So’nggi yangiliklar

17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  3 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  4 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  11 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  21 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  2 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0

“Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari Bolgariyadagi turnirda Yangiliklar

“Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari Bolgariyadagi turnirda

SHu kunlarda Bolgariyada bolalar va o'smirlar o'rtasida yirik xalqaro turnir o'tkazilmoqda.

Byala va Obzor shaharlarida o'tayotgan musobaqada “Bunyodkor” futbol maktabining 2006 va 2008 yillarda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etishmoqda.

Akmal Risqullaev va Abdumalik Raximov murabbiyligidagi 2006 yillarda tavallud topgan futbolchilarimiz musobaqada ikkita – “Bunyodkor-A” va “Bunyodkor-B” jamoalari nomi ostida ishtirok etishmoqda. “Bunyodkor-A” futbolchilari birinchi turda Moskvaning “Maktab-1208” jamoasi darvozasiga javobsiz 15ta gol urishdi. “Bunyodkor-B” vakillari esa Kishinyovning “Sparta” klubidan 2:0 hisobida ustun kelishdi.

2-turda ham vakillarimiz g'alaba qozondilar. Akmal Risqullaev boshchiligidagi “Bunyodkor-A” futbolchilari Moldovaning “Dachiya” jamoasini 6:2, Abdumalik Raximov murabbiyligidagi “Bunyodkor-B” vakillari Bolgariyaning “Roz-Dolina” jamoasini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Uchinchi turda ham vakillarimiz yuz foizli ko'rsatkichni qayd etishdi. “Bunyodkor-A” Varnaning “Olimpik”ini 11:1, “Bunyodkor-B” esa Sofiyaning “Ferion” jamoasini 4:2 hisobida dog'da qoldirishdi.

2008 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasidagi musobaqada jami oltita jamoa ishtirok etmoqda. Har bir jamoa bir-birlari bilan bittadan o'zaro o'yin o'tkazadi. SHundan so'ng, eng ko'p ochko jamg'argan jamoa musobaqa g'olibi deb elon qilinadi. “Bunyodkor” ushbu yosh toifasida ham ikkita jamoa bilan ishtirok etmoqda. Hozircha Abdujabbor Marufaliev va Furqat Samegov murabbiyligidagi futbolchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda. Dastlabki turda “Bunyodkor-A” va “Bunyodkor-B” jamoalari o'zaro bahs olib borishdi. Unda “A” jamoa vakillari 4:0 hisobida ustun keldilar.

Ikkinchi turda “Bunyodkor-A” mezbonlar “Olimpik” jamoasini 15:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. “Bunyodkor-B” jamoasi esa Sofiyaning CSKA klubi tarbiyalanuvchilari bilan jangavor durang 3:3 hisobi qayd etishdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика