So’nggi yangiliklar

04:34"Манчестер Сити" — "Ал Ҳилол". Таркиблар маълум  9 02:00КЖЧ. "Интер" Бразилия жамоасига мағлуб бўлди ва турнирни тарк этди  16 01:11Миржалол Қосимов: "Тўрт ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз. Футболчиларга ортиқча босим қилиб юбордим, деган хаёл келди"  6 01:00Суперлига. Плетнёвнинг заргарона узатмасидан сўнг урилган гол "Сурхон"га ОКМК устидан ғалаба тақдим этди  1 00:56Февзи Давлетов: "Бизга бу ғалаба жуда керак эди"  3 00:25РПЛ-2025/26да фақат сардорларга ҳакамлар билан мулоқот қилишга рухсат берилиши мумкин. Бошқалар жазоланади  0 23:23"Астон Вилла" Рэшфорд, Асенсио ва Дисасиларнинг кетганини эълон қилди  1 22:54"Ювентус" тезроқ Влаховичдан қутилмоқчи, Душан эса йиллик маоши 20 млн. евро бўлган таклифни рад этди  1 22:15МЮ нархи 60 млн. фунт бўлган ҳужумчини сотиб олиши мумкин  1 22:00Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Сурхон"га енгилди  67 20:33"Реал" сардори жароҳатидан қутилди ва майдонга қайтишга тайёр  2 19:50"Реал" трансфер мақсадларининг биридан воз кечди  3 19:21"Ювентус" юлдуз ҳужумчиси учун бор-йўғи 20 млн сўрамоқда  5 18:44"Реал" Клублар ўртасидаги ЖЧдан кейин яна бир ҳимоячи билан шартнома имзолайди  5 18:18Лопетегининг сўровига биноан Ал Хайдос Қатар терма жамоасига чақирилди  8

“Bunyodkor” va Rashidov bir-biriga qarshi Yangiliklar

“Bunyodkor” va Rashidov bir-biriga qarshi

Faoliyatida “Bunyodkor” katta o'rin tutadigan Sardor Rashidov bugun sobiq jamoasiga qarshi Qatarning “Al Jaish” klubi safida maydonga tushadi.

Qizig'i, Sardor “qaldirg'ochlar” safida OCHL saralash uchrashuvida aynan “Jaish” darvozasini ishg'ol qilgandi. Bugun esa u qarama-qarshi yo'nalishda maydonga tushadi.

“AL JAISH” SPORT KLUBI
Tashkil etilgan yili:
2007
Stadioni: Abdulloh bin Xalifa, Doxa, 12 ming muxlisga mo'ljallangan
Rahbari: Hamad Ali Attiya
Bosh murabbiyi: Sabri Lyamushi (Franciya)
Erishgan yutuqlari: Qatar “Yulduzlar Kubogi” g'olibi (2012/13), Qatar Kubogi sohibi (2014, 2016).


2007 yil tashkil etilgan jamoa 2011 yil yuqori ligaga yo'llanma olgan. Debyut mavsumida ikkinchi, keyin esa uchinchi o'rinni egalladi. O'tgan mavsumda Rashidov jamoasi chempionatda kumush medallarga ega chiqdi. Joriy mavsum boshida ijobiy natijalar qo'lga kiritildi, ammo keyin natijalar salbiy tus oldi. Hozir Sabri Lyamushi shogirdlari peshqadamdan katta farq bilan ortda qolib ketishdi, ammo sovrinli o'rinlar uchun kurashni davom ettirishmoqda.

Jamoani franciyalik mashhur mutaxassis Sabri Lyamushi boshqarmoqda. U faoliyatida “Oser”, “Monako”, “Parma”, “Inter” va “Marsel” kabi klublar sharafini himoya qilgan. Ikki yildan ortiqroq Qatarda o'ynagan. 2014 yildan buyon “Al Jaish”ga ustozlik qilib kelyapti. Lyamushi Franciya terma jamoasida ham to'p tepgan va Kotd Ivuar termasi bilan 2014 yil Braziliyadagi mundialda bosh murabbiy sifatida qatnashgan. O'tgan mavsum CHempionlar ligasida jamoaning yarim finalga etib kelishida uning xizmati katta bo'ldi.

Sabri LYAMUSHI
Tug'ilgan sanasi
: 09.11.1971
Tug'ilgan joyi: Lion, Franciya
Futbolchilikdagi poziciyasi: yarim himoyachi
O'ynagan jamoalari: 1990–1994 “Ales” 106 (26), 1994–1998 “Oser” 129 (19), 1998–2000 “Monako” 56 (4), 2000–2003 “Parma” 90 (7), 2003–2005   “Inter” 16 (0), 2004–2005 “Jenoa” 20 (1), 2005–2006 “Marsel” 36 (5), 2006–2007 “Rayyan” 7 (6), 2007–2008 “Umm Salal” 10 (1), 2009 “Al Xaritiyat”.
Franciya terma jamoasida 1996–2001 yillarda 12 uchrashuvda 1 gol urgan.
Boshqargan jamoalari: 2012–2014 Kotd Ivuar, 2014 yildan “Al Jaish”da.
Sovrinlari: Franciya chempioni (1995/96, 1999/2000), Franciya Kubogi sohibi (1995/96), Italiya Kubogi sohibi (2001/02), Qatar Valiahd SHahzoda Kubogi g'olibi (2016).


Ushbu klub safida milliy terma jamoamiz azosi Sardor Rashidov to'p tepishini muxlislarimiz yaxshi bilishadi. “Jaish” legionerlar limitidan to'liq foydalangan. Himoyachi Lukas Mendes Braziliyadan bo'lib, “Koritiba” va “Marsel” jamoalarida faoliyat olib borgan. Malilik Seydu Keyta jamoadagi eng nomdor futbolchi. U “Marsel”, “Sevilya”, “Barselona”, “Valensiya” va “Roma”da ko'plab uchrashuvlarda maydonga tushgan. ECHL va xalqaro musobaqalarda zafar quchgan. Mali terma jamoasi bilan ikki marta Afrika Millatlar Kubogida sovrindorlar qatoridan joy olgan. Etakchi hujumchi bo'lib turgan braziliyalik Romarino esa “Korintians” sharafini himoya qilgan. U “Korintians” safida Libertadores Kubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyat qozongan. Aynan shu hujumchi jamoaning asosiy ijodkorlik ishlari bilan mashg'ul bo'ladi. Tarkibda yana Qatarda ko'zga ko'ringan 3-4 nafar mahalliy futbolchilar bor. 8 nafar futbolchi aslida boshqa mamlakatda tavallud topgan, ammo Qatar fuqarolari sanaladi.

To'purarlarga to'xtalsak, Romarino 12, Rashidov 10 gol bilan Qatar chempionatida jamoaning asosiy gol uruvchilari bo'lib turishibdi. Lukas Mendes va Seydu Keyta hisobida 3tadan gol mavjud.


Darvozabonlar
1. Fahad Yunus
16. Xalifa Abubakar
22. Saud Al Xatir

Himoyachilar   
2. Murod Naji
4. Lukas Mendes (Braziliya)
8. Yusuf Mufta
15. Dame Traore
19. Abdurahmon Abakar
21. Ali Sanad
67. Jasim Hoshimi

Yarim himoyachilar    
5. Muhammad Jabri
6. Yosir Abubakar
7. Xolid Abdulrauf
10. Sardor Rashidov (O'zbekiston)
13. Saloh Yahri
14. Muhammad Meznani
18. Muhammad Yozidi
23. Majdi Siddiq
24. Seydu Keyta (Mali)
27. Ahmad Muin
29. Fahad Abdulla
33. Sayaf Korbi
77. Salmin Atiq

Hujumchilar
31. Romarino (Braziliya)
55. Abdulqodir Ilyos


Behzod NAZAROV tayyorladi.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика