"Buxoro" katta murabbiyi: "Darvozamizga ikki marotaba yo'q joydan penalti olib keldik"
15 iyu 2020 21:34
Yangiliklar


"Buxoro" katta murabbiyi: "Darvozamizga ikki marotaba yo'q joydan penalti olib keldik"
"Uch oydan so'ng futbol o'ynadik. Bu katta tasir qildi. Legionerlarimiz pandemiya sabab etib kela olishmadi. SHuning uchun yoshlarni maydonga tushirdik. Bollarga ham rahmat aytmoqchiman. Bugun yutishimiz ham, yutqazishimiz ham mumkin edi. Darvozamizga ikki marotaba yo'q joydan penalti olib keldik.
"Mashal" jamoasi barchasini professional tarzda sharoitlarni yaratib berdi. Dezinfekciya ishlari va boshqa tashkiliy ishlarni alo darajada qilib berdi. Birinchi bo'limda havo harorati juda issiq edi. Dastlabki 25 daqiqadan so'ng futbolchilar moslashib olishdi.
Birinchi bo'limda yomon o'ynamadik. Ikkinchi bo'limda toliqib qoldik. Bizga g'alaba kerak edi. Bir tomondan bollar hali tayyor emasdi. Hattoki, o'rtoqlik uchrashuvlari ham o'tkazmadik. 8-9 kun davomida tayyorgarlik ko'rdik",- deydi Mirislom Hasanov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar