"Bunyodkor"ning ikkinchi davradagi eng yaxshi futbolchisi faoliyatini Tailandda davom ettiradi

Iskandarov Abdulaziz
16 dek 2024, 13:51
Mavsum tugagach jamoalarda keldi-ketdilar diqqat markazida bo'lishi tabiiy hol.

Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi ikkinchi davrada tarkibga kelib qo'shilgan xorvatiyalik Andriya Filipovich bilan xayrlashdi. Futbolchi faoliyatini Tailandning "Prachuap" jamoasida davom ettiradi. Bu haqidagi xabarni futbolchining o'zi tasdiiqladi. 

"Ayni paytda Tailanddaman, "Prachuap" jamoasiga o'tdim. "Bunyodkor" va agentim o'zaro kelisha olishmadi deb o'ylayman. Menda qolish niyati bor edi. Demak, taklif qoniqarli bo'lmagan. Hayot davom etadi. Men eshiklarni hech qachon yopmayman. Imkoniyat tug'ilsa yana ko'rishamiz",- deydi Filipovich. 

Ma'lumot uchun, to'p tepar Superligada 13 ta o'yinda maydonga tushdi. Bu uchrashuvlarda u 5 ta gol va 4 ta assist qayd etdi. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia