So’nggi yangiliklar

18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   0 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  1 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  0 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  1 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  2 15:38Роналду – энг яхши!  24 15:11"Реал"да можаро: Винисиус янги мураббийнинг ҳаракатларидан норози  13 14:42"Андижон" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  5 14:15"Манчестер Сити" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга қўшилди  1 13:45Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди  10 13:20"Барселона"да асосий таркибдан мосуво қилинган Тер Штегенга "Сити"дан таклиф тушди  8 12:57"Челси" дарвозабони "Борнмут"га ўтди. Трансфер шартлари қанақа?  1 12:38"Қизилқум" легионери жамоадан кетди  2

"Bunyodkor" ustozi: "Jamoadagi tajribali futbolchilar va yosh o'yinchilar uyg'unligi bizga mana shunday natijalar bermoqda" Yangiliklar

"Bunyodkor" ustozi: "Jamoadagi tajribali futbolchilar va yosh o'yinchilar uyg'unligi bizga mana shunday natijalar bermoqda"

"Bunyodkor" hamda "Turon" o'rtasidagi Superliganing 4-tur o'yinidan (0:0) so'ng "qaldirg'ochlar" ustozi Murod Otajonov uchrashuv borasidagi fikrlari bilan bo'lishdi.


O'yin haqida

- Yaxshi o'yin bo'ldi. Uchta safar o'yinidan so'ng, uyimizda birinchi o'yinni o'tkazdik. Bugun raqib ham qiyin vaziyatga tushdi. Bir tomondan qaralsa, himoyada o'ynash, hujum qilishdan osonroq. SHuning uchun biroz qiynaldik. Ikkala jamoada ham bir necha vaziyatlar bo'ldi. Ulardan unumli foydalana olmadik. Kim gol ursa, o'sha yutadigan o'yin edi. Biz o'z ustimizda ko'proq ishlashimiz kerak. 

- Murod aka, bugun jamoada avvalgi o'yinlarga nisbatan shijoat etishmadi. Birinchi bo'limda "Bunyodkor"dan biroz faollik kutgandik. Bunday bo'lishiga futbolchilaringiz raqibni biroz mensimay harakat qilgani sabab bo'lmadimikin?

- Bo'lishi mumkin. Jamoa bilan aynan shu bo'yicha suhbatlashdim. Bu endi psixologiya bilan ham bog'liq. Hamma uchrashuvlarda g'alaba qozonayotganimiz uchun balki futbolchilar xotirjamlikka berilishgandir. Bu masala bo'yicha ko'proq ishlashimiz kerak. 

- Ikkinchi bo'lim oxirida ikkita o'zgarish tayyorladingiz, ammo hakam ruxsat berishiga qaramasdan bu o'zgarishlarni biroz kechiktirib turishni so'radingiz. Bunga sabab nima bo'ldi?

- Standard vaziyatlarda o'yinchilarni o'zgartirsak, ular kerakli poziciyalarga o'rnashishida muammo bo'lishi mumkin. Aynan shu sabab ham biroz kutib turishga qaror qildik. Standarddan keyin esa o'zgarishni amalga oshirdik.

- Siz jamoaga yaqinda keldingiz. Jamoaga kelishingizdan avval to'rt turdan keyin 10 ochko jamg'arib, turnir jadvalining yuqori pog'onalarida bo'lishni kutganmidingiz? 

- Menimcha, buni ko'pchilik kutmagandi. Biz ajoyib jamoa yig'dik. Jamoadagi yoshlar va tajribali futbolchilar uyg'unligi bizga mana shunday natijalar bermoqda. Agar katta futbolchilar yoshlarga, yoshlar kattalarga yordam berib harakat qilishsa, menimcha o'zimiz ko'zlagan natijaga erishamiz.

- Qo'l ostingizdagi tarkibdan va jamoa ko'rsatayotgan o'yindan qanchalik qoniqmoqdasiz?

- Ajoyib savol. Menimcha, hech qanday murabbiy o'z jamoasi ko'rsatyotgan o'yindan qoniqmaydi. Agar kimdir qoniqdim desa, o'sha murabbiy mutaxassis sifatida o'sishdan to'xtab qoladi. Demak, bizda ham hali qilinishi kerak bo'lgan narsalar bor. Vaziyatlardan foydalanish borasida ishlashimiz kerak. Tarkibga kelsak, albatta jamoani kuchaytirishni istayman. O'zingiz men yaqinda kelganimni aytib o'tdingiz. Bunday qisqa muddatda jamoa yig'ish ham qiyin ish. Bizda o'z akademiyamiz bor. Biz etiborni aynan shu narsaga qaratamiz. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика