So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  10 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

“Bunyodkor” uchun omadsiz kun Yangiliklar

“Bunyodkor” uchun omadsiz kun

Antaliya yig'ini doirasidagi bugungi ikkinchi uchrashuvimiz Belorussiya chempionati etakchilaridan biri “Torpedo Belaz” klubiga qarshi kechdi.
Bizga sparring raqiblik qilgan klubni o'zbek futboli muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan mutaxassis Igor Kriushenko boshqarib bormoqda. Esingizda bo'lsa, bu murabbiy ikki yil avval G'uzorning “SHo'rtan” jamoasida faoliyat yuritgan edi.

O'yinga keladigan bo'lsak, birinchi bo'limda har ikkala jamoa bir-birlariga munosib qarshilik ko'rsatishdi. Bu jihat dastlabki taymda qayd etilgan hisobda ham o'z aksini topdi. Mehmonlar vakili Koncevoy tomonidan kiritilgan golga Oleg Zoteev javob qaytardi. Biroq ikkinchi bo'limda raqib tarkibining deyarli to'liq almashtirilishi ularning jismoniy holatini yanada tetiklashtirdi. “Bunyodkor” safida esa to'rttagina futbolchi almashtirildi. Boisi asosiy tarkib futbolchilari ertalab Ukraina premer-ligasi vakili “Ilichyovec” klubi bilan kuch sinashgan edi. Bulorussiyaliklarga g'alaba keltirgan gol muallifi Platonov bo'ldi.

“BUNYODKOR” – “TORPEDO BELAZ” (Belorussiya) 1:2 (1:1)
Gollar: Koncevoy 9 (0:1), Zoteev 19 (1:1), Platonov 72 (1:2)
“Bunyodkor”: 25.Murodjon Zuxurov, 18.Bobirjon Akbarov, 3.SHukurali Po'latov, 13.Rustam Azamov (26.Javlon Mirabdullaev 68), 30.Hasan Asqarov, 27.Sardor Sobirxo'jaev (16.Kamronbey Kapadze 66), 44.Mirjamol Qosimov (14.Alibobo Rahmatullaev 66), 9.Mansur Saidov, 33.Oleg Zoteev (22.Vyacheslav SHarpar 66), 19.Zabixillo O'rinboev, 10.Anvar Berdiev
“Torpedo Belaz” 1- taym: 30.Stepanov, 7.Sosnovskiy, 27.Kazniev, 17.Burko, 8.Selyava, 6.Pankovec (22.Marov 27), 14.Kazeka, 3.Xose Minyano, 9.Gleb, 11.SHegrikovich, 23.Koncevoy
“Torpedo Belaz” 1-taym: 1.CHesnokovskiy, 2.CHelyadinskiy, 29.Prokopchich, 24.Girskiy, 22.Marov, 9.Levickiy, 8.Selyava, 18.Kazlovskiy (14.Kozeka 76), 32.Platonov, 19.Vaskov, 15.Yackevich
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика