Byurki Bundesligada mavsum rekordini o'rnatdi
19 fev 2018 15:19
Yangiliklar


Byurki Bundesligada mavsum rekordini o'rnatdi
Dortmundning "Borussiya" klubi darvozaboni Roman Byurki Menxengladbaxning "Borussiya"siga qarshi Bundesliganing 23-tur uchrashuvida (1:0) seyvlar soni bo'yicha rekord o'rnatdi.
Byurki ushbu bahsda 11ta seyv amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi va Bundesligada joriy mavsum rekordini o'rnatdi. Menxengladbax jamoasi raqib darvozasiga 28ta zarba berishga erishdi va ular 2010 yilning oktyabridan beri ilk bor bu natijani qayd etishdi. Dortmund klubi esa 2009 yilning aprelidan so'ng ilk marta 28ta zarba qabul qildi. "Arilar" bosh murabbiyi Peter SHtyoger ham rekord o'rnatishga erishdi. U "Borussiya"dagi ilk 8ta o'yinida mag'lub bo'lmagan ilk murabbiyga aylandi. Avvalgi 39 nafar mutaxassis buni uddalay olmagan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar