So’nggi yangiliklar

20:05Суперлига. "Андижон" — "Қўқон-1912" 1:0 (матнли трансляция)  9 19:53Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм" (матнли трансляция)  2 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  1 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  0 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0

"Bunyodkor"ning taklifini kutdim yoxud "Paxtakor"ga o'tgan Mirjahon Mirahmadovning fikrlari Yangiliklar

"Bunyodkor"ning taklifini kutdim yoxud "Paxtakor"ga o'tgan Mirjahon Mirahmadovning fikrlari

Futbolchilik faoliyati davomida "Obod" va "Bunyodkor" klublarida Superligada ishtirok etgan hujumchi Mirjahon Mirahmadov "Paxtakor" bilan shartnoma imzoladi.

Biz futbolchining fikrlari bilan qiziqdik.

"O'tgan mavsum davom etayotgan bir vaqtda "Paxtakor" klubi rasmiylari taklif bilan aloqaga chiqqan edi. U vaqtda huquqiy jihatdan "Bunyodkor"ga tegishliligim va mavsum davom etayotgani sababli aniq javob qaytarmagan edim. Mavsum yakunlangach ham avval "Bunyodkor" rahbariyatining taklifini kutdim. Sobiq jamoamdan yangi mavsum bo'yicha taklif va rejalar bo'lavermaganidan so'ng "Paxtakor" rasmiylari bilan jiddiy muzokaraga kirishdim. Yakunda o'zaro fikrlarimiz bir joydan chiqdi va men "Paxtakor" azosiga aylandim hamda klub bilan 2 yillik muddatga mo'ljallangan shartnomaga qo'l qo'ydim. 

"Navbahor"dan taklif bo'lgani rost. Ammo men "Paxtakor"da o'ynashni xohladim. Albatta, yangi jamoamda raqobat kuchli, lekin raqobatdan aslo qo'rqmayman. O'ylaymanki, yangi jamoamda o'z o'rnimni topaman va g'alabalariga hissamni qo'shaman", - deya so'zini yakunladi Mirahmadov. 

Malumot uchun, Mirjahon Mirahmadov "Paxtakor"ga qarshi o'yinlarda "sherlar" darvozasini 4 marta ishg'ol qilgan.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика