So’nggi yangiliklar

19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  0 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  6 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  2 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  4 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  4 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  4 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  103

"Bunyodkor" va "Lokomotiv" O'zbekiston kubogida qanday ishtirok etishgan? Yangiliklar

"Bunyodkor" va "Lokomotiv" O'zbekiston kubogida qanday ishtirok etishgan?

“Lokomotiv” bugun birinchi bor, “Bunyodkor” esa ettinchi bor O'zbekiston kubogi finalida maydonga tushadi.
“Lokomotiv” klubi kubokda faqat so'nggi yillarda yuqori natijalarga erishdi. "Temiryo'lchilar" dastlabki yillarda asosan dastlabki bosqichlardan musobaqani tark etishgan. 2010 yil klub o'z tarixida ilk bor yarim finalga chiqdi. O'sha yil "Loko" ikki o'yin natijasiga ko'ra "SHo'rtan"ga yutqazib qo'yib finalga chiqa olmagandi. O'tgan yil ham "temiryo'lchilar" yarim finalga chiqishgandi. Ammo bu safar "Bunyodkor"ga imkoniyat boy berilgan va ikkinchi bor yarim finaldan o'ta olishmagan.


Lokomotiv (Toshkent)

Yil

Natija

2013

Yarim final

2012

1/4 final

2011

1/8 final

2010

Yarim final

2009

1/16 final

2008

1/16 final

2007

1/16 final

2006

1/8 final

2005

1/4 final

2004

1/4 final

2003

1/32 final




“Bunyodkor” klubi O'zbekiston milliy chempionatidan tashqari kubogida ham anchayin muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etib kelmoqda. Klub faqat dastlabki mavsumda 1/16 finalda kurashdan chiqqan. SHundan so'ng bo'lib o'tgan 4 mavsum davomida “Bunyodkor” ketma-ket ravishda finallarda ishtirok etgan. Ikki marta O'zbekiston kubogida zafar quchish (“Paxtakor” va “SHo'rtan”ni engib) nasib etgan bo'lsa, qolgan ikkita finalda “Paxtakor”ga imkoniyat boy berilgan. 2011 yilgi mavsumda esa ushbu anana barham topdi. “Nasaf” yarim finalda “Bunyodkor” yo'liga to'g'anoq bo'la olgandi. 2012 yil esa “qaldirg'ochlar” “ajdarlar”dan bir yil oldingi yarim finaldagi mag'lubiyat alamini olishdi – 3:0. O'tgan yil ham finalda "Bunyodkor" aynan "Nasaf" bilan o'ynagan va 2:1 hisobida zafar quchgandi.

Bunyodkor (Toshkent)

Yil

Natija

2013

CHempion

2012

CHempion

2011

Yarim final

2010

CHempion

2009

Finalchi

2008

CHempion

2007

Finalchi

2006

1/16 final


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика