So’nggi yangiliklar

00:35Фоден журналистлар талқинига кўра АПЛнинг ушбу мавсумдаги энг яхши ўйинчиси деб топилди  0 00:08Тимур Кападзе Японияга қарши кечган финалдан сўнг нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  51 23:49Ўзбекистон ОТЖ U-23 Осиё кубоги "Fair Play" соврини билан тақдирланди  50 23:31"Ланс" Абдуқодир Ҳусановни тез орада бошланадиган "Лорьян"га қарши ўйин қайдномасига киритмади  17 23:19Япония – Ўзбекистон ўйинида қандай статистика қайд этилди?  27 23:01U-23 Осиё кубоги. Абдувоҳид Неъматов турнирнинг энг яхши дарвозабони деб топилди!  27 22:51Ўзбекистон Олимпия ўйинларининг "С" гуруҳидан жой олди. Испанияга қарши ўйнаймиз  58 22:40Винисиус ЕЧЛда ҳафта ўйинчиси деб топилди  7 22:38U-23 Осиё кубоги. Япония чемпион! Олимпиадага чиқиб бўлган Ўзбекистон пенальтидан гол ура олмади  531 21:23Про лига. "Қўқон-1912" ва "Машъал"да ғалаба. "Бухоро" "Арал" билан дуранг ўйнади  1 21:14"Милан" АПЛда фаолият олиб бораётган мураббийни олиб келмоқчи, аммо...  1 20:19Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг чигил ёзди машқларидан ГАЛЕРЕЯ  2 19:54"Боруссия Дортмунд" мавсум охирида Ройс кетишини эълон қилди  5 19:42Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг стадионга етиб келишидан эксклюзив кадрлар!  5 19:20"Реал" "Ривер Плейт" билан Мастантуоно бўйича алоқага чиқди  2

"Bunyodkor" to'rt karra O'zbekiston kubogi sohibi! Yangiliklar

"Bunyodkor" to'rt karra O'zbekiston kubogi sohibi!

2013 yilgi O'zbekiston kubogi finalida "Nasaf" va "Bunyodkor" klublari o'zaro to'qnash kelishdi.
25 sentyabr kuni O'zbekiston kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yinning dastlabki bo'limida hisob ochilgani yo'q. Vaholanki ikkala jamoa hisobni ochishlari mumkin edi. 13-daqiqada Farrux Sayfievning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. 27-daqiqada Pishurning tashlab bergan to'pini Lutfulla To'raev 18 metrlardan darvozaga kuchli tarzda yo'lladi. To'pni Eldorbek Suyunov qaytarib jamoasini goldan saqlab qoldi.

51-daqiqada Lutfulla To'raevning burchakdan uzatib bergan to'pini Oleksandr Pishur boshi bilan darvozaga yo'lladi va hisobni ochdi - 0:1.

63-daqiqada qanotdan to'pni Qoraev Yunusovga tashlab berdi, Ilhomning chamasi 30 metrlardan yo'llagan kuchli va aniq zarbasi darvozaning uzoq pastki burchagiga kirib ketdi - 1:1.

76-daqiqada Qoraev to'pni jarima maydoni ichiga havolatib uzatdi, Gevorkyan boshi bilan darvozani ishg'ol etishga urindi, to'p darvoza yonidan o'tib ketdi.

85-daqiqada chap qanotdan Jasur Hasanovning erlatib oshirib bergan to'pni jarima maydoni markazida turgan Oleksandr Pishur kuchli zarba bilan yakunladi - 1:2. 

90+4-daqiqada "Nasaf" hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Erkin Boydullaev boshi bilan darvozaga zarba berdi, Zuhurov to'pni qaytardi.

SHu tariqa "Bunyodkor" 2013 yilgi O'zbekiston kubogi sohibi bo'ldi. Endi "qaldirg'ochlar" hisobida to'rtta kubok bor.

NASAF (Qarshi) – BUNYODKOR (Toshkent) 1:2 (0:0)
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), H. Ro'ziev (Toshkent).
Gollar: Oleksandr Pishur 51, - 0:1. Ilhom Yunusov 63, - 1:1. Oleksandr Pishur 84, - 1:2.
NASAF: 25.Eldorbek Suyunov, 5.Botir Qoraev, 9.Ilhom SHomurodov, 14.Laziz Ubaydullaev (28.SHuhrat Muhammadiev, 59), 17.Artur Gevorkyan (sardor), 20.Erkin Boydullaev, 23.SHerzod Azamov, 27.Ilhom Yunusov, 32.Hamza Karimov, 34.Farruh Sayfiev, 41.Azamat Allaniyozov (15.Zoxid Abdullaev, 89)
Zaxira: 1.Mixail Naumov, 3.Rahmatillo Berdimurodov, 29.Ulug'bek Dadaboev, 77.Suhrob Nematov, 88.Samandar SHodmonov.
BUNYODKOR: 25.Murodjon Zuxurov, 2.Akmal SHorahmedov, 4.Xayrulla Karimov (sardor), 6.Anvar G'ofurov, 8.Javlon Ibroximov, 9.Igor Taran (7.Marko Blajich, 66), 11.Oleksandr Pishur, 13.Lutfulla To'raev (5.Dilshod Jo'raev, 86), 16.Artyom Filiposyan, 19.Jasur Hasanov, 21.Sardor Rashidov (14.Alibobo Rahmatullaev, 78).
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 23.Sahob Jo'raev, 29.Anvar Berdiev,  33.Oleg Zoteev
Ogohlantirishlar: Anvar G'ofurov 37, Javlon Ibrohimov 49, Hamza Karimov 56, Xayrulla Karimov 65,
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).



Matnli translyaciya

90+5 daqiqa. O'yin yakunlandi, "Bunyodkor" klubi to'rtinchi bor O'zbekiston kubogini qo'lga kiritdi.
90+4 daqiqa. Burchak to'pini "Bunyodkor" himoyachilari to'pni qaytarishdi
90+3 daqiqa.
Xavfli vaziyat! Erkin Boydullaev boshi bilan darvozaga zarba berdi, Zuhurov to'pni qaytardi.
90 daqiqa. Asosiy vaqtga 5 daqiqa qo'shib berildi
89 daqiqa. O'zgarish. "Nasaf". Azamat Allaniyozov o'rniga Zohid Abdullaev tushdi
86 daqiqa. O'zgarish. "Bunyodkor". Lutfulla To'raev o'rniga Dilshod Jo'raev tushdi
85 daqiqa. CHap qanotdan Jasur Hasanovning erlatib oshirib bergan to'pni jarima maydoni markazida turgan Oleksandr Pishur kuchli zarba bilan yakunladi - 1:2.
85 daqiqa. GOOOOOL. OLEKSANDR PISHUR 1:2.
82 daqiqa. Jasur Hasanovning oshirib bergan to'pini Pishur darvozaga yo'llashga urindi, ammo Suyunov o'z o'rnida
78 daqiqa. O'zgarish. "Bunyodkor". Sardor Rashidov o'rniga Alibobo Rahmatullaev tushdi
77 daqiqa. Jasur Hasanov jarima maydoni tashqarisidan darvozaga zarba berdi, to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi
76 daqiqa. "Nasaf"dan ajoyib hujum. Qoraev to'pni jarima maydoni ichiga havolatib uzatdi, Gevorkyan boshi bilan darvozani ishg'ol etishga urindi, to'p darvoza yonidan o'tib ketdi
75 daqiqa. Burchak to'pidan so'ng hujumchilarga yordamga etib kelgan Hamza Karimov boshi bilan darvozani nishonga oldi, biroz noaniq.
72 daqiqa. "Bunyodkor"ning hujumi. Jarima maydoni ichiga oshirib berilgan to'pni Javlon Ibrohimov boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq.
70 daqiqa. Erkin Boydullaevning jarima to'pidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi
68 daqiqa. "Nasaf"ning qarshi hujumi. Yunusov bu safar sheriklariga to'pni oshira olmadi
67 daqiqa. O'zgarish. "Bunyodkor". Igor Taran o'rniga Marko Blajich maydonga tushdi
66 daqiqa. Jarima to'pi jonli devorga tegib maydonga qaytdi, qaytgan to'pni Yunusov darvozaga yo'lladi, to'p yo'liga Rashidov to'g'anoq bo'ldi.
65 daqiqa. Bu vaziyatda Gevorkyan himoyachidan qochib ketishga urindi, Xayrulla esa uni to'xtatib qoldi.
65 daqiqa. Ogohlantirish. "Bunyodkor". Xayrulla Karimov
63 daqiqa. Qanotdan to'pni Qoraev Yunusovga tashlab berdi, Ilhomning chamasi 30 metrlardan yo'llagan kuchli va aniq zarbasi darvozaning uzoq pastki burchagiga kirib ketdi - 1:1.
63 daqiqa. GOOOOL. ILHOM YUNUSOV 1:1.
59 daqiqa. O'zgarish. "Nasaf". Laziz Ubaydullaev o'rniga SHuhrat Muhammadiev tushdi.
59 daqiqa. Jasur Hasanov jarima maydoni tashqarisidan zarba yo'lladi, Eldor Suyunov to'pni qaytardi.
58 daqiqa. Ilhom Yunusovning jarima maydoniga oshirgan to'pini himoyachilar qaytarib yuborishdi.
56 daqiqa. Ogohlantirish.
"Nasaf". Hamza Karimov
53 daqiqa. Maydon markaziga yaqin joyda Yunusov Javlon Ibrohimovga nisbatan qo'pol o'ynadi va shundan so'ng ikkala jamoa futbolchilar o'rtasida kichik janjal yuzaga keldi.
51 daqiqa. Lutfulla To'raevning burchakdan uzatib bergan to'pini Oleksandr Pishur boshi bilan darvozaga yo'lladi va hisobni ochdi - 0:1.
51 daqiqa. GOOOOL. OLEKSANDR PISHUR 0:1.
49 daqiqa. Ogohlantirish. "Nasaf". Javlon Ibrohimov.
47 daqiqa. "Nasaf" jarima to'piga ega bo'ldi, ammo yo'llagan to'p jonli devorga tegib qaytdi.
46 daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+1 daqiqa. Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus
45 daqiqa. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.
43 daqiqa. Lutfulla To'raevning diogonal pasiga Sardor Rashidov eta olmadi
42 daqiqa. Taran raqib jarima maydoni ichida qo'pol o'ynadi va hujum uzilib qoldi
41 daqiqa. Gevorkyan o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, himoyachilar yana to'pni qaytarishdi.
38 daqiqa. Ilhom SHomurodovga shifokorlar yordam berishdi. Ilhom Yunusov jarima to'pini amalga oshirdi. To'p himoyachilardan maydonni tark etdi. Burchak to'pini "qaldirg'ochlar" bataraf etishdi.
37 daqiqa. Bu vaziyatda G'ofurov SHomurodovni yiqitgandi.
37 daqiqa. Ogohlantirish.
"Bunyodkor". Anvar G'ofurov
34 daqiqa. O'yin keskinlashib bormoqda
32 daqiqa. "Qaldirg'ochlar" ketma-ket uch marta raqiblariga nisbatan qo'pol o'ynashdi. Yunusovning amalga oshirgan jarima to'pini himoyachilar qaytarib yuborishdi.
27 daqiqa. Xavfli vaziyat! "Bunyodkor"ning hujumi. Pishurning tashlab bergan to'pini Lutfulla To'raev 18 metrlardan darvozaga kuchli tarzda yo'lladi. To'pni Eldorbek Suyunov qaytarib jamoasini goldan saqlab qoldi!
25 daqiqa.
Pishur jamoadoshlari tomonidan uzatilgan to'pni darvozaga noaniq tarzda yo'lladi.
23 daqiqa. Jasur Hasanov chamasi 25 metrlardan yo'llagan zarbasi xavfli chiqdi, ammo noaniq.
19 daqiqa.
To'p asosan maydon markazida ushlanib turibdi.
15 daqiqa. Lutfulla To'raevning zarbasi kuchsiz va noaniq bo'ldi.
13 daqiqa."Nasaf"ning xavli hujumi. Farrux Sayfievning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi!
10 daqiqa. Burchak to'pidan so'ng Pishur boshi bilan to'pni darvozaga yo'lladi, noaniq.
9 daqiqa.
"Bunyodkor" jarima to'pini amalga oshirdi, to'p himoyachilarga tegib maydonni tark etdi.
6 daqiqa. Laziz Ubaydullaevning o'ng qanotdan jarima maydoni ichiga uzatib bergan to'pini Farrux Sayfiev boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq.
3 daqiqa. Yunusov burchak to'pini amalga oshirdi. To'pni Zuxurov mushtlari bilan urib yubordi.
2 daqiqa. "Bunyodkor"ning hujumi, Taran darvozaga zarba berdi, to'pni Suyunov qaytardi. Ammo qanot hakami bayroqchasini ko'tarib o'yindan tashqari holatni qayd etdi.
1 daqiqa
. O'yin boshlandi!
17:58. Uchrashuvni "Bunyodkor" futbolchilari boshlab berishadi.
17:57. O'zbekiston davlat madhiyasi yangarmoqda.
17:55. Ikkala jamoa maydonga tushib kelishdi.
17:49. Har ikkala jamoa azolari o'yinoldi mashg'ulotlarini yakunlashib, kiyim almashtirish xonasiga kirib ketishdi.
17:40. Jamoalar chigalyozdi mashqlarini o'tkazishmoqda.


YANGILASH 

WAP YANGILASH

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика