jamoaning "Eng yaxshi"lari elon qilindi va maxsus kuboklar o'z egalariga topshirildi.


Unga ko'ra o'tgan 2017 yilgi mavsumning "Eng yaxshilari" deb jamoaning quyidagi futbolchilari etirof etildi va taqdirlanishdi.

“Eng yaxshi himoyachi” - Oqilbek Mahmudov
“Eng yaxshi yarim himoyachi” - Maruf Zokirjonov
“Eng yaxshi hujumchi va to'purar” - Abdul Aziz Yusupov
“Eng foydali o'yinchi” – Sunnatilla Ermatov
“Yil kashfiyoti” va yilning “Eng yaxshi o'yinchisi” – Otabek Ahmadjonov  

Tadbrning eng diqqatga sazovor tomoni, so'zga chiqqan jamoa prezidenti Mo'ysinjon Mehmonov jamoa azolarining oldiga yangi mavsumda Superligada ham kuchlilar safiga kirish vazifasini qo'ydi!






SHu tariqa jamoa azolari yangi mavsum oldidan ajoyib tadbir o'tkazdi va o'z oldiga aniq vazifani belgilab oldi.


"Cementchi" matbuot kotibi Zuxriddin Abdullajonov

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика