So’nggi yangiliklar

09:05Сўнгги дақиқалардаги гол ва аламли мағлубият. Ўзбекистон — Тожикистон учрашувидан ФОТОГАЛEРEЯ  1 08:38Луис Энрике ғалабадан сўнг нималар деди?  7 08:10Индзаги “Интер“нинг йирик ҳисобдаги мағлубиятига изоҳ берди  9 07:46Финалнинг “Man of the match“ соҳиби маълум  11 07:24Мессининг бенефисига айланиб кетган баҳсда "Интер Майами" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  4 05:45Чемпионлар Лигаси. ПСЖ финалда "Интер"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  17 01:55ПСЖ финалда "Интер"га жавобсиз 5та гол урди ва ўз тарихида биринчи марта ЕЧЛ бош совринига эга чиқди  192 00:51Сарри Римга қайтишга яқин  2 00:21"Ал Ҳилол" Зиданга йилига 100+ млн евро таклиф қилганди. Мураббий эса...  3 23:10Раҳмоналиев экстра-таймларда майдонга тушган ўйинда "Сабаҳ" "Қорабоғ"ни енгиб, Озарбайжон кубоги соҳиби бўлди! Клуб Европа лигаси саралашида иштирок этади  1 22:50Баҳром Ҳайдаров: "Селекция ишлари ҳар бир жамоада мунтазам давом этади"  1 22:33Виталий Левченко: "Чемпионатда танаффус юзага келганида шу каби ўртоқлик ўйинлари жамоа учун фойдали бўлади"  1 22:05CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон 120 дақиқа давом этган финалда Тожикистонга аламли тарзда ютқазди  71 21:20Назорат учрашуви. "Нефтчи" Фарғонада "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  2 20:55Ўзбекистон U-23 назорат ўйинида "Хоразм"ни мағлуб этди  1

“Buxoro” 2020 yilgi mavsum oldidan yangi futbolchilarni tanishtirdi Yangiliklar

“Buxoro” 2020 yilgi mavsum oldidan yangi futbolchilarni tanishtirdi

Bugun Buxoro shahridagi "Yoshlar markazi" masjmuasida “Buxoro” professional futbol klubi keng jamoatchilik uchun yangi mavsum oldidan yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimini o'tkazdi.

Tadbirda hokimiyat vakillari va klub rahbariyati ishtirok etishdi.

Uchrashuv avvalida Buxoro viloyat hokimi o'rinbosari Jamol Nosirov, so'zga chiqib, oldingi mavsum ko'ngildagidek o'tmagani, buning sabablari, bu mavsum viloyat hokimi futbolga katta etibor qaratib, birinchi navbatda klub direktorini almashtirib, sohaning tajribali mutaxassisi Jamshid Botirovni klub direktori etib tayinlangani, maydon chimi koreyalik mutaxassislar tomonidan qayta rekonstruksiya qilinayotgani, jamoa yaqin 5 yil ichida mavsumni hech qanday qarzdorliklarsiz boshlagani, murabbiylar shtabiga yangi mavsumda qattiq talablar qo'yilishini takidladi.



SHundan so'ng so'zga chiqqan bosh murabbiy Muhsin Muhammadiev mavsumoldi tayyorgarlik jarayoni rejadagidek ketayotgani, bir qator futbolchilar jamoa ko'rigidan o'tgani, ulardan jamoaning o'yinini kuchaytira oladiganlari bilan shartnoma imzolangani, legionerlar, jarohatdagi futbolchilar, yangi mavsumda rahbariyat talabi bilan asosan buxorolik mahalliy yosh futbolchilar bilan kuchli, raqobatbardosh jamoa shakllantirilgani haqida gapirib o'tdi.



Tadbir davomida “'Buxoro”ga kelib qo'shilgan yangi futbolchilar keng ommaga tanishtirildi. Ular “Buxoro” safida quyidagi raqamlarda to'p tepishadi:


91 – Zafar Safoev
20 – Sardor Qobuljonov
55 – Artyom Baranovskiy (Ukraina)
26 – Abror Xusinov
16 – Jasur Hasanov
7 – Suhrob Nematov
11 – Zohir Pirimov
77 – Izatilla Abdullaev
40 – Azizbek Amonov
69 – Edin Yunuzovich (Xorvatiya)
9 – Jasurbek Hakimov


SHuningdek, “Buxoro” jamoasi tarkibida quyidagi futbolchilar joy olishgan:

25 – SHohjahon Nasimov
88 – Milovan Kapor (Kanada)
28 – Ergash Ismoilov
5 – Boburjon Amonov
4 – Mirjalol Jumaev
23 – Behruz SHodmonov
8 – Anvar Jo'raev
19 – Bekzod Saidov
10 – Jaba Lipartiya (Gruziya)
21 – Abbos Jumaqulov
17 – Behruz Sadiloev
29 – SHahzod Beshimov
98 – Solibek Karimov
33 – Javohir SHodmonov

Marosim so'ngida muxlislar va OAV xodimlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.


- “Buxoro” birinchi davra uy o'yinlarini qaysi stadionda o'tkazadi?
Jamol Nosirov (Buxoro viloyati hokimi o'rinbosari):
Maydon maysalarini yangilayotgan koreyalik mutaxassislarning talabidan kelib chiqib jamoaning birinchi davra uy o'yinlari Muborakdagi “Mashal” stadionida o'tadi. Lekin muxlislar hamma o'yinlarni jonli kuzatishlari uchun avtobuslar biriktiriladi.


- Muhsin Muslimovich biz muxlislar jamoamiz OFK kubogida o'ynashini xohlaymiz, aytingchi bunga nima to'sqinlik qiladi?
Muhsin Muhammadiev (bosh murabbiy):
Biz muxlislarni tushunamiz, lekin hamma narsa birdan bo'lib qolmaydi. Siz talab qilayotgan darajaga chiqish uchun klub byudjetida 20-30 million AQSH dollari bo'lishi kerak. Albatta bosqichma-bosqich shu darajagacha chiqamiz.


- Bizda ham Evropa davlatlaridek selekciya ishlari professional tarzda olib boriladimi?
Jamshid Botirov
: Oldin klubda bitta selekcioner murabbiy ishlardi. Endi yana ikkita mutaxassis jalb qilindi jami 3 murabbiy xuddi shu yo'nalishda ishlaydi va jamomizga yangi iqtidorlarni olib kelishda yordam beradi.

- O'zbekistonda transfer 7 martga qadar davom etadi. Klubga yana yangi o'yinchilar kelib qo'shiladimi?
Muhsin Muhammadiev:
Jamoada kuchaytirish kerak bo'lgan bir nechta poziciyalar bor. Bu borada yangi futbolchilar bilan muzokaralar o'tkazilmoqda.



G'ofur Tursunov Buxoro shahridan championat.asia sayti uchun maxsus

foto: "Buxoro" matbuot xizmati

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика