"Buxoro"da o'ynolmagan Japarov Dushanbe klubiga o'tib ketdi
23 avg 2021 19:59
Yangiliklar
Turkmanistonlik darvozabon joriy yilning yanvar oyida "Nurafshon" (sobiq "Buxoro") klubi tarkibiga kelib qo'shilgan edi. Biroq, Japarov tajribali Sardor Qobuljonov bilan raqobatda yutqazib qo'ydi. Pro liga bahslarida 1 daqiqa ham o'yin amaliyoti berilmagan posbon O'zbekiston kubogi doirasida 2 uchrashuv o'tkazib, 3 ta gol o'tkazib yubordi.
"Nurafshon"ning asosiy tarkibidan joy ola bilmagan golkiper yozgi transfer oynasida Tojikiston chempionatiga yo'l oldi. Raxat Japarov ayni paytda Dushanbening CSKA jamoasi vakili hisoblanadi.
Malumot uchun, CSKA Tojikiston chempionatining ortda qolgan 16 turidan keyin 10 jamoa ichida 7-bo'lib turibdi.
Fikrlar