“Bunyodkor” yoshlari “Qizilqum” imtihonidan o'tishdi
18 iyu 2014 10:49
Yangiliklar
“Bunyodkor” yoshlari “Qizilqum” imtihonidan o'tishdi
Yozgi mavsum oralig'ini poytaxtda o'tkazayotgan Navoiyning “Qizilqum” jamoasi nazorat uchrashuvi uchun “Bunyodkor” yoshlar jamoasini tanladi.
Oliy ligada 7-pog'onani egallab turgan klub va yoshlar ligasida 3-pog'onada borayotgan jamoa o'rtasida kechgan uchrashuv juda qiziq kechdi. Yosh “qaldirg'ochlar” shijoat evaziga o'yinda tashabbusga ega bo'ldilar. Ular 11-daqiqadayoq hisobni ochishlari ham mumkin edi. Xurshid G'iyosovning kuchli zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Lekin tajribali navoiyliklar imkon bo'lganda xavfli hujumlar uyushtirib turishdi. Hisobni ular 1-bo'lim tugashiga yaqin standart holatdan ochishdi. Burchakdan oshirilgan to'pga mehmonlar bir necha bor zarba berishdi va Asqar Muhiddinovning so'nggi zarbasidan so'ng to'p darvoza to'ridan joy oldi.
2-bo'limda kurash ancha keskin tus oldi va har ikkala jamoadan bittadan o'yinchi maydondan chetlatildi. Lekin o'yin o'rtoqlik maqomida bo'lgani uchun, chetlatilganlar o'rnini boshqa jamoadoshlari to'ldirishdi. SHuningdek, 2-bo'limda murabbiylar ko'plab o'yinchilarni almashtirishdi. 70-daqiqada Alisher Xoliqovning kuchli zarbasidan so'ng hisob 0:2 ga etdi. Yoshlarimiz qancha intilishmasin, tajribali jamoa darvoasi tomon yo'l topa olishmadi.
O'rtoqlik uchrashuvi
“Bunyodkor” – “Qizilqum” (Navoiy) 0:2 (0:1)
“Bunyodkor”: Murod Zuhurov, Hasan Asqarov, Zokir Nurmatov, Kamronbek Kapadze, Ergash Ismoilov, Aziz Mamazoitov, Mirjamol Qosimov, Ahror Umarjonov,Xurshid G'iyosov, Sardor Azimov, Sanjar Rihsiboev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Eldor Adhamov, Sanjar Qodirqulov, Nodirjon Otajonov, Jahongir Xo'jamov, SHahriyor Imomxo'jaev.
17 iyul. Toshkent. “Bunyodkor” futbol maktabi maydoni.

Fikrlar