So’nggi yangiliklar

21:58U21 биринчилиги. Дербида "Пахтакор" ғолиб, "Навбаҳор" Қаршида ғалабага эришди ва бошқа натижалар (+ЖАДВАЛ)  0 21:54Бўш стадионлар борасидаги эътирозлар фонида ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ чипталари сотуви жуда яхши кетаётгани ҳақида хабар берди  0 21:35Ўзбекистон Кубоги. "Шўртан" "Арал"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди. "Қўқон-1912" ва "Бунёдкор" қўшимча бўлимларга мурожаат қилишди  3 21:14Решфорд "Барса"да ўйнаш учун маошини қисқартиришга ҳам тайёр  0 21:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" - "Видад Касабланка" (онлайн ҳисоб)  20 20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  1 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   6 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1 18:4059 ёшли дунёнинг энг кекса профессионал футболчиси билан интервью: "Ўзимга чеклов қўймайман"  0 18:03Капелло: "Бу Италия терма жамоасида "дух" йўқ"  2 17:33Расман: Жоан Гарсия - "Барселона" футболчиси  11 17:04Афғонистон Россияга ўртоқлик учрашуви ўтказишни таклиф қилди  11 16:32Қасим-Жомарт Тоқаев Шавкат Мирзиёевни миллий жамоа жаҳон чемпионатига чиққани билан табриклади  5 16:15Эрон билан можаро туфайли легионерлар Исроил клубларини ортиқча шартларсиз тарк этиши мумкин  6 15:55Жоан Гарсия "Барселона"га ўтиш учун ўз шартномасини сотиб олди  2

"Buxoro": Akkreditaciya jarayoni boshlandi Yangiliklar

"Buxoro": Akkreditaciya jarayoni boshlandi

Teglar :  Buxoro
Yangi mavsum boshlanishiga sanoqli kunlar qolmoqda. Futbol muxlislari, jamoalar va umuman futbolga aloqador har bir shaxs yangi mavsumni intiqlik bilan kutmoqda.

Uchrashuvlarni yoritib boradigan OAV ham mavsum startini intiqlik bilan kutishmoqda. Futbol bu mamlakatimizda birinchi raqamli sport turi sanaladi. Uning targ'ibot va tashviqotida ommaviy axborot vositalari va matbuot xodimlarining o'rni juda katta.

“Buxoro” jamoasining uy uchrashuvlarini ko'plab jurnalislar yoritib borishlariga o'rganib qolganmiz. “Buxoro” jamoasi yangi mavsumdan boshlab jurnalistlarga yanada qulayliklar yaratib berishni maqsad qilgan. Media tribunada jurnalistlar ishlashi uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.

Ommaviy axborot vositalari va matbuot xodimlarining o'yinlarni maxsus sektordan bepul tomosha qilishlari, jurnalistlar uchun yaratilgan barcha sharoitlardan to'laqonli foydalanishlari, uchrashuvlar yakunida uyushtiriladigan matbuot anjumanlarida bevosita ishtirok etishlari, shuningdek, TV operatorlari hamda fotomuxbirlarning stadionda faoliyat yuritishi imkonini beruvchi maxsus ruxsatnoma (beydjik)lar taqdim etiladi.

Buning uchun OAV o'zi ishlayotgan korxonadan “Buxoro” bosh direktori Alisher Hikmatovich Rustamov nomiga xat, 2 dona 3x4 hajmdagi fotosurat (elektron varianti tavsiya etiladi) va pasport nusxasini taqdim etishlari shart.

Xujjatlarni pfkbukhoro@mail.ru elektron pochtasiga yoki jamoaning xodimlar bo'limiga taqdim etishlaringiz mumkin bo'ladi.

Malumot uchun telefon:+99893 960-00-49

Hujjatlarni qabul qilish shu yilning 2 martiga qadar davom etadi.

P.S: Yangi mavsumdan etiboran media tribunaga kirish beydjiklari bo'lmagan har qanday shaxsga taqiqlanadi!

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика