“Buxoro” o'z safiga yana bir futbolchini qo'shib oldi
25 jan 2021 10:57
Yangiliklar


“Buxoro” o'z safiga yana bir futbolchini qo'shib oldi
Farg'ona shahrida o'tayotgan “Hokim Kubogi-2021” turnirida ishtirok etayotgan “Buxoro” tarkibiga yangi futbolchi kelib qo'shildi.
O'tgan mavsum “Andijon” sharafini himoya qilgan Qahramon Bahodirov yaqinda buxoroliklar lagerida paydo bo'ldi. Qanot yarim himoyachisi bo'lgan ushbu futbolchi ilgari Davron Fayziev qo'li ostida “So'g'diyona” jamoasida o'ynaganini muxlislar yaxshi bilishsa kerak. SHu bois uning “Buxoro” tarkibiga borib qo'shilishi bejiz emas. Ayni damda Bahodirov yangi jamoasi safida “Farg'ona hokim Kubogi-2021” turnirida ishtirok etmoqda.
Bahodirov 2020 yilgi O'zbekiston Superligasida jami 19ta o'yin (473 daqiqa) o'tkazib, o'z hisobiga 1ta gol va 2ta sariq kartochka yozdirib qo'ygan
O’xshash yangiliklar

Fikrlar