So’nggi yangiliklar

02:49Қозоғистон термаси матбуот котиби: "Ўзбекистонга кўчиб кетаман"  12 02:34Одил Ҳамробеков: "Бу билан тўхтаб қолишни истамаймиз"  3 02:16Равшан Эрматов: "Бу ғалаба ўз-ўзидан келиб қолмади"  8 01:55Миллатлар лигаси. 9та гол урилган ўйинда Испания Францияни қийинчилик билан мағлуб қилди ва финалга йўл олди   50 01:41Осиёда яна катта байрам: Иордания ўз тарихида илк бор ЖЧда иштирок этади  11 01:21ЖЧ-2026 саралаши. Бизнинг гуруҳдаги барча масала ҳал бўлди  15 01:13Тимур Кападзе: "Бу ғалаба ҳаммамизники"  12 00:59Сречко Катанец: “Мен жуда қисқа гапираман…”   39 00:46Аббосбек Файзуллаев: "Ҳиссиётларни тасвирлаб бера олмайман"  11 00:35Ўткир Юсупов: "Бугун ота-онамнинг дуосини олиб, дарвозам даҳлсизлигини сақлаб қолишни ният қилиб тушгандим"  14 00:13Жанни Инфантино Ўзбекистонни жаҳон чемпионати йўлланмаси билан табриклади  25 23:52Тимур Кападзе: "Биринчи навбатда муҳтарам Президентимиз ва халқимизни ғалаба билан табриклайман"  44 23:45ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистонининг тақдири сўнгги турга қолди  7 23:30Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев футболчиларни табриклади  41 22:4534 йиллик орзу ушалди! Ўзбекистон ЖЧда!  622

"Buxoro" va "Xorazm" klublari, klub rasmiylari ishi Tartib-intizom qo'mitasiga oshirildi Yangiliklar

"Buxoro" va "Xorazm" klublari, klub rasmiylari ishi Tartib-intizom qo'mitasiga oshirildi

Proliga 17-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Xorazm" uchrashuvidagi voqealar yuzasidan avvalroq xabar berilgandi.

Uchrashuv komissarining bildirgisi, stadion rasmiylari, shuningdek, bellashuvda Liga tomonidan yollangan texnik guruh vakillarining ko'rsatmalari asosida material tayyorlandi va u ko'rib chiqish uchun Tartib-intizom qo'mitasiga oshirildi. 


"Buxoro" — "Xorazm" o'yini Toshkent viloyatidagi Do'stlik stadionida bo'lib o'tdi. Mavsum avvalida Liga Buxoro futbol klubiga Muborakdagi stadion bilan kelishish tavsiyasini bergan bo'lsa-da, klub o'z uy uchrashuvlarini Toshkentda o'tkazishga qaror qildi. SHu tariqa klub va Liga ishtirokida uchrashuvlarni o'tkazish bo'yicha uch tomonlama shartnoma imzolangan.


Proliga bellashuvini Do'stlik stadionida o'tkazish uchun Buxoro ijara haqi to'laydi. 17-tur doirasidagi uchrashuv oldidan stadion bellashuvni o'tkazish bilan bog'liq qator masalalarda xatoga yo'l qo'ygan. Liga bu borada o'z etirozlarini stadionga egalik qiluvchi O'zbekiston futbol associaciyasiga kiritdi. Associaciya aybdor shaxslarga nisbatan chora ko'radi. 


Buxoro klubi rahbariyati esa nominal mezbon bo'lishiga qaramay, mezbonlik bilan bog'liq reglament talablarini bajarishda o'z ishiga masuliyatsizlik bilan yondoshgani aniqlandi. Jumladan, bellashuv arafasida bosh murabbiy Ulug'bek Baqoev tomonidan jamoat tartibi va xavfsizligi uchun masul tashkilotlar imzolashi lozim bo'lgan dalolatnomani faqatgina Buxoro klubi muhri bilan tasdiqlashga urinish sodir etilgan. Bu nafaqat musobaqalar o'tkazish reglamentiga nisbatan hurmatsizlik, balki hujjatlarni qalbakilashtirishga bo'lgan urinish sifatida qayd etildi.


SHuningdek, klub rahbari SHavkat Salomov uchrashuvni tashkil etish, reglament talablari va boshqa masalalarda etarlicha malaka va ko'nikmaga ega bo'lishi talab etiladi. Klubda rasmiy ishchi-xodimlarning belgilangan vazifalari nimalardan iborat ekanligi qayta ko'rib chiqilishi lozim.   


Bellashuvning kech start olishi rasmiy aktning kechikishi bilangina emas, Xorazm klubi rasmiylarining Liga komissari o'z vazifasini bajarishiga nisbatan tinimsiz to'sqinlik qilgani bilan ham bog'liq hisoblanadi. Jumladan, klub sport direktori Xursand Madkarimov hamda mamuri Qahramon Masharipov qator holatlarda komissar faoliyati uchun to'sqinlik qilgan. Klub rahbari Ro'zimboy Ahmedov stadion hududiga bo'lishiga qaramay, klub pozisiyasi reglamentda qayd etilgan ko'rinishda rahbar tomonidan emas, tinimsiz ravishda Xorazm klubining turli ishchi-xodimlari tomonidan og'zaki tarzda bildirilgan. Vaholanki, uchrashuvni boshlash yoki boshlamaslik, uning maqomini hal etish masalasi Liga tomonidan hal etiladi. Komissar har qanday holatda ham uchrashuvni o'tkazish uchun bor imkoniyatini ishga soladi.  


SHuningdek, futbolchilardan Ravshan Sultonov va Murod Bobojonov Liga komissarini haqoratlagan. Darvozabonlar murabbiyi G'ayrat O'daev esa provakasion harakatlar bilan komissar ishiga halal bergan. Jamoa shifokori Jamol Yusupov va yana ikki futbolchi telefon videokamerasini yoqib, komissarni shantaj qilishga, uning faoliyati ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilishi bilan tahdid qilishga uringan. 


Keyinroq klub direktori Ro'zimboy Ahmedov hamda bosh murabbiy Hakim Fuzaylov Liga ofisiga tashrif buyurdi. Murabbiy bu kabi masalaga nega aralashayotgani, klub ishchi-xodimlari shantaj va o'zboshimchalik bilan ish tutayotgan vaqtda rahbar nima qilayotgani kabi savollar ochiq qoldi. Ro'zimboy Ahmedov Liga rahbariyati bilan uchrashuvda ham provakaciyani davom ettirdi. 


O'tgan davr davomida Liga qator markaziy va murakkab uchrashuvlarni tashkil etib kelmoqda. Rasmiy uchrashuvlar davomidagi har qanday masala reglament va boshqa meyoriy hujjatlar orqali tartibga solinadi. Rasmiylar har qanday holatda ham g'olibni maydondagi futbol o'yini orqali aniqlashga harakat qilishi maqsadga muvofiq. Biroq Buxoro klubiga qarshi bellashuvda Xorazm rasmiylari maydon atrofidagi tomoshaga urg'u bergani Liga tomonidan qoralanadi va masalaga tegishli tartibga chora ko'rish O'FA Tartib-intizom qo'mitasidan so'raladi. Har ikki klub rasmiylarining o'zaro shaxsiy g'araz va kelishmovchiliklari evaziga Liga musobaqasining bu taqlid aziyat chekishiga yo'l qo'yilmaydi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика