So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  23 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  21 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

CAFA U-15 Boys Tournament: O'zbekiston o'smirlari 2-turdan keyin peshqadamga aylandi Yangiliklar

CAFA U-15 Boys Tournament: O'zbekiston o'smirlari 2-turdan keyin peshqadamga aylandi

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo futbol associaciyasining CAFA U-15 Boys Tournament musobaqasining 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.


Dastlab Afg'oniston va Qirg'iziston o'smirlar terma jamoasi o'zaro bahs olib bordi. Unda afg'onistonlik futbolchilar 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bu turda Turkmaniston U-15 termasi bilan kuch sinashib, 6:2 hisobida zafar quchdi. O'zbekistonlik futbolchilar mazkur muvaffaqiyatni kecha, 4 iyul kuni 70 yillik yubileyini nishonlagan O'FF prezidenti Mirabror Usmonovga tug'ilgan kun sovg'asi sifatida yo'lladi.


Turnirning ikkinchi turidan keyin O'zbekiston U-15 terma jamoasi 6 ochko bilan yaxshiroq to'plar nisbati bo'yicha 1-o'rinda bormoqda. Xuddi shuncha ochkoga ega bo'lgan Afg'oniston o'smirlari ikkinchi pog'onada bormoqda.

CAFA U-15 Boys Tournament
Tojikiston, Dushanbe
4 iyul, seshanba

O'zbekiston U-15 – Turkmaniston U-15 - 6:2

Gollar: Bektemir Abdumannonov (42, penalti), Hemra Gujikov (avtogol, 44), Bo'ronbek Mirzasalimov (46, 77), Nurbek Ahrorbekov (50), Jasur Qahhorjonov (62) – Timur Polvonov (58), O'raz O'razov (75).

CHetlatish: Timur Toirov (41)  

O'zbekiston U-15: Sarvar Yo'ldoshev, Nurbek Ahrorbekov, Abdumutal Rajabboev (Abduvohid G'aniev, 55), Bektemir Abdumannonov (Bo'ronbek Mirzasalimov, 46), Sultonbek Nekboev (Asilbek Daminov, 50), Jasur Qahhorjonov (Ikrom Erkinov, 68), Diyor Xolmatov (Jaloliddin Sodiqov, 46), Alibek Davronov, Saidumarxon Sodiqov, Abdujabbor Zuhriddinov, Husain Norchaev.

Turkmaniston U-15: Sardor Rovshanov, Timur Toirov, Hemra Gujikov, Azim Qilichmurodov, Mardon CHoriev, O'raz O'razov, SHerdurdi Omondurdiev, Yunus Boboev (Vepa Egamberdiev, 52), Meylis Durdiev (Tayanch Meredov, 64), Ahmet Nurmetov (Odilbek Ravshanov, 75), Yunus Murodov (Timur Polvonov, 53).


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика