So’nggi yangiliklar

21:55Суперлига. ОКМК "Машъал" майдонида қийинчилик билан ғалаба қозонди  1 21:43Аёллар. Ўзбекистон Осиё кубоги саралаш босқичида Непални мағлуб этмоқда (онлайн ҳисоб)  0 21:00ПСЖ — "Бавария". Таркиблар маълум  29 20:55"Андижон" — "Бунёдкор" 0:1 (Матнли трансляция)  14 20:29"Челси" 48,5 млн фунтлик трансферни эълон қилди  2 19:46Ўзбекистон ва Непал дуранг ўйнаса нима бўлади?  5 18:06Деку ва Флик ҳозирда Рэшфорд трансферини кўриб чиқмаяпти. "Барса" Диасга эътибор қаратмоқда  2 17:30"Сен буни ўқийсан". Жотанинг энг яқин дўсти ҳалок бўлган футболчига мактуб ёзди  4 16:40"Интер" ва "Галатасарой" Чалханоглу трансфери бўйича музокараларни бошлади  0 16:10Ўзини тополмаган ўнлик: Биринчи давранинг омадсиз трансферлари   11 15:51Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди  0 15:16Дюмфрис Англия топ клубига ўтиши мумкин  0 14:41Жота ва гуллар  8 13:46"Арсенал" баскетболчи учун 80 миллион евро тайёрламоқда   3 13:08Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди  10

"Bunyodkor" Turkiyadagi yig'inga 17 yoshga to'lmagan ikki futbolchini olib ketdi. "Qaldirg'ochlar" ertaga Bolgariya klubi bilan o'ynaydi Yangiliklar

"Bunyodkor" Turkiyadagi yig'inga 17 yoshga to'lmagan ikki futbolchini olib ketdi. "Qaldirg'ochlar" ertaga Bolgariya klubi bilan o'ynaydi

Teglar :  Bunyodkor
Turkiyada yig'in o'tkazayotgan "Bunyodkor" ertaga nazorat uchrashuvi o'tkazadi.

Raqib sifatida Bolgariyaning “Dobrudzha Dobrich” jamoasi tanlangan. Bosh murabbiy Ivan Bubalo yanvar oyida Toshkentdagi mashg'ulotlarda deyarli 40 nafar futbolchini ko'zdan kechirdi. Antaliya yig'iniga 27 nafar o'yinchi olib ketildi. Ularning orasida hali 17 yoshni qarshilab ulgurmagan o'smirlar ham bor. Bular - Orzubek Turg'unov va Azizbek To'lqinbekov. Ahamiyatlisi, ularning har ikkisi ham kuni kecha Vengriyaning “Xaladash” jamoasiga qarshi o'tkazilgan nazorat uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushdi. SHuningdek, 18 yoshli Ollobergan Karimov, 19 yoshli Narimonjon Ahmadjonov ham asosiy tarkib bilan Turkiyaga yig'iniga jo'nab ketgan va mashg'ulotlarda astoydil mehnat qilmoqda.

Yoshlarning ishtiyoqini tajriba bilan uyg'unlashtirishni maqsad qilgan Ivan Bubalo boshchiligidagi murabbiylar shtabi tarkibni shakllantirishda tarbiyalanuvchilarga alohida etibor qaratgan.

"Bunyodkor"ning Antaliya yig'inida ishtirok etayotgan futbolchilar ro'yxati: Sarvar Karimov, Jasur Umrzoqov, Bilol Tupliev, Tohirbek To'xtasinov, Ollobergan Karimov, Muzaffar Olimjonov, Rustamxon Azimov, Suhrob Izzatov, Rasul Yo'ldoshev, Abdufattoh Foziljonov, Orzubek Turg'unov, Farhod O'tkirov, Usmonali Ismonaliev, Amir To'raqulov, Azizbek To'lqinbekov, Umidbek Sultonov, Andrey Gulyamov, Najmiddin Normurodov, Samir Jelkovich, Marin Lyubich, Toni Yovich, Freyn CHiryak, Momchilo Raso, Narimonjon Ahmadjonov, Temurxo'ja Abduxoliqov, Mirjahon Mirahmadov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика