“Buxoro” dastlabki yig'inni Toshkentda boshlaydi
02 dek 2015 11:04
Yangiliklar


“Buxoro” dastlabki yig'inni Toshkentda boshlaydi
Bu yilgi chempionatni 14-o'rinda yakunlagan “Buxoro” endi kelasi yil yuqori o'rinlar uchun kurashmoqchi. Aytishlaricha viloyat hokimi klub oldiga katta maqsadlarni vazifa qilib belgilab berish arafasida.
Bosh murabbiyning aytishicha, jamoa 14 dekabr kuni Toshkentda yig'ilada va shu kuni futbolchilar tibbiy ko'rikdan o'tadi. Yangi mavsumga dastlabki yig'in aynan poytaxtda kechadigan bo'ldi. Tarkibda hozircha rasmiy o'zgarishlar yo'q hisobi. Saidovning aytishicha eng avvalo bu yilgi tarkibni saqlab qolish ko'zlangan asosiy vazifalardan biridir. SHu bois rasman jamoa bilan xayrlashgan futbolchilar hozircha yo'q. Tarkibga yangi kelib qo'shilishi mumkin bo'lgan o'yinchilar nomi ham aniq bo'lib ulgurmadi. Kimlarning kelib qo'shilishi esa ko'proq jamoa oldiga aniq vazifa qo'yilganidan so'nggina malum bo'ladi. Agarda medallar uchun kurashish maqsad qilinsa, shunga monand yuqori saviyadagi o'yinchilar taklif etilishi ko'zda tutilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar