So’nggi yangiliklar

20:48Пике "Реал"нинг ҳакамликдан эътирози ҳақида: "Мадридликлар тарихидаги энг зўр гол офсайддан урилган"  1 19:47"Наполи" нега Гарначони харид қила олмагани маълум бўлди  0 19:15"Ризеспор" — "Анқарагучу". Алиқулов асосий таркибда  1 18:58"Сабаҳ" — "Сумқайит". Озарбайжондаги "ўзбек дербиси" учун таркиблар маълум  3 18:23"Ливерпуль" ван Дейкка ўринбосар топди  2 17:58Ўзбекистон аёллар футзал терма жамоаси Тошкентда йиғинга киришди  0 17:23Расман: Дилшод Комилов — "Қизилқум" ўйинчиси  3 17:04Элит ОЧЛ. "Пахтакор" кейинги босқичга чиқиш имконияти қандай?  24 16:58"Манчестер Юнайтед" яна Шоуни йўқотди  6 16:23Тошлоқда "Фарғона вилояти ҳокими кубоги-2025" мусобақаси старт олди  3 16:01"Милан" Феликснинг ўрнига "Барселона" ўйинчиси билан шартнома имзоламоқчи эди  3 15:35"Манчестер Юнайтед" Гарначо ва Майнуни сотишга тайёр  5 15:02Араухонинг товон пули қанчалиги маълум бўлди  0 14:34Дэвиснинг агенти: "Реал" билан музокаралар олиб бордик"  0 14:04Ўзбекистон U-17 Осиё кубогига тайёргарлик доирасида Тошкентда ўқув-машғулот йиғинига киришади ва 8 февралда Туркиядаги турнирга йўл олади  2

"Buxoro" va "Neftchi" uyg'onadi, "Olimpik"ning zafarli odimi davom etishi kutilmoqda (Pro liga 11-turi haqida) Yangiliklar

"Buxoro" va "Neftchi" uyg'onadi, "Olimpik"ning zafarli odimi davom etishi kutilmoqda (Pro liga 11-turi haqida)

Bugun O'zbekiston pro ligasining 11-tur bahslari start oladi. Quyida bizni kutayotgan 4 o'yin atrofidagi statistika, malumot va taxminlar bilan tanishing.

Kapadze Ildar Sakaevga ham master-klass o'tib beradi...

Tur "Oq-tepa" va "Olimpik" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bilan start oladi. O'tgan turda tajribali "Neftchi"ga har jabhada master-klass o'tib bergan Timur Kapadze boshchiligidagi yoshlar bugungi raqibiga ham jiddiy bosh og'rig'i bo'lishi turgan gap. Xabaringiz bor, "Olimpik" farg'onaliklar bilan o'yinda xotirijam holatda 3 ta gol urib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritgan edi.  "Oq-tepa" ham chempionatning asosiy favoritlaridan biriga 3 ta gol urdi, ammo so'nggi daqiqada xuddi shuncha o'tkazib ham yubordi. Ildar Sakaev jamoasi bugun ham 2-bo'limda konsentraciyani tushirib yuboradigan bo'lsa, jiddiy tarzda jazolanadi. CHunki, "Olimpik" joriy mavsum 2-taymlarda eng ko'p gol urgan jamoa bo'lib turibdi.

Oq-tepa

PRO liga. 11-tur

12/06/2021, 18:00

2
:
-
Boshlanmadi

Olimpik

Abdurauf Bo'riev - 15', Otabek Jo'raqo'ziev - 72'

Pro liga. 11-tur

12 iyun, shanba

OQ-TEPA – OLIMPIK

Hakamlar: Doston Mirzaraimov, Olimjon Abduvosilov, Sanjar SHoyusupov

Nazoratchi: Dmitriy Roman

Komissar: Baxtiyor SHirinov

"Jar" stadionida o'tkaziladigan o'yinni boshqaradigan Doston Mirzaraimov joriy mavsum har ikkala klub ishtirokidagi o'yinlarda ishlashga ulgurgan. Farg'onalik referi "Oq-tepa"ning 2, "Olimpik"ning 1 o'yinini boshqargan:

Pro liga (1-tur): "Oq-tepa" 1:2 "Buxoro"

Pro liga (5-tur): "Oq-tepa" 2:2 "Aral Samali"

Kubok (1-tur): Olimpik 5:0 "Zomin"

Eslatib o'tamiz, mazkur jamoalar o'rtasida 1-davrada o'tkazilgan o'yin "Olimpik"ning  g'alabasi bilan yakun topgan edi.

"Buxoro" bor alamini "SHo'rtan"dan oladi...

O'tgan turda "Aral Samali"ga imkoniyatni boy berib qo'ygan "SHo'rtan" futbolchilari bugun G'ijduvonda "Buxoro" mehmoni bo'lishadi. Uchrashuv favoritini ajratib olish uchun jamoalarning turnir jadvalidagi o'rnidan tashqari to'plar nisbatigaham etibor qaratish lozim. G'uzor jamoasi ortda qolgan 9 turda raqiblari darvozasiga faqat 2 bor yo'l topishni uddalagan va o'z darvozasidan 10 barobar ko'proq to'p olib chiqqan. Bundan ortiq tarifga hojat bo'lmasa kerak. 10-turda "Olimpik" bilan o'yinda sensacion natija qayd etgan "Buxoro" bugun nisbatan kuchsizroq raqibini ayab o'tirmasligi aniq.

Buxoro

SHavkat Salomov - 36', Marko Milich - 63', Davron Isoqov - 74'

PRO liga. 11-tur

12/06/2021, 18:00

0
:
3
Tugadi

Sho'rtan

45'
90'
19'  Jasur O'runov
36'  SHavkat Salomov
38'  Alisher Sanayev
45'  Sanat Shixov
46'  Jasur O'runov (Bobur Qosimov)
46'  Fayzullobek Jumanqo'ziev (Mirzhalol ZHumaev)
55'  Amirzhon Safarov (Davron Isoqov)
63'  Marko Milich
64'  SHavkat Salomov (Suhrob Ne’matov)
74'  Davron Isoqov
76'  Sanat Shixov (Sardor Izzatov)
64'  Ruslan YUlmuxametov (Ahmed Qobiljonov)
79'  Asadbek Samariddinov (Bekzod Suvonov)

BUXORO – SHO'RTAN

Hakamlar: Rahimbek Karimov, Husniddin Bahodirov, Oybek Kallaxo'jaev

Nazoratchi: Ro'zim Davletmuradov

Komissar: Qudrat Madraimov

"Navro'z" o'yingohida o'tkaziladigan o'yinni boshqaradigan hakam joriy mavsum "Buxoro" ishtirokidagi bitta o'yinda ishlashga ulgurgan:

Pro liga (3-tur): "Olimpik" 0:1 "Buxoro"

Eslatib o'tamiz, mazkur jamoalar o'rtasida 1-davrada o'tkazilgan o'yin "Buxoro"ning  g'alabasi bilan yakun topgan edi. O'shanda o'yin taqdirini Davron Isoqov tomonidan urilgan yagona gol hal qilgan edi.

"Xorazm" mavsumdagi 4-g'alabasini qo'lga kiritadimi?

10-turda G'uzordan g'alaba bilan qaytgan "Aral Samali" bu gal Xorazmga safar qiladi. Ushbu bahs tur doirasidagi durang qayd etilish ehtimoli eng yuqori bo'lgan o'yin. Ammo, baribir mezbon faktori va muxlislarning qo'llab-quvvatlashi tufayli "Xorazm" yakunda 3 ochko olsa kerak. Malumot uchun, "Xorazm" joriy mavsum uy o'yinlarida "Neftchi" bilan birga eng yaxshi natijani qayd etib turibdi (4 o'yindan 3 g'alaba, 1 durang). Hozircha Aleksandr Ejov shogirdlarini mehmonda mag'lub qiladigan jamoa topilmayapti.

Xorazm

Mirjalol Qurbonov - 12'

PRO liga. 11-tur

13/06/2021, 18:30

1
:
1
Tugadi

Aral Samali

Yerbol Seytnazarov - 16'

45'
90'
12'  Mirjalol Qurbonov
60'  Sardor ZHahonov (Sardor Sotvoldiyev)
60'  Saidzhamol Davlatzhonov (Maruf Murodov)
69'  Temur Bekchanov (Elyor Mamasoliyev)
16'  Yerbol Seytnazarov
27'  Albert Sidiqov
63'  Jamshid To'raboev (Azamat Allaniyozov)
81'  Arislan YUsupbayev (Navro’zbek Alimov)
83'  Azamat Allaniyozov
90'  Ulug'bek Bekbosinov
90'  Damir Nizanov (Jamshid Gulmirzayev)

13 iyun, yakshanba

XORAZM – ARAL SAMALI

Hakamlar: Ilya Ilin, Artyom Kalinin, Ruslan Samandarov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

Komissar: Qudrat Madraimov

Eslatib o'tamiz, mazkur jamoalar o'rtasida 1-davrada o'tkazilgan voha derbisida durang qayd etilgan edi.

"Yangier" "yaralangan sher" qarshisiga chiqadi...

So'nggi 2 turni safarda o'tkazib, asosiy raqiblari "Buxoro" va "Olimpik"ga imkoniyatni boy bergan "Neftchi" ertaga "Yangier"ni qabul qiladi. Bu bahsda Sirdaryo jamoasining ahvoliga havas qilmagan bo'lardik. CHunki Toshkentdagi o'yindan keyin Ilhom Mo'minjonov ochiq va dangal gapirdi. Agar Farg'ona klubi bu gal ham muvaffaqiyatsizlikka erishsa, muxlislar Mo'minjonovni, Ilhom aka esa shogirdlarini, futbolchilar o'zlarini kechira olishmaydi. Ushbu jamoalar o'rtasida 1-davrada o'tkazilgan bahsga etibor qaratsak, "Neftchi" mehmonda 3ta to'p farqi bilan zafar quchganiga guvoh bo'lamiz. Bu gal ham kamida shuncha to'p kiritilsa kerak...

Neftchi

Marko Obradovich - 29', Marko Obradovich - 50'

PRO liga. 11-tur

13/06/2021, 20:00

0
:
2
Tugadi

Yangiyer

45'
90'
29'  Marko Obradovich
29'  Umar Adhamzoda
49'  A’zam Aliyev
50'  Marko Obradovich
66'  Izzat Abdullaev (Ruslan Roziev)
66'  Sobit Sindarov (Abdullo Olimov)
66'  Ulug'bek Hoshimov (Sardor Abdunabiev)
77'  Ruslan Roziev
90'  Marko Obradovich (Sarvar Soliev)
72'  Jonibek Mirzaqulov (YOdgor Nazarov)
81'  Nzimen CHamedzheu Landri
82'  Oybek Ahmatov (Faysal Traore)
89'  Mpako Etame Jerom
90'  Ahrorzhon Inoyatov (Mbeke Dieudonee)
90'  Abdumalik Toshpo’latov (SHoxzamon Xayrullaev)
90'  Mpako Etame Jerom (Xurshid Asqaraliev)

NEFTCHI – YANGIER

Hakamlar: Abdurashid Xudoyberganov, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: SHohruh Said.

Joziba kerakmi, Pro ligaga boring!

Muallif :
Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика