"Buxoro" "Navbahor" bilan durang o'ynadi
14 fev 2017 13:29
Yangiliklar
Bu safargi sparring-raqibimiz Namanganning “Navbahor” jamoasi bo'ldi. Ushbu uchrashuvda har ikkala jamoa ham asosiy tarkib futbolchilarini sinovdan o'tkazishdi.
Uchrashuvning 11-daqiqasida “Buxoro”ning ukrainalik himoyachisi Vladimir Baenko boshi bilan darvozani ishg'ol etib hisobni ochdi. Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida Ro'zimboy Axmedov penaltidan hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
“Buxoro”: Muxiddin Xudoyorov, Vladimir Baenko, Mirjalol Jumaev, Ergash Ismoilov, Elbek Ravshanov, Robbim Hasanov, Suxrob Nematov, Sanat SHixov, Zohir Pirimov, Alisher SHog'ulomov, Bahriddin Vaxobov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Erkin Jabborov, Bobir Amonov, Ravshan Yangiev, Mirfayz Muxiddinov, Nozim Umurov, Elshod Dilmurodov, Javohir Qahramonov.
P.S: “Navbahor” tarkibini Namangan klubi matbuot xizmati taqdim etadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar