So’nggi yangiliklar

13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  0 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  2 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  3 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  5 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  2 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  3 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  1 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  1 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  8 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  7 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  27 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3

“Bunyodkor” – “Paxtakor”. FOTO+VIDEO prevyu Yangiliklar

“Bunyodkor” – “Paxtakor”. FOTO+VIDEO prevyu

Bugun oliy liga 7-turi doirasida “Bunyodkor” va “Paxtakor” jamoalari kuch sinashishadi.


“Qaldirg'ochlar” mezbonligida o'tadigan bu safargi bahs o'zaro hisobdagi 19-uchrashuv sifatida qayd etiladi. Bungacha o'tkazilgan 18ta o'yinning 6tasida “Bunyodkor” g'olib chiqqan. Paxtakorchilar hisobida 4ta g'alaba bor. Qolgan 8ta o'yin esa durang natija bilan yakun topgan. To'plar farqi – 20:16, “Bunyodkor” foydasiga.

Igor Sergeev o'zaro o'yinlarda jami 5ta to'p kiritgan va u bu boradagi ko'rsatkich bo'yicha etakchi bo'lib oldi.

“Bunyodkor” mezbonligida o'tadigan uchrashuvlarda jamoalar tomoshabop va qiziqarliroq o'yin namoyish etishga odatlanishgan. Buni statistika ham ko'rsatib turibdi. Gap shundaki, “qaldirg'ochlar” mezbonligida o'tgan o'yinlarda darvozalar 25 marotaba ishg'ol etilgan bo'lsa, “sherlar” stadionida o'tgan 9ta bahsda atigi 11ta gol darvozalarga kiritilgan.

Bu safargi Toshkent derbisini sariq kartochkalari soni 4taga etganligi bois “Paxtakor” sardori Kamoliddin Tojiev o'tkazib yuboradi.

Poytaxtning ikki sovrindor jamoalari bahsini Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib borishadi.
Eslatib o'tamiz, oliy liga 7-turi doirasidagi “Bunyodkor” – “Paxtakor” uchrashuvi 29 aprel kuni “Bunyodkor” stadionida soat 19:00da boshlanadi.

Quyidagi havolalarda “Bunyodkor” mezbonligida o'tgan o'zaro o'yinlar qaydnomalari, uchrashuvlar suratlari va kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin.

BUNYODKOR – PAXTAKOR 1:1 (1:0)
18.05.2007. 10-tur. Toshkent. MHSK stadioni. 12000 tomoshabin
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (Toshkent) – 8,4
Gollar: Sergey Lushchan 39 penalti (1:0), Ildar Magdeev 85 (1:1)

BUNYODKOR – PAXTAKOR 1:1 (1:0)
08.08.2008. 16-tur. Toshkent. MHSK stadioni 18210 tomoshabin
Bosh hakam: Aleksandr Petrov (Toshkent) – 7,8
Gollar: Xose-Luis Vilyanueva 8 (1:0), Zayniddin Tojiev 90+2 (1:1)

BUNYODKOR – PAXTAKOR 2:1 (1:0)
12.07.2009. 11-tur. Toshkent. “Jar” stadioni. 9251 tomoshabin
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (Toshkent) – 9,8
Gollar: Asror Aliqulov 21 avtogol (1:0), Jasur Hasanov 58 (2:0), Aleksandr Geynrix 71 (2:1)

BUNYODKOR – PAXTAKOR 2:1 (1:0)
14.03.2010. 1-tur. Toshkent. “Jar” stadioni. 9097 tomoshabin
Bosh hakam: Ravshan Ermatov - 9,6 (Toshkent)
Gollar: Rivaldo 18 (1:0), Stevica Ristich 57 (2:0), Boyan Miladinovich 78 (2:1)

BUNYODKOR - PAXTAKOR - 2:1 (0:0)
21.08.2011. 17-tur. Toshkent. “Jar” stadioni. 8469 tomoshabin
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (Toshkent) – 9,5
Gollar: Viktor Karpenko 71 (1:0), Milosh Trifunovich 73 (2:0), Alisher Azizov 89 (2:1)

BUNYODKOR – PAXTAKOR 2:0 (0:0)
26.06.2012. 12-tur. Toshkent. “Jar” stadioni. 7341 tomoshabin
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (Toshkent)
Gollar: SHavkat Salomov 52 (1:0), Yan Kozak 65 (2:0)

BUNYODKOR – PAXTAKOR 1:2 (0:1)
10.08.2013. 15-tur. Toshkent. “Jar” stadioni. 5362 tomoshabin
Bosh hakam: Marat Ismoilov (Toshkent)
Gollar: Kaxi Maxaradze 4 (0:1), Temurxo'ja Abduxoliqov 83 (0:2), Lutfulla To'raev 90 (1:2)

BUNYODKOR – PAXTAKOR 2:3 (1:0)
07.11.2014. 26-tur. Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 6785 tomoshabin
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (Toshkent) – 9,0
Gollar: Sardor Rashidov 38 (1:0), Sardor Rashidov 48 (2:0), Igor Sergeev 79 (2:1), Jamshid Iskanderov 89 (2:2), Igor Sergeev 90+2 (2:3)

BUNYODKOR – PAXTAKOR 2:0 (0:0)
26.10.2015. 26-tur. Toshkent. “Bunyodkor” stadioniyu 2678 tomoshabin
Bosh hakam: SHerzod Qosimov (Toshkent) – 8,5
Gollar: Akmal SHorahmedov 49 (1:0), Dostonbek Hamdamov 75 (2:0)


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика