So’nggi yangiliklar

09:46Гвардиола Родридан нима истаётганини айтди  1 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:53"Манчестер Юнайтед" 20 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  0 08:26Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  0 07:58"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди  0 07:35Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" ўйинида 8 та гол урилди ва "шерлар" ғалаба қозонди. "Қизилқум" – "Бунёдкор" баҳсида эса дуранг  10 07:30"Манчестер Сити"нинг яна бир ҳимоячи жамоани тарк этиши мумкин  1 01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  8 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  5 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  3 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0 23:28Байиндирнинг хатосидан кейин МЮнинг режалари ўзгарди  6

"Buxoro" - "Lokomotiv". PREVYU Yangiliklar

"Buxoro" - "Lokomotiv". PREVYU

Teglar :  BuxoroLokomotiv
Ertaga, 15 iyun kuni “Buxoro” 13-tur doirasida o'z maydonida mamlakatimizning amaldagi chempioni Toshkentning “Lokomotiv” jamoasini qabul qiladi.

Ushbu jamoalar oliy liga tarixida jami 22 marotaba o'zaro to'qnash kelishgan. Ustunlik poytaxtliklar tomonida.

O'tkazilgan 22 uchrashuvning 6 tasida “Buxoro”, 11 tasida “Lokomotiv” g'alaba qozongan bo'lib, 5 uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatidagi ustunlik ham “Loko” jamoasi tomonida- 28:40.

O'zaro uchrashuvlarda “Buxoro” 23 ochkoni, “Lokomotiv” esa 38 ochkoni o'z hisobiga yozib qo'ygan.

“Buxoro”ning “Lokomotiv” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 2007 va 2009 yilgi mavsumlarda qayd etilgan. O'sha uchrashuvlarda “Buxoro” har ikkala uchrashuvlarda 3:1 hisobida g'alaba qozongan edi. Qizig'i shu ikkala g'alaba ham safarda qo'lga kiritilgan.

“Lokomotiv”ning “Buxoro” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 2013 yilda Toshkentda qayd etilgan. O'sha uchrashuvda poytaxtliklar buxoroliklarni 5:1 hisobida mag'lub etishgan.

Ikkala jamoa o'rtasidagi eng sermahsul uchrashuv esa 2005 yilda bo'lib o'tgan. Buxoroda kechgan uchrashuvda darvozalarga jami 7 ta to'p kiritilgan bo'lib, yakunda “Buxoro” 4:3 hisobida g'alabani tantana qilgan.

BU QIZIQ: “Buxoro” o'z maydonida “Lokomotiv”ni atigi 3 marta mag'lub eta olgan. Ushbu g'alabalar 2005, 2007 va 2016 yilgi mavsumlarda qo'lga kiritilgan. O'tgan mavsumda “Buxoro” bo'lajak chempionni o'z maydonida 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.  18736 nafar muxlis qarshisida bo'lib o'tgan o'yinda Vadim CHemirtan va Salamat Qutiboev gollari evaziga g'alaba qozonilgan edi.

FAKT: “Buxoro” va “Lokomotiv” o'rtasida kechgan uchrashuvlarning 5 tasi durang bilan yakunlangan. Qiziq tomoni, barcha duranglar Buxorodagi uchrashuvlarda qayd etilgan.  

Buxoroda bo'lib o'tgan barcha uchrashuvlar:
22.10.2016 “Buxoro”-“Lokomotiv” 2:1 
31.05.2015 “Buxoro”-“Lokomotiv” 2:3
07.11.2014 “Buxoro”-“Lokomotiv” 1:1
08.11.2013 “Buxoro”-“Lokomotiv” 0:1
19.05.2012 “Buxoro”-“Lokomotiv” 1:1
14.08.2009 “Buxoro”-“Lokomotiv” 2:3
01.03.2008 “Buxoro”-“Lokomotiv” 0:0
15.08.2007 “Buxoro”-“Lokomotiv” 1:0
24.08.2006 “Buxoro”-“Lokomotiv” 1:1 
27.08.2005 “Buxoro”-“Lokomotiv” 4:3
16.10.2004 “Buxoro”-“Lokomotiv” 1:1 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика