So’nggi yangiliklar

00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  4 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  0 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  8 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  6 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  12 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  15 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25 20:28"Металлург" 11 нафар футболчини рўйхатдан ўтказди, улардан 2 таси — легионер  7

“Buxoro”ning bu yilgi ishtiroki raqamlarda Yangiliklar

“Buxoro”ning bu yilgi ishtiroki raqamlarda

Teglar :  Buxoro
“Buxoro”ning bu yilgi ishtirokiga nazar yoxud jamoaning oliy liga-2017dagi ishtiroki raqamlarda!

Mamlakatimizda bu yilgi oliy liga bahslari yakuniga etganiga ham roppa-rosa bir hafta bo'ldi.

BAQOEVNING DEBYUTI YOMON CHIQMADI

Ishqibozlarga yaxshi malumki, bu yilgi mavsumni “Buxoro” Ulug'bek Baqoev boshchiligida o'tkazdi. Aytish lozimki, mavsum jamoa uchun turlicha o'tdi. Avvaliga muvaffaqiyatli kechayotgandek taassurot qoldirayotgandi, ammo so'nggi paytlarda omad yuz o'girib, yakunda “Buxoro” chempionatni 6-o'rinda tugatdi. Mahalliy murabbiy sanaladigan Ulug'bek Istamovich uchun ham bu yilgi mavsum xarqalay yomon o'tmadi desa bo'ladi. Sababi Baqoev murabbiylikdagi ilk mavsumidayoq 6-o'rinni egallash bilan birga, qisqa vaqt ichida kurashchan jamoa shakllantirib, mahalliy muxlislarning xurmatini qozonishga erishdi. CHempionat boshlanishiga oz muddat qolganida jamoani qiyin vaziyatda qabul qilib olgan Baqoev eng avvalo o'z yoniga taniqli murabbiy Baxtiyor Ashurmatovni yordamga chaqirib olgani uning eng katta plyuslaridan biri bo'ldi. CHunki yuqorida aytib o'tganimizdek, Baqoev bungacha bosh murabbiy sifatida xech bir klubda ishlamagandi. Boz ustiga 40 yoshli murabbiy  “Buxoro” bosh murabbiyi etib tayinlangach, nafaqat murabbiylar shtabida, balki tarkibda ham o'ziga yarasha muammolar ko'ndalang turgandi. Bunday chigal vaziyatdan chiqib ketishini ko'pchilik kutmagadi va o'sha paytda aksariyat odamlar “Buxoro” bu yilgi chempionatda 10-o'rinni egallashi ham katta gap qabilidagi fikrlarni ham ilgari surgandi. Lekin Baqoev va Ashurmatov tandemi qiyin vaziyatdan chiqib keta oldi hamda ishqibozlarni ishonchini qaytarishga erishdi.

Tabiiyki bunda klub xomiylari bilan rahbariyatning ham xissasi beqiyos. Aynan ularning ham moddiy va manaviy qo'llab-quvvatlashi natijasida “Buxoro” mavsumni ko'tarinki ruhda o'tkazdi. Joriy mavsum murabbiylar shtabida Ulug'bek Baqoevga SHuxrat Fayziev, Evgeniy Antonenko va Nurillo Habibov singari mutaxassislar ham ko'maklashishgani aytib o'tish lozim. Albatta ularning ham tajribasi jamoaga qaysidir paytda asqotdi. “Buxoro”ning 40 yoshli bosh murabbiyi bu yil ko'plab o'yinlarda qiziqqonligi va jonbozligi bilan ham ko'pchilikni etiborini tortdi. Uchrashuv paytida shogirdlarini qoyib turishi bilan bazida taniqli mutaxassis Yuriy Sarkisyanni eslatib yuborardi. Ammo o'yin yakunlangach, matbuot anjumanida ko'pincha qo'li ostidagi futbolchilar bilan faxrlanishini bildirib o'tib, ularni matbuot orqali ham ruhiy jihatdan kayfiyatini ko'tarib qo'yishni ham udalladi. Baqoevning bu yilgi chempionatdagi yana bir ijobiy ishi bu Ivan Nagaevni yana avvalgi xolatiga qaytargani bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Muxlislarga yaxshi malumki, Ulug'bek Baqoev ham o'z vaqtida hujumchi sifatida xarakat qilgan. U bu yil deyarli “yo'qolib qolgan” Nagaevni boshqatdan kashf etib bera oldi. Ivan jaroxatlar va boshqa ayrim sabablarga ko'ra, “Lokomotiv”da zaxira o'yinchisiga aylanib qolgandi. Mavsum avvalida uni Baqoev “Buxoro”ga taklif etib, katta saxnaga qaytardi va futbolchi ham o'ziga bildirilgan ishonchni oqladi. Nagaev bu yil chempionatda raqiblar darvozasiga 10ta to'p kiritib, jamoa to'purariga aylandi. Eng asosiysi u yana milliy terma jamoa murabbiylarining etiboriga tusha boshladi.    Xullas Ulug'bek Istamovich murabbiylikdagi dastlabki mavsumida yomon taassurot qoldirmadi. Buxorolik muxlislar undan kelgusida sovrinli o'rinlar uchun kurashadigan jamoa shakllantirishiga umid qilmoqda. Ishonamizki, Baqoev kelasi mavsumda ham albatta ishqibozlarning mehrini qozonadi. Bu borada unga omad va zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz.          


LEGIONERLAR QANDAY TAASSUROT QOLDIRDI?

Ulug'bek Baqoev bu yil tarkibni imkon qadar kuchaytirish maqsadida xorijlik futbolchilarning ham xizmatidan foydalandi. Bular –Vladimir Baenko, Kirill Pasichnik hamda Ivor Vaycer. Rossiyalik himoyachi Baenko qisqa fursat ichida jamoaning haqiqiy etakchisiga aylanib ulgurdi. Markaziy himoyachi ko'plab uchrashuvlarda “Buxoro”ni maydonga sardor sifatida ham boshlab tushdi. SHuningdek 27 yoshli legioner o'z aktiviga 3ta gol ham yozdirib qo'yishga erishdi.

Qozog'istonlik yana bir himoyachi Pasichnik ham yomon taassurot qoldirmadi. 24 yoshli futbolchi o'z ishtirok etgan o'yinlarda jamoaga foyda keltirishga urindi. Himoyachilar orasidagi raqobat kuchli bo'lgani bois ikkinchi davrada Kirill ko'p ham maydonga tushmadi. Lekin qaysidir manoda ushbu futbolchi ham o'ziga bildirilgan ishonchni oqladi. Xorvatiyalik 29 yoshli Vaycer esa bu yil 19ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi. Murabbiylar undan asosan ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga chiqarib, o'yinni kuchaytirish maqsadida foydalandi. Markaziy yarim himoyachi o'z ustida jiddiy ishlashi bilan ham ko'pchilikda iliq taassurot qoldirdi. Xorijlik futbolchilar mavsumni to'liq “Buxoro”da o'tkazdi. Demak, ular murabbiylarning ishonchini oqlagan. Legionerlarning keyingi taqdiri haqida hozircha tayinli fikr bildirish qiyin.    


“BUXORO”NING ENG KEKSA VA YOSH FUTBOLCHISI

Bu yilgi mavsumda “Buxoro” tarkibida xarakat qilgan Bahriddin Vahobov jamoaning mavsum-2017dagi eng keksa futbolchisi sifatida tarixda qoladigan bo'ldi. 34 yoshli futbolchi 20ta bahsda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.

Aksincha jamoaning joriy chempionatdagi eng yosh futbolchisi esa SHoxjahon Nasimov bo'ldi. 21 yoshga to'lmagan iqtidorli darvozabon 2ta uchrashuvda ishtirok etdi. “Lokomotiv”ga qarshi safarda kechgan bahsda Nasimov oliy ligadiga debyut uchrashuvni o'tkazdi. Keyingi o'yinni esa SHoxjahon to'liq o'tkazdi.


SHIXOVNING REKORDI

Sanat SHixov bu yilgi mavsumda “Buxoro”ning chin manodagi etakchisi bo'ldi. Murabbiylar Sanatni to'liq 30ta o'yinga qo'ygani ham fikrimizni tasdiqlasa ajab emas. Buxorolik muxlislar yaxshi bilishadi, SHixov o'tkan yilgi mavsumda ham jamoa sharafini himoya qilgandi. 28 yoshli hujumkor yarim himoyachi 2016 yilgi mavsumda ham 25ta o'yinda ishtirok etgan. Etiborlisi bu yil u chempionatning barcha uchrashuvida maydonga tushib, birorta ham o'yinni o'tkazib yubormadi. Bu orqali u jamoadagi boshqa futbolchilarga o'rnak bo'ldi.  


“BUXORO”NING CHEMPIONATDAGI ISHTIROKI RAQAMLARDA

 

O'yin

30

Gol

42

Uyda gol

23 (54,76%)

Safarda gol

19 (45,24%)

O'tkazilgan

40

Uyda o'tkazilgan

16 (40%)

Safarda o'tkazilgan

24 (60%)

O'rtacha gol

1,4

O'rtacha o'tkazilgan

1,33

Uydagi ochko

26/45 (57,78 %)

Safardagi ochko

20/45 (44,44 %)

Eng yirik g'alaba

3:0 - NEFTCHI

Eng yirik mag'lubiyat

0:3 - BUNYODKOR

Gol o'tkazilmagan o'yin

8 (26,67%)

Gol urilmagan o'yin

6 (20%)

Irodali g'alaba

0

Irodali durang

1

Yirik g'alaba

1

Yirik mag'lubiyat

1

Avtogol

2/1

Ogohlantirishlar (o'rtacha)

64 (2,13)

CHetlatish (o'rtacha)

2 (0,07)

Maydonga tushganlar (legioner)

32 (3)

Tomoshabinlar (jami / o'rtacha)

231469/7716

 

FUTBOLCHILARNING UMUMIY STATISTIKASI

 

Futbolchi

Amplua

Tug'ilgan yili

O'yin

Daqiqa

 Gol

Sariq  kartochka

Qizil    kartochka

Noaniq  penalti

SHixov Sanat

Huj

28.12.1989

30

2564

2

3

0

1

Nagaev Ivan

Huj

03.07.1989

29

2250

10

6

0

0

Ismoilov Ergash

Yahm

28.07.1995

28

2188

3

5

1

0

Baenko Vladimir

Him

09.02.1990

27

2430

3

12

0

0

Hasanov Rabbim

Yahm

06.02.1988

27

2284

1

4

1

0

Vahobov Bahriddin

Huj

23.01.1983

20

697

3

3

0

0

Omonov Bobirjon

Him

03.02.1990

19

1649

1

1

0

0

Tursunboev Akmal

Dar

14.04.1993

19

1644

0

0

0

0

Veycer Ivor

Yahm

24.05.1988

19

1143

4

5

0

0

Umurov Nozim

Huj

03.06.1991

18

802

1

0

0

0

Filiposyan Artem

Him

06.01.1988

17

1530

1

5

0

0

Pasichnik Kirill

Him

24.05.1993

15

1270

1

2

0

0

Qahramonov Javohir

Yahm

21.03.1996

15

1188

3

2

0

0

Gadoev SHoxrux

Yahm

31.12.1991

15

1021

2

0

0

0

Qutiboev Salamat

Yahm

21.05.1986

13

1078

1

3

0

0

Allaniyozov Azamat

Huj

15.10.1989

13

297

2

1

0

0

Sanaev Alisher

Yahm

16.06.1987

12

720

0

0

0

0

SHog'ulomov Alisher

Huj

08.06.1994

12

609

0

2

0

1

Samatov Alisher

Him

23.10.1989

10

795

0

4

0

0

Nematov Suhrob

Yahm

23.04.1986

10

436

1

0

0

0

SHamsiddinov Tohirjon

Him

09.02.1994

9

603

0

1

0

0

Pirimov Zohir

Yahm

06.03.1990

9

500

0

1

0

0

Jabborov Erkin

Dar

24.08.1985

8

720

0

0

0

0

Ravshanov Elbek

Him

08.10.1996

7

402

0

2

0

0

Hasanov Jasur D.

Yahm

24.07.1989

5

235

0

1

0

0

To'raev Akobir

Huj

03.11.1996

3

80

1

0

0

0

Yangiev Ravshan

Yahm

23.08.1994

3

54

0

0

0

0

Xudoyorov Muhiddin

Dar

05.11.1990

2

180

0

0

0

0

Nasimov SHoxjahon

Dar

15.12.1996

2

156

0

0

0

0

Xoliqov Islom

Yahm

20.02.1995

2

74

0

0

0

0

Jumaev Mirjalol

Him

16.03.1996

1

90

0

0

0

0

Muhiddinov Mirfayz

Him

14.04.1995

1

55

0

1

0

0

 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика