So’nggi yangiliklar

20:08ПСЖ — "Бавария". Таркиблар маълум  1 20:00Суперлига. "Машъал" – ОКМК (матнли трансляция)  0 19:46Ўзбекистон ва Непал дуранг ўйнаса нима бўлади?  2 19:36"Андижон" — "Бунёдкор" 0:0 (Матнли транслация)  1 18:06Деку ва Флик ҳозирда Рэшфорд трансферини кўриб чиқмаяпти. "Барса" Диасга эътибор қаратмоқда  0 17:30"Сен буни ўқийсан". Жотанинг энг яқин дўсти ҳалок бўлган футболчига мактуб ёзди  4 16:40"Интер" ва "Галатасарой" Чалханоглу трансфери бўйича музокараларни бошлади  0 16:10Ўзини тополмаган ўнлик: Биринчи давранинг омадсиз трансферлари   11 15:51Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди  0 15:16Дюмфрис Англия топ клубига ўтиши мумкин  0 14:41Жота ва гуллар  8 13:46"Арсенал" баскетболчи учун 80 миллион евро тайёрламоқда   2 13:08Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди  10 12:27"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради  11 12:00Лунин қарор қилди  2

"CAFA U-16 Championship". Tojikiston bir kishi kam bo'lib qolgan Qirg'izistonni mag'lub eta olmadi Yangiliklar

"CAFA U-16 Championship". Tojikiston bir kishi kam bo'lib qolgan Qirg'izistonni mag'lub eta olmadi

Bugun "CAFA U-16 Championship" turniri doirasida Qirg'iziston hamda Tojikiston termalari o'zaro kuch sinashishdi.

YANGILASH

O'yinning 18-daqiqasida hisob ochildi. Zuxriddin Fuzaylov raqib posboni bo'yi pastroqligidan foydalanib, uzoq masofadan bergan ajoyib zarbasi bilan hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi, 0:1.

23-daqiqada hisob 0:2 ko'rinishiga etdi. CHap qanotdan SHerzod Dadaboev raqib jarima maydonchasi ichiga kirib bordi va pas berdi. To'pga birinchi bo'lib Alinur Niyozbekov etib keldi va zarba berdi. Uning zarbasini himoyachi qaytara olmadi. To'p ham darvoza chizig'ini kesib o'tgandi.

29-daqiqada hisob qisqardi. Adilat Kanibekov penaltini aniq amalga oshirdi.

38-daqiqada hisob tenglashdi. CHap qanotdan Sergey SHipovskiy bir raqibini aldab o'tgan holda jarima maydonchasi ichiga pas berdi. Uning pasini sherigi qabul qildi va bir urinishdayoq to'pni darvozaga to'g'rilab yubordi. Qoyil, ajoyib hujum, ajoyib gol! 2:2.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Bugungi o'yinni 145 nafar tomoshabin bevosita stadiondan kuzatib borayotgani malum qilindi.

Uchrashuv jangovor 2:2 hisobi bilan yakunlandi.

Toshkent. "Milliy" stadioni.

Qirg'iziston - Tojikiston 2:2. 145 tomoshabin

Hakamlar: Jasurbek Muxtorov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Avaz Abdullaev (barchasi O'zbekistondan), Zayniddiniv Sayyodjon (Tojikiston) 

Gol: Zuxriddin Fuzaylov (18), Alinur Niyozmetov (23), Adilet Kanibekov (29), Mirlanbek Xudayberdiev (38).

Qirg'iziston: 1. SHumkarbek Topchubaev, 22. Sergey SHipovskiy (20. Atay Joldoshbekov, 55), 18. Kubatbek Erkinbek Uglu, 8. Bekzat Kenjebekov, 12. Aleksandr Roslov (23. Isa Mirlanbek Uglu, 78), 5. Rustam Satilganov, 10. Baistan Talantbekov, 11. Erbol Kultaev (6. Jusup Jirgalbekov, 65), 9. Mirlanbek Xudayberdiev, 4. Ilya Rusakov, 7. Adilet Kanibekov.
Zaxira: 13. Meder Uson Uglu, 15. Beknazar Dostonjon Uglu, 2. Iriskeldi Saginkulov, 3. Temirlan Jakipov.

Tojikiston: 16. Azizjon Gaibov, 5. Firuzjon Bobonazarov (9. Murodali Aknazarov, 90), 20. SHerzod Dadaboev, 12. Zuxriddin Fuzaylov, 2. Abdurauf Mehriboni, 21. Fayzidin Nazarov, 17. Alinur Niyozbekov, 4. Jamshedjon Oqilov, 18. Umedjon Ramazonov (19. Dovud Hakimov, 70), 15. Muhamadjon Rizomov, 3. Jamshed Sattorov.
Zaxira: 1. Firuz Nazarov, 8. Farhod Boboxonov, 14. Alisher Rahimov, 19. Inoyatullo SHaxriyori, 6. Muzrob Usmonov.

Ogohlantirish: Jamshed Sattorov (28), Mirlanbek Xudayberdiev (34), Ilya Rusakov (58), Bekzat Kenjebekov (64).

CHetlatish: Mirlanbek Xudayberdiev (82).

Komissar: Mixail Tolkachev (Qirg'iziston).

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика