So’nggi yangiliklar

11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  0 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  41 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  10 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  5 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  14 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  3

“Bunyodkor”ning 5 nafar yosh iqtidorlari va 5 nafar murabbiylari “Dinamo” Zagreb klubiga yo'l olishdi Yangiliklar

“Bunyodkor”ning 5 nafar yosh iqtidorlari va 5 nafar murabbiylari “Dinamo” Zagreb klubiga yo'l olishdi

"Bunyodkor" va "Dinamo" Zagreb o'rtasidagi aloqalar yanada mustahkamlanmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5887-sonli Farmonida futboli taraqqiy etgan Xorvatiyadek yurtlar bilan o'zaro hamkorlik qilish bo'yicha topshiriqlar berilgan. Yosh futbolchilarni Xorvatiyadek mamlakatlarga ko'rikka, murabbiylarni esa stajirovkalarga yuborish masalalari zikr etilgan. 


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni ijrosini taminlash maqsadida “Bunyodkor”ning Xorvatiya futboli bilan yo'lga qo'yilgan hamkorligi doirasidagi ilk uchrashuvlardan birida “O'zbekneftgaz” akciyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi, “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti, O'zbekiston futbol associaciyasi Ijroiya qo'mitasi azosi Mehriddin Abdullaev quyidagi fikrlarni bildirgan edi: “Xorvatiyada futbol qay darajada ekanligini butun dunyo biladi. Qaysi mashhur klubni olib qaramang, tarkibida albatta xorvat futbolchisi bor. Xorvatiya, go'yo, mahorati judayam yuqori futbolchilar ishlab chiqaruvchi mashinaga o'xshaydi. SHuning uchun ham Xorvatiya futboli bilan hamkorlik qilish ayni muddaodir. Yaqin kelajakda tanlov asosida saralab olingan “Bunyodkor” akademiyasidagi eng iqtidorli yosh yigitlarni Xorvatiya futbol akademiyalariga yuboramiz. Aminmanki, ular u erda yanada toblanishadi.Bundan tashqari, “Bunyodkor” akademiyasidagi murabbiylarni ham tajriba almashish, malaka oshirish uchun Xorvatiyaga stajirovkaga yuborishni rejalashtirganmiz”. 


Mana, ushbu rejalarni hayotga tatbiq etish vaqti kelib, Zagrebning jahonga mashhur “Dinamo” futbol klubi bilan o'zaro memorandumga asosan, 2022 yilning 10-18 avgust kunlari oralig'ida “Bunyodkor” futbol akademiyasining 5 nafar iqtidorli yosh futbolchilari ko'rikka, 5 nafar murabbiylar esa amaliyot o'tashga Xorvatiyaga yuborilmoqda. Bemalol aytish mumkinki, bu voqealik o'zbek futbolida o'ziga xos va alohida o'ringa ega bo'lyapti.

“Qaldirg'ochlar” delegaciyasi Zagrebga Istanbul orqali 9 avgust kuni tunda uchib ketdi.

Adolatli konkurs asosida o'tkazilgan tanlov yakunlariga ko'ra, “Dinamo”da ko'rikdan o'tgani quyidagi istedodli futbolchilar tanlab olindi:

1. Ollabergan Karimov, 2006 yil, hujumkor yarim himoyachi.
2. Abdulhamid Ikromov, 2006 yil, hujumkor yarim himoyachi.
3. Zikrilloxon Muxtorov, 2006 yil, o'ng/chap qanot yarim himoyachisi.
4. SHohruhxon Qahhorov, 2006 yil, chap qanot himoyachisi.
5. Azizbek To'lqinbekov, 2007 yil, tayanch yarim himoyachisi.


Amaliyot o'tashga tanlab olingan murabbiylar tarkibi esa quyidagicha:
1. Jamoliddin Rahmatullaev, “Bunyodkor” U-19 jamoasining yangi bosh murabbiyi, O'zbekiston U-16o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi.
2. Ulug'bek Boqiev, akademiya 2006 yillar jamoasi murabbiyi.
3. Mirkamol Qosimov, “Bunyodkor-2” jamoasi yordamchi murabbiyi.
4. Aziz Hoshimov, akademiyaning jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi.
5. Aleksey Roshin, akademiya darvozabonlar bo'yicha murabbiylarining katta murabbiyi. 

Yana bir etiborga molik malumot sifatida shuni aytish mumkinki, “Bunyodkor” azolari 13 avgust kuni Xorvatiyadagi eng mashhur qarama-qarshilikning guvohi bo'lishadi. SHu kuni ular mamlakat chempionatining “Dinamo” Zagreb – “Xayduk” bahsini bevosita “Maksimir” stadionida kuzatishadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика