So’nggi yangiliklar

17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  0 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  2 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  5 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  1 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   5 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  10 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  31 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  3 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0

“Bunyodkor” yoshlari bu safar “Lokomotiv”ni yirik hisobda engdi (foto+video) Yangiliklar

“Bunyodkor” yoshlari bu safar “Lokomotiv”ni yirik hisobda engdi (foto+video)

Bugun “Bunyodkor” va “Lokomotiv” yoshlari nazorat uchrashuvida kuch sinashishdi.
Mavsumga puxta hozirlik ko'rayotgan Aleksandr Mochinov va uning shogirdlari bungacha o'tkazilgan nazorat uchrashuvlarida ketma-ket yirik hisobdagi g'alabalarga erishayotgan edi. Avvaliga “Olmaliq” yoshlari 6:0 hisobida tor-mor etilgan bo'lsa, keyinchalik Qozog'istonning BIIK jamoasi darvozasiga javobsiz 7ta gol urildi. Bugun esa “Bunyodkor” futbol maktabi stadionida yosh “qaldirg'ochlar” Ahmadjon Musaev boshqaruvidagi “Lokomotiv” yoshlarini 5:0 hisobida engdilar.

Uchrashuvdagi vaziyatlarga sharh yozib, alohida to'xtalib o'tishimizning xojati bo'lmasa kerak. Boisi o'yinda qayd etilgan hisobni o'ziyoq umumiy tasavvurga ega bo'lish uchun etarli, deb hisoblaymiz.

Eslatib o'tamiz, yosh bunyodkorchilar bungacha o'tkazilgan nazorat uchrashuvlarida "Olmaliq" yoshlari darvozasiga javobsiz 6ta, Qozog'istonning BIIK jamoasiga esa 7ta to'p kiritishgan edi.

“BUNYODKOR” (yoshlar) – “LOKOMOTIV” (yoshlar) 5:0 (4:0)
Gollar:
Sanjar Rixsiboev 2ta, Dostonbek Hamdamov 2ta, Temur Ayupov
“Bunyodkor”: Zafar Safoev, Azizbek Mamazoitov, Saidjon Topilov, Kamronbey Kapadze, Rustam Ashurmatov, Dostonbek Hamdamov, Sanjar Rixsiboev, Xurshid G'iyosov, Ahror Umarjonov, SHoxrux Islomov, Temur Ayupov
Zaxiradan maydonga tushganlar: Amir Ergashev, Islom Qobilov, Bosit Rixsiboev, Baxtiyor Sodiq-Oxunov, Tursun Raximberdiev
Bosh hakam: Olim To'ychiboev (Toshkent)
11 yanvar. "Bunyodkor" futbol maktabi maydoni

“Bunyodkor” – “Lokomotiv” yoshlari uchrashuvi suratlari bilan ushbu HAVOLAni bosgan holda tanishishingiz mumkin. Bahsning videosharhini esa quyidagi link orqali ko'rish mumkin.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика