So’nggi yangiliklar

12:56Милан Митрович: “Футбол ҳаётга ўхшайди — ҳамма нарса режадагидек кетавермайди”  0 12:50Симоне Инзаги: "Пеп Гвардиола - энг зўри"  0 12:22Исломбек Исмоилов: "Нефтчи"га вилоят ҳокимининг таклифи билан келдим"  3 12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  1 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  0 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  4 10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  10 10:20“Рома“ ҳужумчисига Россиядан таклиф бор  0 09:51“Ньюкасл“ Жанубий Корея терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузмоқчи  0 09:22“Бавария“га “Ливерпул“нинг икки нафар футболчиси керак  1 08:52Пролига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  1 08:24Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  9 07:54“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор  9 07:25Жоэль Кожо фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  9 01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  2

"Bunyodkor" ustozi: "Umid Sultonov bizning "sehrli qurolimiz" Yangiliklar

"Bunyodkor" ustozi: "Umid Sultonov bizning "sehrli qurolimiz"

OKMK hamda "Bunyodkor" o'rtasidagi Superliganing 2-tur o'yinidan (2:3) so'ng, "qaldirg'ochlar" ustozi Murod Otajonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Murod Otajonov: O'yin muxlislarga yoqdi deb o'ylayman. Yigitlarga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bahs og'ir o'tdi, sxemalarimizni o'zgartirishga majbur bo'ldik, lekin maqsadga erishdik. Yigitlar, oshpaz, haydovchi, hamma-hammaga rahmat. Avtobusimiz haydovchisi birorta svetoforda qizilga tushmadi va to'xtamay maydonga olib keldi. SHunaqa irim bor.

OKMK CHempionlar ligasida o'ynaydi, tarkibda terma jamoada o'ynaydigan futbolchilar bor, murabbiy katta tajribaga ega. Bahs yaxshi o'tdi, lekin kutilmagan voqealarga boy bo'ldi. Jamoamiz yoshlarining kelajagi porloq. Uchrashuv oxirida Umid Sultonov maydonga tushdi va golli pas berdi. Avvalgi o'yinda gol uib, o'z nomini tabloga yozdirib qo'ygan edi. Yoshlarga etibor berishda davom etamiz.

- Umid Sultonov faqat bu yil emas, o'tgan yilgi bahslarda ham foydali harakatlarni amalga oshirardi. Nega uni avvalroq maydonga tushirmayapsiz?

- Umid bizning "sehrli qurolimiz". Kutilmagan paytda maydonga tushib, gol urib, pas beryapti. Biz to'g'ri qilayotgandirmiz, balki aksi. Turkiyadagi yig'inlarda uni asosiy tarkibda maydonga tushirib ko'rdik. Ayni damda Umid Sultonov o'yinda 90 daqiqa harakat qila olmaydi, shu sababli zaxiradan uni maydonga tushiryapmiz.

- Ko'pchilikni bir savol qiziqtiradi. Siz jamoa bosh murabbiyisiz. Jamoa natijalariga kim javobgar, Murod Otajonovmi yoki Hikmat Hoshimov?

- Bunday savollar ko'p bo'lyapti. Bizda "kollegiana" degan narsa bor. Barcha murabbiylardan maslahat olamiz, Yuriy Vazgenovich Sarkisyanning fikrlari bilan qiziqamiz. Natijaga keladigan bo'lsak, bunga bosh murabbiy sifatida men javob beraman.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика