"Bunyodkor" va "Olmaliq" ikkita nazorat uchrashuvini o'tkazishdi
08 jan 2014 13:35
Yangiliklar

"Bunyodkor" va "Olmaliq" ikkita nazorat uchrashuvini o'tkazishdi
Toshkentdagi "Bunyodkor" stadioni yonidagi suniy maydonda mamlakat chempioni va kubogi sohibi "Bunyodkor" klubi "Olmaliq" klubi bilan bellashdi.
Bugun “Bunyodkor” futbol maktabi suniy maydonida jamoamiz o'zining yangi mavsumdagi ilk uchrashuvini o'tkazdi.
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi “Bunyodkor” azolari Olmaliqning “Olmaliq” klubi bilan kuch sinashishdi. Har ikkala jamoa murabbiylarining kelishuviga ko'ra jamoalar 30 daqiqadan to'rtta bo'lim, boshqacha qilib aytganda ketma-ket ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishdi.
Dastlabki uchrashuvda tashabbus maydon egalari tomonida bo'ldi. Mirjalol Qosimov shogirdlari to'pni ko'proq o'zlarida ushlab turishgan holda ko'proq qanotlardan hujumlar tashkil etishga intilishdi. Oldingi chiziqdagi bo'ydor Pishur-SHodiiv tandemi tomon paslar oshirilib, ularning ikkinchi qavatdagi harakatlari sinovdan o'tkazildi. Lekin hujumchilarimizning erkin harakat qilishiga “Olmaliq”ning tajribali markaziy himoyachilari – Timur Kagirov va SHavkat Mullajonov yo'l qo'yishmadi. Birinchi bo'lim o'rtalaridan boshlab, “qaldirg'ochlar” o'yin sxemasida o'zgarishlar ro'y berdi. Voxid SHodiev sal orqaroqqa o'tib, Mansur Saidovga ko'maklashdi. Maydon markazidagi ustunlik qo'lga kiritilgach esa “Bunyodkor” to'pni yanada ko'proq nazorat qildi. Futboldagi “sen urmasang, senga urishadi” iborasi uchrashuvning 43-daqiqasida yana bir bor o'z isbotini topdi. CHap qanotdan oshirilgan to'pni qaytarish chog'ida Rustam Azamov qo'lini ishlatdi va darvozamizga penalti belgilanishiga sababchi bo'ldi. 11 metrlik nuqtaga yaqinlashgan Dilyaver Abibullaev zarbani aniq amalga oshirib, hisobni ochdi – 0:1. O'tkazib yuborilgan goldan so'ng “qaldirg'ochlar” yanada hujumkorroq o'yin ko'rsata boshlashdi. Oleksandr Pishur, Javlon Ibroximov va Mansur Saidov singari futbolchilarda qulay vaziyatlar yuzaga keldi. Biroq yakuniy zarbalar berishda aniqlik etishmadi. Darvoqe, uchrashuvda “Bunyodkor” jamoasida ko'rikdan o'tayotgan ukrainalik himoyachi Rizvan Ablitarov ham harakat qildi. Qolgan daqiqalarda hisobda boshqa o'zgarish bo'lgani yo'q va ilk uchrashuvda “Olmaliq” jamoasi 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
“BUNYODKOR” – “OLMALIQ” 0:1
Gol: Dilyaver Abibullaev 43 penalti
“Bunyodkor”: Pavel Bugalo (Murodjon Zuhurov 31), Xayrulla Karimov, Rizvan Ablitarov, Rustam Azamov, Akmal SHorahmedov, Javlon Ibrohimov, Mansur Saidov, Alibobo Rahmatullaev, Alisher SHog'ulomov, Vohid SHodiev, Oleksandr Pishur
“Olmaliq”: Umid Xonimqulov, Sarvar Jo'raev, SHavkal Mullajonov, Temur Kagirov, Toshpo'latov, Iqbol Akramov, Doston Abduraxmonov, Dilyaver Abibullaev, Sanjar SHoahmedov, Zoxir Pirimov, Zafar Polvonov
Zaxira: Suxrob Berdiev, SHerzod Xakimov, Marat Qudratov
Ikkinchi uchrashuvda ham “Bunyodkor” azolari hujumga ko'proq etibor qaratishdi. Bir qarashda oldinga chiziqda birgina Anvar Berdiev harakat qilayotgandek edi. Biroq qanot yarim himoyachilari Bahodir Pardaev va Orifjon Mamajonov kerak paytda hujumchilarga aylanishib, oldingi chiziqdagi samaradorlikni oshirib turishdi. Uchrashuvning 10-daqiqasi o'tib borayotgan paytda Orifjon Mamajonov o'ng qanotdan jarima maydonchasiga kirar-kirmas darvozaga juda kuchli zarba yo'lladi. To'pni Nikita SHkvirin to'sib qolishga harchand urinmasin, uni qaytara olmadi – 1:0. Ikkinchi bo'limda esa Mirjamol Qosimov ham juda chiroyli gol muallifiga aylandi. Uning jarima maydonchasi tashqarisidan o'ng oyoqda yo'llagan kuchli zarbasi to'ppa-to'g'ri darvoza to'qqizligidan joy oldi – 2:0. O'yin oxirlarida esa Aleksandr Lupashko qanotdan oshirilgan pasni boshi bilan Abdukarim Muhammedov qo'riqlagan darvozaga aniq yo'llab, hisobni qisqartirdi – 2:1. SHundan so'ng darvozalarni boshqa ishg'ol qilish hech bir futbolchiga nasib etmadi.
“BUNYODKOR” – “OLMALIQ” 2:1
Gol: Orifjon Mamajonov 10 (1:0), Mirjamol Qosimov 39 (2:0), Aleksandr Lupashko 56 (2:1)
“Bunyodkor”: Akbar To'raev (Abdukarim Muhammedov 31), Boburjon Akbarov, SHukurali Po'latov, Hasan Asqarov, Jahongir Jiyamurodov, Mirjamol Qosimov, Orif Mamajonov, Axror Umarjonov (Temur Ayupov 31), Zabihillo O'rinboev, Bahodir Pardaev, Anvar Berdiev
“Olmaliq”: Nikita SHkvirin, Azamat Isroilov, Ulug'bek Xudoyberdiev, Doniyor Usmonov, Mamur Abdullaev, Isroil Ergashev, Zafar To'raev, Baxrom Yo'ldoshev, Davron Mirzaev, Suxrob Berdiev, SHarif Mirzaev
Zaxiradan tushganlar: Qahramon Maxamaddjonov, Aleksandr Lupashko, Qadamboy Nurmetov, Diyor Usmonxo'jaev
SHu tariqa, “Bunyodkor” va “Olmaliq” jamoalari har ikkala tomon uchun foydali bo'lgan o'rtoqlik uchrashuvini bittadan g'alaba bilan yakunladilar.

Fikrlar