"CA"da yangi loyiha: "Terma jamoa gvardiyachilari" #1. Temur Kapadze
13 dek 2013 11:32
Yangiliklar

"CA"da yangi loyiha: "Terma jamoa gvardiyachilari" #1. Temur Kapadze
"CA"da yangi loyiha ishga tushdi. Endi O'zbekiston terma jamoasi safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilarning statistik ko'rsatkichlari bilan tanishib borishingiz mumkin bo'ladi.
Bugundan boshlab haftaning juma kuni o'quvchilarimizga O'zbekiston milliy terma jamoasi safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar haqida malumot berib boramiz.
Dastlabki qahramonimiz O'zbekiston terma jamoasida o'yin o'tkazish bo'yicha rekordchi bo'lib turgan yarim himoyachi Temur Kapadze bo'ladi. “Aktobe” klubi safida bu yil Qozog'iston chempioni bo'lgan futbolchi bugunga qadar 109 marta milliy terma jamoa libosini kiyib maydonga tushgan.
Kapadze 109 ta o'yinning 61tasida to'liq o'ynagan. 28ta uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushgan hamda o'yin davomida boshqa futbolchiga almashtirilgan. 20ta holatda esa u murabbiylar tomonidan zaxiradan maydonga tushirilgan. Kapadze milliy terma jamoa safida jami 8090 daqiqa harakat qilgan.
Asosiy tarkibdagi ilk uchrashuvini esa Kapadze 2003 yilda Latviyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida nishonlagan. O'zbekiston terma jamoasi Latviyani safarda yirik hisobda dog'da qoldirgan – 3:0. Qahramonimizning terma jamoamiz safidagi dastlabki to'liq uchrashuvini Osiyo kubogi-2004 saralashi doirasidagi Toshkentda Gonkongga qarshi o'tkazgan va o'sha o'yinda vakillarimiz yirik 4:1 hisobida g'alabaga erishishgan. Dastlabki golni esa o'sha saralashda Tojikistonga qarshi bellashuvda raqib darvozasiga kiritgan. Termamiz bu o'yinda ham 4:1 hisobida zafar quchgan.
JCH-2006 saralashi birinchi guruh bosqichida Falastinga qarshi o'yinda Temur Kapadze milliy terma jamoamiz safida dastlabki ogohlantirishini oldi. SHu kungacha o'tkazgan 109 ta o'yinda 8 ta sariq kartochka olgan Temur bironta o'yinda ham qizil kartochka olmagani tahsinga sazovor natija.
Temur Kapadze 2013 yil 12 oktyabr kuni BAA terma jamoasiga qarshi terma jamoa tarkibidagi o'zining yubiley 100-uchrashuvini o'tkazdi. Yarim himoyachi yuzlik dovoniga etgan dastlabki futbolchi bo'lib tarixda qoldi. Hozirga qadar hech bir futbolchi 100ta o'yin o'tkazgani yo'q.
Temur Kapadzening yubiley o'yinlari
Keyingi juma kuni Server Jeparov haqida malumot beramiz.
Narzulla Saydullaev tayyorladi.

Ilk o'yini, goli va sariq kartochkasiKapadze terma jamoadagi debyutini 2002 yilning 14 may kunida Slovakiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida o'tkazgan. Uni terma jamoaga bosh murabbiy Ravshan Haydarov jalb qilgan. O'sha kuni u Andrey Vlasichevning o'rniga maydonga tushib so'nggi 10 daqiqada harakat qilgan. Slovakiya o'sha o'yinda yirik 4:1 hisobida g'alaba qozongan.
Asosiy tarkibdagi ilk uchrashuvini esa Kapadze 2003 yilda Latviyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida nishonlagan. O'zbekiston terma jamoasi Latviyani safarda yirik hisobda dog'da qoldirgan – 3:0. Qahramonimizning terma jamoamiz safidagi dastlabki to'liq uchrashuvini Osiyo kubogi-2004 saralashi doirasidagi Toshkentda Gonkongga qarshi o'tkazgan va o'sha o'yinda vakillarimiz yirik 4:1 hisobida g'alabaga erishishgan. Dastlabki golni esa o'sha saralashda Tojikistonga qarshi bellashuvda raqib darvozasiga kiritgan. Termamiz bu o'yinda ham 4:1 hisobida zafar quchgan.
JCH-2006 saralashi birinchi guruh bosqichida Falastinga qarshi o'yinda Temur Kapadze milliy terma jamoamiz safida dastlabki ogohlantirishini oldi. SHu kungacha o'tkazgan 109 ta o'yinda 8 ta sariq kartochka olgan Temur bironta o'yinda ham qizil kartochka olmagani tahsinga sazovor natija.
Ishtirok etgan musobaqalariQahramonimiz Osiyo kubogi-2004, Osiyo kubogi-2007 va Osiyo kubogi-2011 saralashlari va final bosqichlarida ishtirok etgan. Yaqinda jamoamiz Osiyo kubogi-2015 yo'llanmasi ham qo'lga kiritganidan xabaringiz bor. Bundan tashqari JCH-2006, JCH-2010 va JCH-2014 saralashlarida maydonga tushgan. 2004 yili Xitoyda o'tgan Osiyo kubogida Kapadze terma jamoamizning barcha 4 ta uchrashuvida ham maydonga tushgan. O'sha musobaqada termamiz chorak finalda Bahraynga penaltilar seriyasida yutqazgan. To'rtta davlatda tashkil qilingan Osiyo kubogi-2007da ham terma jamoamiz chorak finalda to'xtagan. Guruh bosqichining uchchala o'yinida to'liq o'ynagan qahramonimiz, Saudiya Arabistoniga qarshi o'tgan nimchorak final o'yinida amlashtirilgan. O'sha qita chempionatida Kapadze ikkita gol urishga muvaffaq bo'lgan (Malayziya va Xitoy darvozasiga). So'nggi Osiyo kubogi Qatarda bo'lib o'tgani ko'pchilikni yodida. U erda terma jamoamiz o'z tarixida birinchi marta yarim finalga qadar etib bora oldi. Etiborlisi, Temur Kapadze o'sha musobaqada terma jamoamiz safida barcha o'yinlarda to'liq ishtirok etishga erishdi.
Raqib terma jamoalarFutbolchi 35ta davlat terma jamoalariga qarshi maydonga tushgan. Eng ko'p raqiblik qilgan jamoasi bu Bahrayn hisoblanadi. Biz uchun o'ta noqulay raqib bo'lgan terma jamoaga qarshi Temur Kapadze 8 marta maydonga tushgan. Keyingi o'rinda Janubiy Koreya terma jamoasi turibdi – 7ta o'yin.
Gollari100 ta o'yinda raqiblar darvozasiga 9 ta gol urgan Kapadze bu gollarni 9 ta o'yinda urgan. Yani u bitta o'yinda bittadan ortiq gol ura olmagan. Malayziyaga qarshi o'yinlarda 2 marta to'p kiritgan. Uning gollari Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Xitoy Taypei, Tojikiston, Xitoy, KXDR va Singapur terma jamoalari darvozasi to'ridan joy olgan. Yarim himoyachi bir qator muhim gollarni ham urgan. Osiyo kubogi-2007 guruh bosqichining so'nggi turida Xitoyni mag'lub etsak chorak finalga chiqishimiz aniq edi. O'yning 72-daqiqasida Maksim SHackix hisobni ochgan. So'nggi daqiqalarda xitoyliklar katta kuch bilan hujumga tashlanishgan. Ammo 86-daqiqada Kapadze ikkinchi golni urib raqibni “nokdaun”ga uchratadi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Geynrix Xitoyni “nokaut”ga uchratadi – 3:0. JCH-2010 ikkinchi saralash bosqichining 2-turida Toshkentda Saudiya Arabistoni terma jamoasini qabul qilganmiz. O'sha o'yinning birinchi bo'limi so'nggida burchak to'pidan so'ng Kapadze boshi bilan arablar darvozasiga gol urib hisobni ochgan. Ikkinchi bo'limda SHackix va Jeparov ustunlikni mustahkamlashgan – 3:0. JCH-2014 saralashi uchinchi bosqich 4-turi doirasida o'tgan yili Toshkentda KXDR terma jamoasini qabul qilganmiz. O'sha o'yinda biz g'alaba qozonsak muddatdan avval 4-bosqichga yo'llanmaga ega bo'lardik. Uchrashuvdagi yagona golni 48-daqiqada burchakdan Geynrixning oshirib bergan to'pini aynan Kapadze raqib darvozasiga urgan – 1:0.
Sariq kartochkalariYuqorida aytib o'tganimizdek Kapadze terma jamoa safida umuman qizil kartochka olmagan. 8 marta sariq kartochkaga loyiq ko'rilgan holos. Iordaniya va Qatar terma jamoasiga qarshi 2 martadan ogohlantirilgan. SHuningdek, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Falastin va Armaniston terma jamoalariga qarshi o'ynaganimizda Kapadze sariq kartochka olgan.
YillarKapadze 2002 yildan buyon terma jamoada munazam ravishda to'p tepib kelmoqda. Yani, oxirgi 10 yilning barchasida terma jamoa safida maydonga tushgan. Dastlabki yilda u 2ta o'yinda maydonga tushgan. Terma jamoamiz o'sha yili 2 ta o'yin o'tkazgan. Bu Kapadze uchun ortda qolgan yillar ichida eng kam o'ynagan yil hisoblanadi. Eng ko'p o'ynagan yil esa o'tgan 2011 yilga to'g'ri keladi. Sababi ushbu yilda Osiyo kubogi 2011 musobaqasi, JCH-2014 saralashining dastlabki 3 ta bosqichi va o'rtoqlik uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Natijada "Kopa" 16 ta o'yinda qatnashdi. Yarim himoyachimiz 2002, 2004, 2006 va 2010 yillarda terma jamoamiz o'tkazgan barcha o'yinlarda o'ynashga erishgan. 2012 yilda 13ta o'yinning faqat bittasida qahramonimiz ishtirok etmagan. Yakunlangan 2013 yilda termamiz 12ta uchrashuv o'tkazdi, Kapadze shulardan 8tasida ishtirok etdi.
Temur Kapadze 2013 yil 12 oktyabr kuni BAA terma jamoasiga qarshi terma jamoa tarkibidagi o'zining yubiley 100-uchrashuvini o'tkazdi. Yarim himoyachi yuzlik dovoniga etgan dastlabki futbolchi bo'lib tarixda qoldi. Hozirga qadar hech bir futbolchi 100ta o'yin o'tkazgani yo'q.
Temur Kapadzening yubiley o'yinlari
# |
Raqib |
O'yin maqomi |
Hisob |
Sana |
1 |
Slovakiya |
O'rtoqlik |
1:4 |
14.05.2002 |
25 |
Bahrayn |
JCH-2006 saralashi |
1:1 |
08.10.2005 |
50 |
Singapur |
JCH-2010 saralashi |
1:0 |
07.06.2008 |
75 |
Qatar |
Osiyo kubogi-2011 |
2:0 |
07.01.2011 |
100 |
BAA |
O'rtoqlik |
2:2 |
12.10.2012 |
Keyingi juma kuni Server Jeparov haqida malumot beramiz.
Narzulla Saydullaev tayyorladi.

Fikrlar