So’nggi yangiliklar

16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  4 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  1 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  11 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  4 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  11 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3

"Buxoro": "Qizilqum"ga qarshi bahsga tayyorgarlik boshlandi Yangiliklar

"Buxoro": "Qizilqum"ga qarshi bahsga tayyorgarlik boshlandi

Teglar :  BuxoroQizilqum
Buxoroliklar navbatdagi tur uchrashuvini o'z maydonida o'tkazadi.

Ulug'bek Baqoev boshqaruvidagi jamoa bu safar o'z uyida Navoiyning "Qizilqum" klubini qabul qiladi. Mazkur bahsga bo'lgan qiziqish yuqori. Boisi avvaldan ushbu jamoalarning to'qnashuvi shiddatga boy va murosasiz tarzda o'tib kelgan. "Buxoro" jamoasi azolari kuni-kecha klub qarorgohida yig'ildi va bo'lajak bahsga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Tabiiyki o'tgan turda safarda qo'lga kiritilgan g'alaba jamoaning turnir jadvalida 2-o'ringa ko'tardi. SHu sababli ayni damda barchaning kayfiyati yuqori deyish mumkin. Tarkibda hech qanday muammo yo'q. Sariq kartochkalari soni 4taga etgani tufayli "Obod"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan iqtidorli himoyachi Ergash Ismoilov yana safga qaytdi va u "Qizilqum" bilan uchrashuvda bemalol jamoaga yordam berishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, "Buxoro" birinchi davrada Navoiyda "Qizilqum"ni Ivor Veycar tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga mag'lub etib qaytgandi.   



"Buxoro" - "Qizilqum" uchrashuvini boqsharib boruvchi hakamlar malum.

26.08.2017 yil
Oliy liga 19-tur

"Buxoro" (Buxoro) – "Qizilqum" (Navoiy)

Bosh hakam: Aziz Asimov (Toshkent).

Qanot hakamlari:
Rasul Fozilov (Namangan), Mo'minjon Majidov (Namangan).

Zaxira hakami:
Naim Qosimov (Qarshi)

Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev (Toshkent).

O'zPFL vakili: Farhod Magametov.



"Buxoro" matbuot xizmati.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика