CAFA Nations Cup 2023. Eron Qirg'iz Respublikasini mag'lub etib, guruhda birinchi bo'ldi. Keyingi raqib - O'zbekiston
16 iyu 2023 21:54
Yangiliklar
CAFA Nations Cup 2023. Eron Qirg'iz Respublikasini mag'lub etib, guruhda birinchi bo'ldi. Keyingi raqib - O'zbekiston
Eron terma jamoasi CAFA Nations Cup 2023 turniri doirasidagi guruh bosqichining so'nggi o'yinida Qirg'iz Respublikasini yirik — 5:1 hisobida mag'lub etdi va 6 ochko bilan "B" guruhida birinchi o'rinni qo'lga kiritib, final yo'llanmasiga ega chiqdi. Hal qiluvchi bahsda forslar "A" guruhi g'olibligini muddatidan avval qshlga kiritgan O'zbekiston bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 20 iyun kuni 20:30 da start oladi. Qirg'iz Respublikasi esa 3-o'rin uchun "A" guruhida 2-o'rinni egallagan jamoa bilan bellashadi.
Qirg'iz Respublikasi — Eron 1:5
Gollar: Mehdi Taremi, 34 (0:1), Mehdi Taremi, 39 (0:2), Mirlan Murzaev, 52 (1:2), Mehdi Taremi, 56 (1:3), Serdar Azmun, 66 (1:4), Serdar Azmun, 79 (1:5)
Qirg'iz Respublikasi: Kochenkov, Kichin, Brauzman, Murzaev, Abdurahmonov, Mamiraliev, Aliqulov, Qayrat Jirgalbek o'g'li, Atabaev, Jumashev, SHukurov
Eron: Beyranvand, Rizayan, Puraliganji, Hussayni, Nurafkan, Jahonbaxsh (Azmun, 62) CHashmi, M.Karimi, Torabi, Asadi, Mehdi Taremi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar