"Bunyodkor"ning OCHLdagi raqibi “Al-Fateh” mag'lubiyatga uchradi
19 jan 2014 01:09
Yangiliklar


"Bunyodkor"ning OCHLdagi raqibi “Al-Fateh” mag'lubiyatga uchradi
Osiyo CHempionlar ligasidagi raqibimiz – Saudiya Arabistonining “Al-Fateh” klubi chempionatning navbatdagi turida yutqazib qo'ydi.
18-tur doirasida “Al-Orubah” mehmoni bo'lgan al-ahsaliklar 2:1 hisobida mag'lubiyat alamini tortib ko'rishdi. Garchi “Al-Fateh” uchrashuvning 15-daqiqasida Salomo Fuakuputuning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olgan bo'lsa-da, Al-Javni (63) va Al-Anazining (83) bittadan goli “Al-Orubah”ga uch ochko keltirdi.
Ushbu tur yakuniga ko'ra “Al-Fateh” 21 ochko jamg'argan holda musobaqa jadvalining ettinchi pog'onasini egallab turibdi.
Ushbu tur yakuniga ko'ra “Al-Fateh” 21 ochko jamg'argan holda musobaqa jadvalining ettinchi pog'onasini egallab turibdi.

Fikrlar