So’nggi yangiliklar

21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  0 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  1 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  2 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  4 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  8 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2

“Bunyodkor” prezidenti klub vakillari bilan uchrashdi va jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlandi Yangiliklar

“Bunyodkor” prezidenti klub vakillari bilan uchrashdi va jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlandi

“O'zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi, “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti Mehriddin Abdullaev klubda bo'lib, u erda murabbiylar, futbolchilar va klubda mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida klub bosh direktori Ulug'bek Mirzaev barchaga “Bunyodkor” klubida yangi ish boshlagan klub prezidentini tanishtirib o'tdi.

SHundan so'ng, klub faoliyati va qilinayotgan ishlar, rejalashtirilgan vazifalar borasida hisobot berdi.

Klub prezidenti murabbiy va futbolchilar bilan shaxsan uchrashishdan asosiy maqsadi, so'nggi to'rt yilda jamoaning yutuqlarga erisha olmayotgani va moliyaviy qiyinchiliklar borasida muhokama qilish kerakligini takidladi.

Albatta, bu yil barchasi boshqacha bo'lishi, ushbu futbol klubi nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro maydonda ham g'alabalarga erishishi uchun harakat qilishi kerakligini bildirdi.

SHundan so'ng, klubda faoliyat olib borayotgan maslahatchi murabbiy Yuriy Sarkisyan, murabbiylar – Marat Miftaxutdinov, Viktor Karpenko o'z fikrlarini bildirib, avvalo, klub prezidentining tashrif buyurib, yuzma-yuz uchrashgani, muammoli masalalarni muhokama qilganidan xursand ekanliklarini bildirib o'tishdi.

Klub prezidenti jamoada nafaqat muammoli masalalar bartaraf etilishi, balki komplaens nazorat tizimi o'rnatilishi hamda klub uchun ajratilgan mablag' nazorat qilinishi, futbolchilar rag'batlantirilishi, korrupciyaga yo'l qo'ymaslik borasida ham qator ishlar qilinishini malum qildi.

Jamoa sardori Lutfullo To'raev ham so'z olib, aynan klub prezidentiga, sportchilar bilan uchrashgani va ularning fikri bilan qiziqayotgani, ularni tinglayotgani uchun jamoa azolari nomidan minnatdorchilik bildirdi.

Futbolchilar, albatta, bildirilgan ishonchni oqlashlari va faqat g'alaba uchun maydonga tushishlarini takidlab o'tdi.

Eng avvalo, murabbiylar ishiga aralashishga mutlaqo yo'l qo'yilmasligini, murabbiy har bir futbolchini o'zi tanlashi va natijaga erishish shart ekanligi bildirildi.

Bundan tashqari, sport liboslari, yotoqxona va ovqatlanish, sportchilarni vitaminlar bilan taminlashga ham alohida etibor qaratildi.

Klub prezidenti qatnashgan yig'ilishda yangi bosh murabbiy saylash masalasi ham ko'tarildi. Kuzatuv kengashi azolari, futbolchilar va murabbiylarning bir ovozi bilan uzoq yillardan buyon jamaoda faoliyat yuritgan SHuhrat Maqsudov bosh murabbiy etib saylandi.

Aynan bugundan boshlab SHuhrat Maqsudov “Bunyodkor” klubining bosh murabbiyi sifatida futbolchilarni yangi mavsumda maydonga olib tushadi.

“O'zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi, “Bunyodkor” klubi prezidenti yangi bosh murabbiy SHuhrat Maqsudov o'zbek futbolining ko'zga ko'ringan namoyandasi, ajoyib futbolchi bo'lgani hamda murabbiylikda ham o'ziga xos o'rnak bo'lib ulgurganini takidlab, unga ishonch bildirdi va oldinda turgan yangi mavsumda omad tiladi.

SHu o'rinda takidlash kerakki, jamoa oldiga bu yilgi mavsumda chempionlikni qo'lga kiritish vazifasi qo'yildi.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика