So’nggi yangiliklar

10:59Роналдуга кутилмаган жамоадан таклиф тушган. У клублар ўртасидаги ЖЧда иштирок этиши мумкин  0 10:32“Арсенал“ ёзда учта йирик трансферни амалга оширмоқчи  0 10:06Sofascore. Алиқулов неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 09:40Никола Лазаревич: "Рақибимизда мураббий алмашгач, ўйин услуби ўзгариб жамоа иккита ўйинда 12 та гол уришга эришди"  0 09:12“Локомотив“ “Олимпик“ни ишончли тарзда мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  1 08:46Sofascore. Шомуродов “Милан“га қарши неча баҳога лойиқ кўрилди?  10 08:20“Олимпико“ Клаудио Раньери билан чиройли хайрлашди  7 07:55Сергей Лушчан: "Бизга гол урилган вазиятда Азим Аҳмедовга нисбатан қоида бузилган эди. Саволларни ҳакамларга бериш керак, менга эмас"  1 07:27Суперлига. Бугун 10-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  6 06:30Суперлига. "Қизилқум" ва "Машъал" йирик ҳисобда мағлубиятга учради, "Навбаҳор" эса Тошкентда ғалаба қозонди  3 03:50ПСВ Нидерландия чемпиони бўлди  5 01:54А Серия. Чемпионлик учун курашаётган "Интер" ва "Наполи" сўнгги тур олдидан дуранг ўйнади, "Рома" ва "Ювентус"да ғалаба  34 01:06"Барселона" футболчиси клубдан кетишга яқин  6 00:20Ла Лига. "Атлетико"дан йирик ғалаба, "Реал" тўққиз киши бўлиб қолган "Севилья"ни мағлуб этди, "Барселона" эса ўз уйида "Вильярреал"га мағлуб бўлди  72 00:13Илёс Зейтуллаев: "Бугун футбол ўйнадикми?"  19

Bunyodkor Zabihillo O'rinboevni Portugaliyaga nega qo'yib yubormadi Yangiliklar

Bunyodkor Zabihillo O'rinboevni Portugaliyaga nega qo'yib yubormadi

Ommaviy axborot vositalaridan birida Bunyodkor Zabihillo O'rinboevni Portugaliyaga qo'yib yubormagani haqida berilgan maqola ko'pchilikning etiborini tortdi.

Ushbu masala yuzasidan vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida biz “Bunyodkor” futbol klubi bosh direktori Baxtiyor Boboevga murojaat qildik. Quyida klub rahbarining fikr-mulohazalari bilan tanishishingiz mumkin.

- So'nggi yillarda “Bunyodkor” futbol maktabida millionlar o'yini sir-asrorlarini o'rganayotgan yosh iqtidor egalariga bo'lgan qiziqish va talab tobora kuchayib borayotgani barchaga malum.

Jumladan, ikki oy avval Yangi Zelandiyada o'tgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida qatnashgan O'zbekiston terma jamoasi tarkibida klubimizning 9 nafar azosi bo'lgani mutaxassis va muxlislar etiborini tortdi. Ular orasida 20 yoshli hujumchi Zabihillo O'rinboev alohida ajralib turishi diqqatga sazovor. Boisi Zabihillo o'smirlar va yoshlar o'rtasida uchta jahon chempionatida qatnashgan yagona futbolchimiz ekanidagina emas. U so'nggi yillar mobaynida “Bunyodkor”ning asosiy tarkibida tez-tez maydonga tushishi orqali o'yin tajribasiga ega bo'ldi, mahorati sayqal topib bordi. O'tgan mavsumda “Lokomotiv” bilan derbi taqdirini hal qilgan to'pi, joriy mavsum avvalida Osiyo chempionlar ligasi uchrashuvidagi goli Zabihilloning salohiyatidan darak berib turibdi.

SHuning uchun bunday futbolchiga nafaqat mamlakatimiz, balki Evropada ham qiziqish paydo bo'lishi hech kimni ajablantirmadi. Bir necha kun muqaddam Portugaliya Oliy divizioni - Primeyra Liga azosi sanalmish “Pasush de Ferreyra” jamoasidan “Bunyodkor”ga yo'llangan maktubda Zabihillo O'rinboev ko'rikdan o'tishga taklif etildi. Ammo portugal klubi mutasaddilari yosh hujumchimiz ko'rik mobaynida o'zlariga maqul kelsa, tekinga olib qolishlari, keyinchalik Zabihillo boshqa klubga transfer qilingan taqdirda, o'sha mablag'ning 20 foizini “Bunyodkor”ga berishni ko'zda tutishganiga etibor qaratmoqchimiz.

Portugaliya chempionati yosh hujumchi yanada toblanishi uchun chindan-da maqul. Lekin hozircha hech kim Zabihilloga portugal klubi tarkibidan joy taklif qilmadi, “Benfika”, “Portu”, “Sporting” kabi nomdor jamoalarga qarshi maydonga tushishini kafolatlamadi. Boz ustiga, istedodli futbolchini suv tekinga olmoqchi bo'lishdi. “Bunyodkor” ko'p yillar mobaynida ushbu istedod sohibining kamol topishi uchun sarflagan mehnatga ko'z yumib qo'ya qolishdi. Balki bu erda futbolchining istiqboli haqida qayg'urayotgan agentning ham hissasi bordir? Axir u tekinga ishlamayotgani oydek ravshan-ku…

Zabihillo O'rinboev, Eldor SHomurodov kabi iqtidorlar o'yin amaliyotiga ega bo'lishlarini o'ylagan klub rahbarlari yosh hujumchi Timur Ayupovni “Buxoro”ga ijaraga berishga qaror qilishdi. Futbol jamoatchiligimizning xabari bor: SHomurodov so'nggi uchta uchrashuvda to'rtta gol urdi. O'rinboev maydonda o'ziga ishonch bildirilayotganini his qilgan holda tobora dadil harakat qilmoqda.

“Bunyodkor” klubi o'z tarkibidagi kuchli futbolchilarni hech qachon majburlab olib qolmagani barchaga yaxshi malum. Masalan, shu yil yozda Sardor Rashidov munosib transfer summasi evaziga Qatar yulduzlar ligasiga agentlarning emas, balki aynan jamoamiz mutasaddilarining say-harakatlari natijasida o'tdi. Qolgan yosh yulduzlarimiz ham arzirli taklif tushgan holda albatta yangi jamoaga omad tilagan holda kuzatib qo'yilishi shubhasiz. Nasib etsa, Zabihillo O'rinboev ham, boshqa yosh yulduzlarimiz ham kuchli klublarda o'z o'rnilarini topishadi degan umiddamiz.

Tayyorga ayyor agentlar yosh futbolchilarning qo'ynini puch yong'oqqa to'ldirishmasa, o'zbek futboli rivojiga hissa qo'shgan bo'lishardi. Klub tizimida ishlayotgan barcha xodimlarning maqsadi futbolimizni yangi va yuqoriroq saviyaga olib chiqish. Bu yo'ldan og'ishmay yosh istedodlarni kashf etishga bundan buyon ham harakat qilaveramiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика