“Bunyodkor” yangi futbolchilar taqdimotini o'tkazadi
18 fev 2014 19:15
Yangiliklar

“Bunyodkor” yangi futbolchilar taqdimotini o'tkazadi
20 fevral (payshanba) kuni “Bunyodkor” FK jurnalistlar uchun 2014 yildagi o'zining ilk tadbirini tashkil etmoqda.
Ushbu marosimda jamoa tarkibiga bu yil kelib qo'shilgan yangi futbolchilarning jamoatchilikka “Bunyodkor” azolari sifatida tanishtiruvi o'tkaziladi. Futbolchilar taqdimoti tugagach hamda ular “Bunyodkor”da to'p suradigan o'z raqamlariga ega bo'lishganidan so'ng, jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va klub rahbarlari 2014 yilgi futbol mavsumi boshlanayotganligi munosabati bilan uyushtiriladigan matbuot anjumanida qatnashadi.
SHundan so'ng, OAV xodimlari uchun ochiq mashg'ulot bo'lib o'tadi.
Mazkur marosim 20 fevral (pashanba) kuni “Bunyodkor” stadioni anjumanlar zalida tashkil etiladi. Boshlanish vaqti – soat 14:00da.
Barcha ommaviy axborot vositalari vakillarini yuqoridagi tadbirga taklif etamiz!

Fikrlar