So’nggi yangiliklar

13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  5 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  5 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  3 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  12 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  10

“Bunyodkor” – “Paxtakor”. Videoprevyu Yangiliklar

“Bunyodkor” – “Paxtakor”. Videoprevyu

16 sentyabr kuni mamlakat kubogi yarim finali javob uchrashuvlari doirasidagi “Bunyodkor” – “Paxtakor” uchrashuvi bo'lib o'tadi.


Bungacha kubok doirasida Toshkentning ikki grand klubi bir-birlari bilan olti marotaba ro'baro' kelishgan. O'zaro o'yinlarda “Bunyodkor” hisobida uchta g'alaba bor “Paxtakor” esa ikkita o'yinda g'olib chiqqan. Bitta bahsda kuchlar teng kelgan. To'plar farqi – 10:6, “qaldirg'ochlar” foydasiga.

“Bunyodkor” va “Paxtakor” jamoalari kubok doirasida birinchi bor 2007 yili finalda kuch sinashishgan. O'zbek futboli tarixida “loy jangi” nomi bilan esda qolgan ushbu bahsda penaltilar seriyasida “paxtakorchilar” g'alaba qozonishgandi. Oradan bir yil o'tib, “Paxtakor” va “Bunyodkor” yana kubok finalida uchrashishdi. Bu safar “qaldirg'ochlar” 3:1 hisobida g'olib chiqishdi. 2009 yilda ham hal qiluvchi final bu ikki jamoa o'rtasi o'tdi. Ketma-ket uchinchi finalda “sherlar” 1:0 hisobida ustun kelishdi. SHundan keyin 2012 yilgi kubok bahslarining yarim finali yana princpial raqiblarni uchrashtirdi. “Jar”dagi bahsda 1:1 hisobi qayd etilgan bo'lsa, “Paxtakor” maydonida kechgan javob uchrashuvida “Bunyodkor” g'alaba qozona oldi – 3:1. Joriy yilgi mamlakat kubogi yarim finalida ham muxlislar “qaldirg'ochlar va “sherlar” qarama-qarshiligiga guvoh bo'lishmoqda. “Paxtakor” stadionida o'tgan birinchi o'yinda Sergey Lushchan shogirdlari 3:2 hisobida g'olib chiqishdi.

“Bunyodkor” mezbonligidagi o'tadigan javob bahsi 16 sentyabr, chorshanba kuni “Bunyodkor” stadionida soat 18:00da boshlanadi. Uchrashuvni Viktor Serazetdinov boshchiligidagi poytaxtlik hakamlar guruhi boshqarib borishadi.

Uchrashuvni “Paxtakor” himoyachisi Davron Xoshimov diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuboradi.

Quyidagi havolalarda “Bunyodkor” va “Paxtakor” jamoalarining kubok doirasidagi o'zaro o'yinlarida kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin. Videoprevyu

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика