So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

“Buxoro” bosh murabbiy masalasini qachon hal qiladi? Yangiliklar

“Buxoro” bosh murabbiy masalasini qachon hal qiladi?

Sarlavhani o'qib, iya yana “Buxoro”da bosh murabbiy o'zgardimi, degan o'yga borishingiz aniq.

 Yo'q, Davron Fayziev hamon bosh murabbiy sifatida amalda ishlab kelmoqda. Lekin jamoa ichida bosh murabbiy masalasi bo'yicha muammo hanuzgacha ochiqligicha qolmoqda. Gap shundaki, “Buxoro” jamoasida rahbariyat o'zgargach, bosh murabbiylik postiga Davron Fayziev taklif etildi. O'tgan yili “Qo'qon-1912”da yordam murabbiy sifatida faoliyat yuritib kelgan jizzaxlik murabbiy bu yil o'zini yana bosh murabbiy sifatida ko'rishni istab, “Buxoro”dan tushgan taklifga darhol labbay deya javob berdida, ishga kirishib ketdi. Vaholanki, o'tgan yili jamoani yarim mavsum boshqargan Jamshid Saidovning “Buxoro” bilan amalda ikki yillik shartnomasi mavjud edi. Jamoaning yangi xo'jayinlari esa Saidov bilan hamkorlikni to'xtatish maqsadida amaldagi shartnomani bir tomonlama bekor qilib, Fayzievni bosh murabbiy sifatida keng ommaga rasman tanishtirib ishlashiga sharoit yaratib berdi. 

SHundan so'ng Jamshid Saidov bu borada O'FA futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitaga shikoyat qilgan. 

Malum bo'lishicha, Jamshid Saidov bilan mehnat shartnomasining bir tomonlama bekor qilinishi amaldagi mehnat qonunchiligi va reglament talablariga zid ravishda amalga oshirilgan, deb topilgan. SHundan kelib chiqib, qo'mita o'z vakolati doirasida bosh murabbiyni ishga qayta tiklash bo'yicha “Buxoro” klubiga tavsiya berdi. 

SHunga qaramay “Buxoro” jamoasi rahbariyati bu masalani hanuzgacha hal etmasdan kelmoqda. 

Malumot uchun, Jamshid Saidovning shartnomasi 2022 yilgi mavsum so'ngiga qadar amal qilishi kerak edi. “Buxoro” esa shartnoma shartlariga zid ravishda, bosh murabbiyni ishdan oldi. Agar klub Saidovni ishga tiklamasa, uning 2022 yil 31 dekabr kuniga qadar bo'lgan maoshlarini to'liq to'lab berishi kerak bo'ladi.

Championat.asia'ga malum bo'lishicha, “Buxoro” rahbariyati Jamshid Saidovni shartnomasi borligi tufayli klub tizimida olib qolgan xolda, boshqa lavozimda ishlatmoqchi. Biroq, murabbiy ularning bu shartiga rozilik bermayapti. Jamshid Jalolovichning oldida ikkita yo'l bor, yoki bosh murabbiy bo'lish yoki shartnomada ko'rsatilgan ikki yillik oylik maoshini klubdan undirish. Voqealar rivojini kuzatamiz.

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика