"Bunyodkor"ning ikkinchi davradagi eng yaxshi futbolchisi faoliyatini Tailandda davom ettiradi
16 dek 13:51
Yangiliklar
"Bunyodkor"ning ikkinchi davradagi eng yaxshi futbolchisi faoliyatini Tailandda davom ettiradi
Mavsum tugagach jamoalarda keldi-ketdilar diqqat markazida bo'lishi tabiiy hol.
Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi ikkinchi davrada tarkibga kelib qo'shilgan xorvatiyalik Andriya Filipovich bilan xayrlashdi. Futbolchi faoliyatini Tailandning "Prachuap" jamoasida davom ettiradi. Bu haqidagi xabarni futbolchining o'zi tasdiiqladi.
"Ayni paytda Tailanddaman, "Prachuap" jamoasiga o'tdim. "Bunyodkor" va agentim o'zaro kelisha olishmadi deb o'ylayman. Menda qolish niyati bor edi. Demak, taklif qoniqarli bo'lmagan. Hayot davom etadi. Men eshiklarni hech qachon yopmayman. Imkoniyat tug'ilsa yana ko'rishamiz",- deydi Filipovich.
Malumot uchun, to'p tepar Superligada 13 ta o'yinda maydonga tushdi. Bu uchrashuvlarda u 5 ta gol va 4 ta assist qayd etdi.
Fikrlar