So’nggi yangiliklar

01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  1 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  5 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  1 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  12 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  13 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  15 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25

"Bunyodkor" va "Lokomotiv" finalga qanday chiqishdi? Yangiliklar

"Bunyodkor" va "Lokomotiv" finalga qanday chiqishdi?

4 dekabr kuni Toshkentning ikki klubi "Bunyodkor" hamda "Lokomotiv" bu yilgi kubok uchun hal qiluvchi bahsda maydonga tushishadi.

Biz mana shu ikki klubning finalga qadar bosib o'tgan yo'liga batafsil to'xtalishga qaror qildik.

"Bunyodkor" bu yilgi kubok bahslariga 1/8 finaldan qo'shildi. Ushbu bosqichda "qaldirg'ochlar"ga G'uzorning "SHo'rtan" klubi to'qnash keldi. Aytish mumkinki Toshkent jamoasi bu to'siqdan u qadar qiynalmay o'tishdi. Dastlabki bahs G'uzorda o'tgan va unda "Bunyodkor" Hamdamov va Ikromovning ikkinchi bo'lim oxirida urgan gollari evaziga g'alabaga erishgandi.


Toshkentdagi javob uchrashuvida esa "qaldirg'ochlar" yirik hisobda zafar quchib ikki o'yin natijasiga ko'ra 5:0 hisobida g'alaba qozongandi.

CHorak finalda "Bunyodkor" Farg'onaning "Neftchi" klubiga qarshi o'yinlar o'tkazdi. Bu o'yinlar Qosimov - Abramov to'qnashuvi bo'lgani bilan ham yodda qoldi. Ilk uchrashuv vodiyda o'tkazildi. Mirjamol Qosimovning 89-daqiqada urgan goli mehmonlarga g'alaba taqdim etgandi. Javob uchrashuvida "Bunyodkor" birinchi bo'lib gol o'tkazganiga qaramay yakunda 3:1 hisobida irodali g'alabaga erishib yarim finalga yo'l olgandi.

Dostonbek Hamdamov nimchorak va chorak finaldagi to'rtta o'yinda ham raqib darvozasiga gol urgani etiborga molik.

Yarim finalda "qaldirg'ochlar" oldingi bosqichlardan farqli ravishda dastlabki bahsni o'z maydonlarida o'tkazishdi. Toshkentda "Dinamo" mehmon bo'ldi. Bu 31 iyul sanasida o'tgan bahsda hisob ochilmagandi. O'tgan haftada Samarqandda tashkil etilgan javob uchrashuvida Otabek SHukurov hamda Mirjamol Qosimovning urgan gollari evaziga "Bunyodkor" o'z tarixida 9-marta O'zbekiston kubogi finaliga chiqdi.


Bu yilgi O'zbekiston kubogi doirasidagi 6ta o'yinning barchasida maydonga tushgan darvozabon Murodjon Zuhurov o'z darvozasidan atiga ikkita gol (ikkisi ham penaltidan) o'tkazganini qo'shimcha qilish lozim.

Mamlakat kubogida "Bunyodkor" murabbiylari 20 nafar futbolchi xizmatidan foydalanishdi. Ulardan 9 nafari barcha, olti uchrashuvda maydonga tushdi.

"Bunyodkor" o'z tarixida to'qqizinchi marta kubok finalida o'ynaydi. Bunga qadar hal qiluvchi bahslarda jamoa 4 bor g'olib bo'lgan va 4 marta imkoniyatni boy bergan.

"BUNYODKOR"NING FINALGACHA BOSIB O'TGAN YO'LI


O'zbekiston kubogi
1/8 final
Dastlabki uchrashuv
"SHo'rtan" - "Bunyodkor" 0:2
Gollar: 
Dostonbek Hamdamov 72, Farrux Ikromov 85

Javob uchrashuvi
"Bunyodkor" - "SHo'rtan" 3:0
Gollar: 
Nurillo To'xtasinov 33, Dostonbek Hamdamov 50 penalti, SHaxzodbek Nurmatov 76

1/4 final
Dastlabki uchrashuv
"Neftchi" - "Bunyodkor" 1:2
Gollar: 
Muzaffar Muzaffarov 70 penalti - Dostonbek Hamdamov 43, Mirjamol Qosimov 89

Javob uchrashuvi
"Bunyodkor" - "Neftchi" 3:1
Gollar: 
Vadim CHemirtan 45+1, Dostonbek Hamdamov 58, Otabek SHukurov 68 - Muzaffar Muzaffarov 37 penalti

1/2 final
Dastlabki uchrashuv
"Bunyodkor" - "Dinamo" 0:0


Javob uchrashuvi
"Dinamo" - "Bunyodkor" 0:2
Gollar:
Otabek SHukurov 19, Mirjamol Qosimov 45




Amaldagi kubok sohibi bo'lgan "Lokomotiv" ham xuddi "Bunyodkor" singari musobaqaga 1/8 finaldan qo'shildi. Bu bosqichda "temiro'ylchilar"ga Navoiyning "Qizilqum" klubi qarshilik qildi. To'g'rirog'i qarshilik qila olmadi. Toshkentda o'tgan dastlabki uchrashuvning birinchi bo'limidan keyin barchasi malum edi. "Loko" dastlabki bo'limda 4ta, o'yinda esa 5ta javobsiz to'p kiritib g'alabaga erishdi. Navoiyda esa yarim kuch bilan 1:1 hisobida durang o'ynab qaytdi.

CHorak finalda esa "Loko" "Buxoro"ga qarshi o'yinlarda juda qiynaldi. Ilk uchrashuv Buxoroda o'tdi va unda hisob ochilmadi. Ko'pchilik Toshkentda mezbonlar osongina yutishadi deb taxmin qilgandi. Biroq unday bo'lmadi. TTZdagi stadiondagi o'yinning asosiy vaqtida hech bir tomon gol ura olmadi. Faqat qo'shimcha bo'limlada "temiryo'lchilar" hisobni ochishdi va keyin taqdirga tan bergan raqib darvozasiga ikkita gol urib ketishgandi - 3:0.  


Yarim finalda "Lokomotiv"ga o'tgan yilgi finalchi Qarshining "Nasaf" klubi raqiblik qildi. Ilk uchrashuv poytaxtda o'tdi. Bahsning 87-daqiqasida Marat Bikmaev hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirganida ko'pchilik "temiryo'lchilar" finalga osonlik bilan chiqishlarini o'ylay boshladi. Biroq o'sha uchrashuvning hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarida Dragan CHeran tomonidan urilan gol barchasi o'zgartirib yubordi. CHunki endi Qarshida "Nasaf" javobsiz ikkita gol ursa finalga chiqardi. Javob uchrashuvida ham CHeran gol urishga erishdi. Biroq bu gol "ajdarlar"ga finalga chiqish uchun etarli bo'lmadi va "Lokomotiv" ketma-ket ikkinchi marta, o'z tarixida esauchinchi bor O'zbekiston kubogi finaliga chiqishga muvaffaq bo'ldi.

Takidlash lozimki, "temiryo'lchilar" O'zbekiston kubogi finaliga chiqishsa doim kubokni qo'lga kiritishgan. Yani shu paytgacha jamoa finalda yutqazmagan.

"LOKOMOTIV"NING FINALGA QADAR BOSIB O'TGAN YO'LI


1/8 final
Dastlabki uchrashuv
"Lokomotiv" - "Qizilqum" 5:0
Gollar:
Marat Bikmaev 7, Jaloliddin Masharipov 19, 44, Diyor Turopov 39, 74.

Javob uchrashuvi
"Qizilqum" - "Lokomotiv" 1:1
Gollar: 
Erkin Boydullaev 88 - Murod Bobojonov 59

1/4 final
Dastlabki uchrashuv
"Buxoro" - "Lokomotiv" 0:0


Javob uchrashuvi
"Lokomotiv" - "Buxoro" 3:0
Gollar:
Sadriddin Abdullaev 98, Azizbek Omonov, Sardor Mirzaev 119

1/2 final
Dastlabki uchrashuv
"Lokomotiv" - "Nasaf" 3:1
Gollar: 
Marat Bikmaev 16, 87, Murod Bobojonov 46 - Dragan CHeran 90+2

Javob uchrashuvi
"Nasaf" - "Lokomotiv" 1:0
Gol
: Dragan CHeran 74


"Bunyodkor"ning oldingi finallari:
2007 yil

"Bunyodkor" - "Paxtakor" 0:0 (penaltilar seriyasi 6:7)

2008 yil
"Bunyodkor" - "Paxtakor" 3:1

2009 yil
"Bunyodkor" - "Paxtakor" 0:1

2010 yil
"Bunyodkor" - "SHo'rtan" 1:0

2012 yil
"Bunyodkor" - "Nasaf" 3:0

2013 yil
"Bunyodkor" - "Nasaf" 2:1

2014 yil
"Bunyodkor" - "Lokomotiv" 0:1

2015 yil
"Bunyodkor" - "Nasaf" 1:2


"Lokomotiv"ning oldingi finallari:
2014 yil

"Lokomotiv" - "Bunyodkor" 1:0

2016 yil
"Lokomotiv" - "Nasaf" 1:0


O'zbekiston kubogi-2017. Kim nechta o'yin o'tkazdi?


"Bunyodkor"
Darvozabon

Murodjon Zuhurov 6 o'yin  -2 gol

Himoyachilar

Akrom Komilov 6 o'yin
Dilshod Ahmadaliev 6 o'yin
Rustam Ashurmatov 4 o'yin
Anvar G'ofurov 2 o'yin
Islom Qobilov 2 o'yin

Yarim himoyachilar
Dostonbek Hamdamov 6 o'yin, 4 gol
Mirjamol Qosimov 6 o'yin, 2 gol
Otabek SHukurov 6 o'yin, 2 gol
Farrux Ikromov   6 o'yin, 1 gol
Javlon Ibrohimov 6 o'yin
Davron Umirov  4 o'yin
Nurillo To'xtasinov 2 o'yin, 1 gol
SHoxrux Gadoev 2 o'yin
Sardor Azimov 1 o'yin

Hujumchilar
SHaxzodbek Nurmatov 6 o'yin, 1 gol
Vadim CHemirtan  4 o'yin, 1 gol
Eldor SHomurodov 3 o'yin
SHoxruz Norxonov 2 o'yin
Vohid SHodiev   2 o'yin


"Lokomotiv"

Darvozabonlar

Ignatiy Nesterov  5 o'yin, -2 gol
Mamur Ikromov 1 o'yin, -1 gol

Himoyachilar
SHuhrat Muhammadiev 5 o'yin
SHerzod Fayziev 5 o'yin
Muhammad Kone 5 o'yin
Islom To'xtaxo'jaev 3 o'yin
Salim Mustafoev 2 o'yin

Yarim himoyachilar
Sadriddin Abdullaev 6 o'yin, 1 gol
Sardor Mirzaev 6 o'yin, 1 gol
Kaxi Maxaradze 6 o'yin
Oleg Zoteev  6 o'yin
Jaloliddin Masharipov 5 o'yin, 2 gol
Timur Kapadze 5 o'yin
Ikrom Aliboev 4 o'yin
Diyor Turopov     2 o'yin, 2 gol
Quvondiq Ro'ziev  2 o'yin
Salamat Qutiboev 2 o'yin

Hujumchilar
Marat Bikmaev  5 o'yin, 3 gol
Murod Bobojonov 5 o'yin, 2 gol
Azizbek Omonov 3 o'yin, 1 gol


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика