"Buxoro" yoshlari "Metallurg"ga yutqazdi
11 fev 2016 23:10
Yangiliklar


"Buxoro" yoshlari "Metallurg"ga yutqazdi
Jamoamizning yoshlar tarkibi ham yangi mavsumga ancha puxta tayyorgarlik ko'rayotganini takidlash lozim. Yoshlarimiz bir muddat Buxoroda mashg'ulotlarni boshlab yuborishgan edi. 9 fevraldan boshlab mashg'ulotlar Yangierga ko'chdi va jamoa u erda 20-21 fevralga qadar shug'ullanishni rejalashtirib turibdi.
Mashg'ulotlar davomida nazorat uchrashuvlariga katta urg'u beriladi. Jamoa Yangierda 4-5 ta nazorat uchrashuvi o'tkazib olishi rejaga kiritilgan.
Bugun “Buxoro” yoshlari dastlabki nazorat uchrashuvini Bekobodning “Metallurg” jamoasi yoshlariga qarshi o'tkazishdi. Ancha keskin kechgan bahsda bekobodliklar 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi.
Buxoroliklarning yagona goliga Mirfayz Muxiddinov mualliflik qildi.
Nazorat uchrashuvi. 11.02.16
“Metallurg” (yoshlar)-“Buxoro” (yoshlar) 3:1
Gol: M.Muxiddinov
“Buxoro” (yoshlar) tarkibi: Axrorov Arslon, S.Fozilov, I.Usmonov, T.Umarov, Azamat Axrorov, I.Amonov, I.Xoliqov, M.Muxiddinov, N.Xasanov, F.Muinov, E.Dilmurodov.
Zahiradan tushganlar: M.Jumaev, SH.Salimov, S.Ashurov, X.Olimov, J.Xayriev, S.Timurov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar