So’nggi yangiliklar

16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  3 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  1 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0

Buyuklar ham yig'laydi... Yangiliklar

Buyuklar ham yig'laydi...

Jahon yulduzlari o'z vaqtida nima uchun yig'lashgan?

Iker Kasilyas. Jonajon klubi bilan xayrlashuv uchrashuvida.
Kasilyas uzoq yillar davomida “Real”ning ishongan tog'i bo'lib keldi. U “Qirollik klubi” akademiyasida tahsil olgani barchamizga malum.
Iker ajoyib harakatlari sabab “qaymoqranglilar”ning afsonaviy darvozaboniga aylana olgandi. Ammo 2015 yil qaysidir manoda Joze Mourino “xizmatlari” sabab Madridni tark etishga majbur bo'lgan. Kasilyas Madrid bilan “xayrlashuv press-konferenciyasida” ko'z yoshlarini yashira olmay shunday degan: “9 yoshimda “Real” futbolkasini ilk bor kiyganim kechagidek yodimda. Bu klub menga hamma narsani berdi. U meni shaxs sifatida shakllantirdi. Nima bo'lgan taqdirda ham doim shu so'zlarni takrorlayveraman: “Hala Madrid!”


Devid Bekxem. Faoliyatini yakunlaganida.
Bekxem “Manchester Yunayted” va “Real”ning afsonaviy futbolchisi edi. U birinchilardan bo'lib MLSga ketgan. Ammo keyinroq “so'nggi so'zini” aytish uchun Evropaga, sevishganlar shahri bo'lmish Parijga ko'chib o'tadi. PSJ tarkibida Devid, murabbiy Karlo Anchelotti boshchiligida oxirgi sovrinini qo'lga kiritgan va faoliyatiga nuqta qo'ygan. Xayrlashuv o'yini yakuniga etgach, Beks maydonni ko'zida yosh bilan tark etadi.

Leo Messi. Finaldagi mag'lubiyat sabab.
Messi deyarli barcha mukofotlariga klub tarkibida erishgan. Biroq, u Argentina temasi bilan (hozircha!) jiddiy sovrinlarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgani yo'q. Leo jamoani, qo'lidan kelganicha, yuqori cho'qqilarga olib chiqqan: uch bor Kopa Amerika finaligacha va Jahon CHempionati finaligacha. 2016 yil Janubiy Amerika bosh sovrini uchun kechgan kurashda Argentina termasi CHili terma jamoasiga g'alabani boy bergandi. Bunda Gonsalo Iguainga raqib alohida rahmat aytib qo'yishi kerak. O'sha kuni Messi ko'z yoshlarini to'xtata olmagandi. Sababi bu so'nggi 3 yildagi uchinchi omadsiz final o'yini edi.     

   

Krishtianu Ronaldu. Evropa CHempionati finalida.
Ronaldu faqatgina muhim voqealar sabab yig'lashi mumkin, asosan, Evropa CHempionati finalida. 2004 yil Portugaliya termasi Greciyaga mag'lub bo'lganida yiglab turgan Ronaldu ularning memiga aylangan edi. 2016 yil Evropa CHempionati finalida Krish jarohatlandi va u o'yinda ishtirok etolmaganidan juda xafa bo'lgandi. Lekin, nima bo'lganda ham, uning yig'lagan tasviri jamoaning memiga aylandi.

Janluiji Buffon. Terma jamoasi bilan xayrlashuvda
Lev Yashindan keyin dunyoning eng yaxshi darvozaboni CHempionlar Kubogi sovrinini hali ham mukofotlari qatoriga qo'shishga muvaffaq bo'lgani yo'q. Buning uddasidan chiqishi uchun uning bor yo'g'i bitta imkoni qoldi, xolos. So'nggi 3 yil ichida “Yuventus” CHempionlar Ligasida ikki marotaba mag'lubiyatga uchradi. Xo'sh, ular buning uddasidan endi chiqolarmikan?! SHunday bo'lsada, Jijji faoliyati davomida asosiy sovrinlardan birini yutgan. Bu sovringa u Italiya terma jamoasi tarkibida erishgandi. “Skuadra Adzurra” 2006 yilgi Jahon CHempionatida g'olib bo'lgan edi. Buffon o'zining so'nggi o'yinini bu yil Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon CHempionatida milliy terma jamoasi tarkibida o'tkazishni rejalashtirgan edi. Ammo, uning bu niyati armon bo'lib qoladi, shekilli... CHunki bu yilgi mundial yo'llanmasini Italiya emas, SHveciya terma jamoasi qo'lga kiritdi.

 

     
Ronaldino. O'gay otasining o'limi.
Ronaldinoning chiroyli tabassumini hech kim unutmasa kerak. Unga hamisha bahor deganlaridek, bu yigitning ham har kuni bayram edi. Har xolda, tashqi ko'rinishidan ko'pchilik shunday deb o'ylardi. Ammo, Ronaldino 2012 yilgi “Atletiko Mineyro”ning navbatdagi o'yinida ko'z yoshlarini yashira olmagan. Ronni o'shanda ajoyib gol urib, qo'llarini yuqoriga ko'targan holatda yig'lab yuborgandi. Sababi, o'yindan bir kun avval uning o'gay otasi hayotdan ko'z yumgan edi...    

Jon Terri. Amalga oshirilmagan penalti.
Ehtimol, CHempionlar Ligasining o'sha final o'yinini siz ham ko'rgandirsiz. O'sha o'yinda sovrin kimga nasib qilishini penaltilar seriyasi hal qilgan edi. “Uzunquloq” gaplarga qaraganda, ismi malum qilinmagan statistika “ustasi” Van Der Sarga gol urish uchun to'pni qaerga tepishni batafsil tushuntirib, yozib bergan. Barcha o'yinchilar “shpargalka”ga amal qilishgan, ammo ikki futbolchi... Ammo fan va statistika Nikolya Anelkaning “quloqsizligini”, jamoa sardori Jon Terri esa yomg'irda ancha “charchagan” maydonda toyib ketishini oldindan bila olmasdi.


Sports.ru saytidan Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика