So’nggi yangiliklar

07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  32 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1

“Bunyodkor”ning “Ozodi”dagi rasmiy mashg'uloti. FOTO+VIDEO Yangiliklar

“Bunyodkor”ning “Ozodi”dagi rasmiy mashg'uloti. FOTO+VIDEO

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi bugun qitamizning eng ulkan arenasi – “Ozodi” stadionida rasmiy mashg'ulotini o'tkazdi.
“Qaldirg'ochlar” Eronga bir qator jiddiy yo'qotishlar bilan tashrif buyurgan. Jumladan, 10 nafar futbolchimiz O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga ealb etilgan. Darvozabon Akbar To'raev va hujumchi Anvar Berdiev jarohat tufayli Toshkentda qolishgan bo'lsa, himoyachilar Xayrulla Karimov va Anvar G'ofurov kartochkalar muammosi tufayli bahsni o'tkazib yuborishadi. SHu boisdan ham Sergey Lushchan tarkib borasida etarli muammolarga yo'liqdi.

“Ozodi” stadionida tahminin bir soat davom etgan mashg'ulotda 16 nafar futbolchi ishtirok etdi. Bular: darvozabonlar – Murodjon Zuxurov, Pavel Bugalo, himoyachilar – Akmal SHorahmedov, Ivan Miloshevich, Artyom Filiposyan, Obid Jo'raboev, yarim himoyachilar – SHaker Zuagi, Jovlon Ibroximov, Sardor Sobirxo'jaev, Samir Bekrich, Minori Sato, Nuriddin Hasanov, hujumchilar – Mirzoxid G'ofurov, Sardor Rashidov, Voxid SHodiev, Temur Ayupov. Serbiyalik himoyachi Ivan Miloshevich hali jarohatidan to'liq qutilib ulgurmagani bois umumiy guruh bilan shug'ullanmadi. Aksincha, u maydon chetida yugurish bilan cheklandi.

Aytish kerakki, afsonaviy stadion maysalari juda ham alo darajada saqlangan. Biroq muxlislar uchun yaratilgan sharoitlar borasida bunday deya olmaymiz. Aksar tribunalar tamir talab ekanligi shundoqqina ko'rinib turibdi. Qolaversa, futbolchilarni kiyim almashtirish xonasi ham eskirib qolgan.

“Bunyodkor” mashg'ulot o'tkazayotgan paytda “Ozodi” stadioni osmoni uzra engil yomg'ir ham yog'ib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, “Persepolis” – “Bunyodkor” uchrashuvi 6 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:05da boshlanadi.

"Bunyodkor"ning "Ozodi"dagi mashg'uloti FOTOJAMLANMAsi bilan tanishishingiz mumkin. Mashg'ulot videolavhasini esa quyida tomosha qilish imkoniyatiga egasiz.

TAS-IX


TAS-IX emas



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика