

21 yanvar kuni Osiyo Chempionlar ligasi saralash o'yini doirasida Iroqning Al Zavra klubiga qarshi bahsga tayyorgarlik ko'rayotgan Bunyodkor kecha mashg'ulotlarni boshladi.
O'z qarorgohida mashg'ulot o'tkazayotgan qaldirg'ochlar kuniga ikki mahaldan shug'ullanmoqda. Jamoa 6 yanvar kuni BAAga uchib ketishi va 11 kun davomida amirliklarda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazib, bir nechta nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishni rejalashtirilgan. Tarkibda jiddiy o'zgarishlar yo'q. O'tgan mavsumning o'zagi deyarli saqlab qolindi. Shuningdek, tarkibga o'rinbosarlar safidan ham futbolchilar jalb qilingan.



