So’nggi yangiliklar

20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  0 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  1 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  6 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  4 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  16

"Bunyodkor" raqiblari. “Lahviya” va “Al-Nasr”da g'alaba, “Persepolis”da mag'lubiyat Yangiliklar

"Bunyodkor" raqiblari. “Lahviya” va “Al-Nasr”da g'alaba, “Persepolis”da mag'lubiyat

“Bunyodkor”ning OCHL-2015dagi raqiblari o'z chempionatlarida navbatdagi tur uchrashuvlarini o'tkazishdi.
Qatar chempioni “Lahviya” klubi 20-tur doirasida quyi pog'onalardan birini egallab turgan “Al-Haritiyat” jamoasi bilan kuch sinashib, 1:0 hisobida ustun keldi. O'yin taqdirini hal qilgan yagona golga 54-daqiqada Sebastyan Soriya mualliflik qildi. “Lahviya”ning ochkolari soni 48taga etdi va Mixail Laudrup shogirdlari musobaqa jadvalida eng yaqin taqibchisi “Al-Sadd”ni 4 ochkoga ortda qoldirishgan holda yakka peshqadam bo'lib turishibdi.

Qatar yulduzlar ligasi, 20-tur
“LAHVIYA” – “AL-HARITIYAT” 1:0
Gol:
Sebastyan Soriya 54
“Lahviya” tarkibi: 40.Lekomte-Addani, 4.CHiko Flores, 24.Halid Radvan (20.Hassan Affif 71), 79.Vladimir Vayss, 10.Tay Xi Nam (70.Ismoil Muhammad 63), 7.Halid Muftah, 12.Karim Boudiaf, 8.Luiz Seara, 23.Sebastyan Soriya, 14.Tresor, 9.Abdulrahmon Mohd (28.Yunus Msakni 64)

Saudiya Arabistoni chempionatining 18-turida “Al-Nasr” jamoasi autsayder “Al-SHoalah”ni qabul qilib, yirik 5:0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu g'alabadan so'ng “Al-Nasr”ning ochkolari soni 45taga etdi va musobaqa jadvalidagi o'z peshqadamligini yanada mustahkamlab oldi.

Saudiya Arabistoni chempionati, 18-tur
“AL-NASR” – “AL-SHOALAH” 5:0 (2:0)
Gollar:
Mirjeevski 14 (1:0), Mirjeeevski 45+2 (2:0), Al-Sahlavi 70 (3:0), Estoyanoff 74 (4:0), Estoyanoff 82 (5:0)
“Al-Nasr” tarkibi: 22.Al-Enazi, 24.Xusayn Abdulg'ani, 2.Muhammad Xusayn, 12.Holid Al-G'amdi, 4.Omar Xavsavi, 6.Mirjeevski (99.Hasan Al-Rahab 59), 15.Ahmad Al-Fraydi, 26.Ali-SHarahli (16.Al-Jebrin 73), 27.Faraj, 18.Vila (11.Estoyanoff 46), 10.Al-Sahlavi

Eronning “Persepolis” klubining ichki musobaqalardagi ishlari yurishmayapti. Tehronliklar bu safar 22-turda “Traktor Sozi” mehmoni bo'lishib, navbatdagi ochkolarni boy berdilar. “Persepolis” 22 uchrashuvda 26 ochko jamg'arib, musobaqa jadvalining 9-pog'onasini band etib turibdi.

Eron chempionati, 22-tur
“TRAKTOR SOZI” – “PERSEPOLIS” 1:0
Gol:
Sohibi 62
“Persepolis” tarkibi: 1.Makani, 4.Umyana, 99.Xotami, 2.Alishoh, 14.Muhammad Nuri, 6.Bengar, 5.Jafarpur (3.Xonzoda 62), 11.Sodeg'ian, 66.Fernando Gabriel, 18.Kashgari, 22.Tadeu
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика