So’nggi yangiliklar

08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  2 08:20`Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  7 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20

Superliga. "Buxoro" o'z uyida "Qizilqum" ustidan muhim g'alabaga erishdi Yangiliklar

Superliga. "Buxoro" o'z uyida "Qizilqum" ustidan muhim g'alabaga erishdi

"Buxoro" hamda "Qizilqum" o'rtasidagi Superliganing 15-tur o'yini yakunlandi.

Buxoro

Dilshod Jo’rayev - 38'

Superliga. 15-tur

05/08/2023, 20:00

0
:
1
Tugadi

Qizilqum

45'
90'
38'  Dilshod Jo’rayev
38'  Aleksandar Stanisavlevich
58'  Aleksandar Stanisavlevich (Humoyunmirzo Iminov)
59'  Muhammadjon Rahimov
65'  ZHasur Xolto'raev (Asilbek Qayumov)
89'  Izzatilla Po'latov (Asil Begimqulov)
89'  Shohruz Norxonov (Mahmud Jo'raboev)
89'  Muhammadjon Rahimov (Jamoliddin Ubaydullayev)
90'  Mahmud Jo'raboev
46'  Alisher Sanayev (Samandar Shukurullayev)
61'  Islom Kenzhaboev (Muhammadali G'iyosov)
66'  ZHo'rabek Mannonov
87'  ZHo'rabek Mannonov (Ilhom Vahobov)
90'  Muhammadali G'iyosov

"Buxoro" - "Qizilqum" 1:0 (TUGADI)
5 avgust 2023 yil. Buxoro, "Buxoro" stadioni. 20:00

Gol: Dilshod Jo'raev (Aleksandar Stanisavlevich) 38'
Hakamlar: SHavkat Nasibullaev, Aleksandr Sidorov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Turg'un Jumaboev.
VAR: Rustam Lutfullin.
AVAR: Ilya Ilin.
Nazoratchi: Bobur Haydarov.
Komissar: SHerzod Rajabov. 

"Buxoro": 50.Luka Kukich, 2.Izzatillo Po'latov ( 91.Asiljon Begimqulov, 89), 5.Dilshod Jo'raev (c), 7.Muhammadjon Rahimov (17.Jamoliddin Ubaydullaev, 89), 9.Jasur Xolto'raev (77.Asilbek Qayumov, 65), 11.SHohruz Norxonov (22.Mahmud Jo'raboev, 89), 15.Diyorbek Ortiqboev, 70.Aleksandar Stanisavlevich (10.Humoyunmirzo Iminov, 58), 80.Farruh Ibrohimov, 94.Frane Ikich, 99.Javohir Ro'ziev.

Zaxira: 20.Sardor Qobuljanov, 4.Mirjalol Jumaev, 8.Asliddin Tursunpo'latov, 24.Sardorbek Izzatov.

"Qizilqum": 35.Javohir Ilyosov, 2.Bagtiyar Gurgenov, 10.Islom Kenjaboev (17.Muhammadali G'iyosov, 61), 11.Akaki SHulaia, 13.Nikolay Tarasov, 23.SHerali Jo'raev (s), 24.Ifeani Ifeani, 44.Jo'rabek Mannonov (4.Ilhom Vahobov, 87), 77.Giorgi Kuxianidze, 87.Alisher Sanoev (5.Samandar SHukurullaev, 46), 92.Marko Simonovski.

Zaxira: 16.Dilshod Yo'ldoshev, 6.Murodjon Raxmatov, 7.Davron Anvarov, 9.Humoyun Abdualimov, 30.Islomjon Toshpo'latov, 79.Diyor Rahmatullaev.

Ogohlantirishlar: Muhammadjon Rahimov (59), Jo'rabek Mannonov (66), Muhammadali G'iyosov (90+3), Mahmud Jo'raboev (90+5).


YANGILASH

MATNLI TRANSLYACIYA


BAHS YAKUNLANDI!

90+7. Zarbaaa! Zaxiradan tushgan G'iyosovning zarbasidan keyin Kukich jamoasini goldan saqlab qoldi. 

90+5. Mahmud Jo'raboev qoidani buzgani bois sariq kartochka oldi. 

90+3. G'iyosov qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi. 

90. Ikkinchi taymga 8 daqiqa qo'shib berildi.

89. "Buxoro"da 3 ta o'zgarish: Rahimov, Norxonov, Po'latov o'rniga Ubaydullaev, Jo'raboev, Begimqulov tushirildi.

87. "Qizilqum"da o'zgarish: Mannonov o'rniga Vahobov bahsni tugatib qo'yadi. 

84. Endi Kukich tibbiy yordam so'ramoqda. Bugungi bahsda futbolchilarning jismoniy holati u qadar yaxshi emasligi ko'rinib qoldi. Ehtimol, bu boshqa narsa bilan bog'liqdir, yani vaqt cho'zish.

83. Qanotda Tarasovga nisbatan qo'pollik qilindi, jarima to'pi. 

82. Dilshod Jo'raev raqibga nisbatan qoidani buzdi. 

77. Kuxianidzening uzatmasidan keyin Kukich to'pni qiyinchiliksiz egallashga erishdi. 

76. Zarbaaa! Asilbek Qayumovning zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. 

76. Zarbaaa! Akakining navbatlagi zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi. 

74. Javohir Ro'zievga tibbiy yordam ko'rsatildi va u shifokorlar hamrohligida maydondan chiqdi.

72. Akakining zarbaga o'xshash uzatmasi Kukich tomonidan bartaraf etildi. 

71. Rahmatov aldamchi harakatlardan so'ng sheriklarini qulay vaziyatga olib chiqmoqchi bo'ldi, ammo himoyachilar bunga yo'l qo'yishmadi.

69. Zarbaaa! Ifeanining zarbasi kuchsiz chiqishi oqibatida Kukich to'pni egallab oldi. 

66. Javohir Ro'zievga nisbatan qoidani buzgan Mannonovga sariq kartochka ko'rsatildi. 

65. "Buxoro"da o'zgarish: Xolto'raev o'rniga Qayumov tushdi. 

64. Zarbaaa! Giorgi Kuxianidzening zarbasi himoyachilarga tegib qoldi. 

61. "Qizilqum"da almashtirish: Kenjaboev o'rniga G'iyosov bahsni davom ettiradigan bo'ldi. 

60. Zarba! Samandar SHukurullaevning bosh bilan yo'llagan zarbasi darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

59. Rahimov ortiqcha etiroz uchun ogohlantirildi. 

58. "Buxoro"da o'zgarish: Stanisavlevich o'rniga Iminov o'yinga qo'shildi. 

58. Zarbaaa! Akaki SHulaianing kuchli zarba berdi, ammo noaniq.

54. Ifeani Ifeani Rahimovni qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi, vaziyatga yaqin turgan hakam jarima belgiladi. 

50. SHavkat Nasibullaev Ulug'bek Bakaev bilan gaplashib oldi va ortiqcha etiroz bildirmaslikni takidladi.

47. Zarba! Marko Simonovskining bosh bilan bergan zarbasi aniq chiqmadi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. "Qizilqum"da o'zgarish: Sanoev o'rniga SHukurullaev o'yinni davom ettiradi. 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus! 

45+4. Yana Po'latov maydonda yotibdi. Bu gal ham SHerali Jo'raev qo'pollik ishlatdi. 

45+1. Izzatilla Po'latovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. SHerali Jo'raev uning oyog'ini bosib olgandi. 

45. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shildi. 

38. GOOOOOOOOOOL! Aleksandar Stanisavlevichning burchakdan oshirgan to'pni Dilshod Jo'raev darvozaga kiritdi – 1:0!  

33. Zarbaaa! Nikolay Tarasovning bosh bilan yo'llagan zarbasini Kukich qaytardi.

33. Sanoevning havolatib uzatgan to'pi "Buxoro" azosiga tegib maydonni tark etdi, korner. 

29. Mannonovga tibbiy yordam zarur. U Rahimov bilan jiddiy kurashda ishtirok etdi. 

27. Zarbaaa! Gurgenovning kuchli va aniq zarbasi Kukich tomonidan bartaraf qilindi. 

26. Jasur Xolto'raev birga-bir holatga chiqib borishi mumkin edi, Javohir Ilyosov o'z vaqtida darvozadan chiqib kelib, xavfning oldini oldi. 

24. Jo'rabek Mannonov Rahimovga nisbatan biroz qo'pol harakat qildi. 

21. Po'latovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin Ilyosov to'pni musht bilan urib yuborishni uddaladi.  

19. Islom Kenjaboev o'ziga xos finti orqali Ifeanini oldinga boshlagandi, biroq nigeriyalik legioner uni tushunmay qoldi. 

17. Jo'raev Simonovskini tirsagi bilan urib yubordi, jarima zarbasi. Islom Kenjaboevning jirmadan oshirib bergan to'pi Kukichning qo'liga borib tushdi. 

16. Zarba! "Buxoro" sardori Dilshod Jo'raevning uzoqdan yo'llagan zarbasi osmon-u falakka yo'naltirildi. 

13. Dilshod Jo'raevning pasi tushunarsiz chiqib qoldi, u hujumchini qulay vaziyatga olib chiqmoqchi bo'lgandi, chog'i. Ammo to'p raqibga o'tib ketdi. 

10. Zarba! Diyorbek Ortiqboevning bosh bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

8. Javohir Ilyosov va SHohruz Norxonov havodagi kurash chog'ida to'qnashib ketishdi. Futbolchilarga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.  

6. Jamoalar aytarli vaziyat yaratishmadi va hozircha bir-birlarini o'rganish bilan band bo'lib turishibdi.

3. O'yindagi ilk hujumni buxoroliklar uyushtirishdi. Jasur Xolto'raevning yaqin masofadan o'tkir burchakni inishonga olmoqchi bo'ldi, ammo zarba ancha muvaffaqiyatsiz chiqdi. 

1. Uchrashuv boshlandi! 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика