Bunyodkor: Tarkibda jiddiy o'zgarishlar yo'q

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2020, 15:48
Bunyodkorning yangi mavsumga tayyorgarligi davom etadi.

21 yanvar kuni Osiyo Chempionlar ligasi saralash o'yini doirasida Iroqning Al Zavra klubiga qarshi bahsga tayyorgarlik ko'rayotgan Bunyodkor kecha mashg'ulotlarni boshladi.

O'z qarorgohida mashg'ulot o'tkazayotgan qaldirg'ochlar kuniga ikki mahaldan shug'ullanmoqda. Jamoa 6 yanvar kuni BAAga uchib ketishi va 11 kun davomida amirliklarda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazib, bir nechta nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishni rejalashtirilgan. Tarkibda jiddiy o'zgarishlar yo'q. O'tgan mavsumning o'zagi deyarli saqlab qolindi. Shuningdek, tarkibga o'rinbosarlar safidan ham futbolchilar jalb qilingan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com