CA o'quvchilari CHempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisini aniqlashdi
14 apr 2017 09:46
Yangiliklar
CA o'quvchilari CHempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisini aniqlashdi
So'rovnomad hozirgacha 1258 kishi ishtirok etdi.
Davogarlar orasida quyidagi futbolchilar mavjud edi: Paulo Dibala ("Yuventus"), Kilian Mbappe ("Monako"), Krishtianu Ronaldu ("Real") va Antuan Grizmann ("Atletiko").
"Yuventus" - "Barselona" uchrashuvida Paulo Dibala dublga erishdi. Kilian Mbappe ham "Borussiya"ga qarshi o'yinda 2 ta gol urdi. Krishtianu Ronaldu "Bavariya" darvozasiga 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Antuan Grizmann esa "Lester Siti" bilan o'yinda penaltini golga aylantirdi.
O'quvchilarimizning katta qismi haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu munosib deb hisoblashdi.
Natijalar:
Krishtianu Ronaldu - 736 ta ovoz
Paulo Dibala - 373
Kilian Mbappe - 124
Antuan Grizmann - 25
Championat.asia saytining Telegramdagi rasmiy kanali: Championat.asia
Fikrlar